Korxonaning narx siyosati
Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas
qismi hisoblanadi.“Siyosat” so‘zining ma’nosi mumkin bo‘lgan san’at,
deyiladi. Bu tarif narx siyosatining tarifiga ham to‘g‘ri keladi. Narxni
shakllantirish, bu san’at chunki u yuqori aniqsizlik davrida amalga
oshiriladi. Korxonaning narx siyosati – bu maksimal darajada narx
shakllanishi sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga, salohiyatni
xaridor uchun bo‘lgan raqobatda yutishga va o‘z maqsadlariga erishish
260
uchun narxni ko‘tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi
orqali amalga oshiriladi. Narx siyosati taktik-operativ aksiyalarni,
ma’lumot tizimini (yig‘ish, tahlil qilish vositalari), tashkiliy qarorlar
(tartib va jarayon jihatlar) ni o‘z ichiga oladi.
Taktik — operativ aksiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qisqa
muddatli pog‘onalarni shakllantirish, narxlar tarkibi, narxlar differen-
siatsiyasi, narxlar variatsiyasi, narx chizig‘i siyosati, narxlarni
yo‘naltirish. Taktik – operativ aksiyalarning qo‘llanilishi korxonaning
strategik maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda o‘z mavqeyini
egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza
(narx strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.
Hozirgi kunda “narx menejmenti” narx siyosatiga sinonim bo‘lib
hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi: narxlar differensiatsiyasi kuchaydi, buni narx diskrimi-
natsiyasi yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin.
Narxlar differensiatsiyasi mahsulot parametrlari va xaridorlar
guruhining to‘lay olish qobiliyatlariga katta ahamiyat beradi. Tovar
differensiatsiyasi raqobat ko‘rinishida asosiy vosita bo‘lganligi sababli
korxonalar xaridorlarning tovarga bo‘lgan ichki talablarini aniqlash va
tovarni ularga yetkazib berishga katta ahamiyat beradi. Tovar
defferensiatsiyasi segmentatsiya va baho bo‘yicha olib boriladigan
ishlarni murakkablashtirdi va yanada chuqurlashtirdi. Baho tizimida
narxlar differensiatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonaning barcha
imkoniyatlari birgalikda rivojlantirilmoqda.
Yangi bozor raqobat sharoitlariga moslashish sifatida yoki qisqa
muddatli narx aksiyalari sifatida narxlar variatsiyasi doimo
kuzatilmoqda. Bularning barchasi narx siyosatini har xil masalalarni
yechishga majbur qildi.
Globalizatsiya va savdoning kengayishi oqibatida sotish kanallarida
narx qarshiligi kuchaydi. Buning oqibatida narx kelishuvlari va sotish
siyosatining roli oshdi. Boshqarish kerak bo‘lgan yuqori muammoli
narxlar o‘zgarishi yuzaga keldi. Narx siyosatining malakalilik darajasi,
bozorni o‘rganishning zamonaviy usullari, narxni rejalashtirish narx
nazorati yordamida oshdi, oqibatda ma’lum vaziyatlarda korxonalar
raqobat ustunlinligiga ega bo‘ldilar.
Bozorning javob harakatiga qaratilgan tavakkalchilik. Ko‘plab narx
siyosati bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doimo o‘zgarib turuvchi va
kompleks sharoitlarda qabul qilinadi. Shuning uchun korxonaning “narx
261
- naflilik” birligiga bozorning javobini oldindan bilish qiyin. Shu
munosabat oqibatida bozorning javobiga qaratilgan tavakkalchilik, ya’ni
narx belgilanganda ko‘zda tutilmagan xarajatlar vujudga keladi. Bu
tavakkalchiliklar yuqori va past narxlar sharoitida bo‘lishi mumkin va
yo‘qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar).
Yetkazib berish va to‘lash shartlaridagi tavakkalchilik. Ishlab
chiqaruvchi sotib oluvchilar (xaridorlar) bilan yetkazib berish va to‘lash
shartlarini shaxsan kelishib oladi. Raqobat ko‘p hollarda sotuvchilarni
xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ularning
foydasi kamayadi. Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonus-
lar to‘lash sharoitlari joriy qilinganda bo‘ladi.
To‘lov tavakkalchiligi. Ular xaridorlar o‘z shartnoma majbu-
riyatlarini bajarmaganlarida yuzaga keladi (shartnomani bajarmaslik
tavakkalchiligi). Agar xaridorlar to‘lash imkoniyatlari yo‘qligini sabab
qilib, mahsulotlar narxining bir qismini to‘lasa, qolgan pulini kelishilgan
muddatda to‘lashni kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi vujudga keladi.
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab
chiqaruvchilarning (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy
– iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridor-
larda ham kuzatiladi.
Narx siyosatida maqsadlarsiz qabul qilinadigan strategiya vositalari-
dan katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx
menejmentining asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari maqsadlar
tizimini keltirib chiqaradi. Har bir tashkilot individual ustuvor
maqsadlardan kelib chiqqan holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi.
Shu sababli ilmiy asoslangan maqsadlar tizimi mavjud emas. Narx
siyosatida maqsadlar tizimi ishni amalga oshirish nuqtasidir. Agar
potensial narxlar maqsadlar piramidasida iyerarxiya ko‘rinishida
ifodalangan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bu o‘z ichiga hamma maqsadlarni
olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx siyosatini
tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini korxona-
ning faqat marketing yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda ham
qo‘llash lozim. Korxona narx siyosati oldiga qo‘yadigan maqsadlariga:
daromadlarni maksimallashtirish, tizimlarni maksimallashtirish, ma’lum
foyda normalarini olish, kelayotgan daromadlarni saqlash, xarajatlar
kompensatsiyasi, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish, bozorga kirish,
raqobatchilarni kamaytirish, potensial raqobatchilarni bozorga
262
kiritmaslik, bozorda mavqeyini saqlash va kengaytirish, o‘z faoliyati
uchun turg‘un va ijobiy muhitni, korxona faoliyatini saqlash kabilar
kiradi. U yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun marketing
vositalaridan foydalaniladi. Biz o‘z diqqatimizni marketing maqsad-
lariga qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar tizimi rivojlanishi yuqori-
dan pastga qarab sodir bo‘ladi. Bunda maqsadlarning agregatlangan
variantlari vositasida kirim yoki o‘rtacha narx xaridorlarning narxdan
qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi yaqinlashadi. Bu juda muhim,
chunki oxir–oqibatda xaridorlarning harakati narx siyosati
muvaffaqiyatiga bog‘liq. Xaridorlar xaridlariga qarab tuzilgan maqsad-
lar tizimi xaridorlarga yo‘naltirilgan va ularni tashkilot mahsulotlariga
ko‘niktirishga asoslangan narx siyosatining zamonaviy talabidir.
10.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |