Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/341
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#322570
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   341
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

 

 

 

 

10.1 – rasm. 

Narxga oid bilimlar mazmuni  

 

Shunday qilib, narxga qiziqish, narx siyosatini bilish, narxga oid 



axborotlarga ega bo‘lish, narxga bog‘liq ruhiy holatlarning yuzaga 

kelishi ham amaliy jihatdan juda qiziq va tovarni sotilish hajmi korxona 

foydasiga bevosita ta’sir etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. 

Narxlarni qabul qilish. Narxlarni xaridor tomonidan qabul qilinishi 

yuqori darajada subyektiv bo‘lib, u yoki bu darajada real voqelikdir. 

Bitta markalar bir joy 

Bir donasi  

narxi 


Bir necha marka bir necha sotish 

joyi 


Turli markalar bo‘yicha 

Turli xarid obyektlari bo‘yicha 

Turli do’konlar bo‘yicha 

Tavsiya qilingan narx 

Narxni kelishish 

Turli muddatlar bo‘yicha 

Narx 

bilimlari 



Narxni 

taqsimlash 

Narxni baholash 

bazasi 



268 

 

Narx siyosati doirasida, narxlarning qabul qilish sohasida psixologiya 



nazariyalari, moslashish nazariyalari, assimetriya va kontrast nazariyasi, 

istiqbol nazariyalaridan foydalaniladi. 

Narxlarni qabul qilish, deganda individum orqali narx haqidagi 

ma’lumotni sensorli ravishda qabul qilish tushuniladi. Natijada xaridor 

tomonidan ijobiy yoki salbiy, ruhiy holat yuzaga keladi. Narxlarni his 

qilish turli xaridorlarda turlicha namoyon bo‘lib, bir xil mahsulotga bir 

xaridorda uni sotib olish qarori shakllansa, ikkinchi boshqa pastroq 

narxdagi xuddi shunday tovarni qidirishga tushadi. Xaridor xulq–atvori 

juda ko‘p shaxsiy – ichki va tashqi omillarga bog‘liq. 

Xarid qobilyati muhim omil hisoblanadi va narx hissiyotiga 

bevosita ta’sir etadi. Albatta puli ko‘p xaridor uchun xarid qilsh kam 

ta’minlangan, puli cheklangan xaridorga nisbatan juda oson va tez 

kechadi. U narxlarni bozor bo‘yicha o‘rganmasdan eng sifatli va qimmat 

tovarni tezda xarid qiladi va aksincha, puli cheklangan va oz pulga ko‘p 

narsa olishi kerak bo‘lgan xaridor arzon narxlarni qidiradi. Axir u barcha 

iste’mol ehtiyojini cheklangan holda bo‘lsada qondirishi kerak. 

Fiziologik ehtiyojlarni qondirish birinchi navbatda turadi. 

Narxni qabul qilishga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

1. Motivatsion (rag‘batlantiruvchi) omillar: shaxsiy ishtirok, 

ijtimoiy tan olinganlikka intilish sifati, qulaylikka, iqtisodiy jihatdan 

naflilik ko‘rsatkichlari iste’molchida rag‘batni (motivatsiyani) shakllan-

tiradi. 


2. Kognitiv omillar: sifat jihatdan to‘g‘ri baholashga layoqatlilik, 

zehnning o‘tkirligi (axborotlarning ko‘pligi, narxga oid bilimlarga 

egalik), aqliy salohiyat, tajriba, sotuvchiga ishonch, o‘ziga ishonch, 

markaga sodiqlik va boshqalar. 

3. Vaziyatli omillar: narxni taklif etish usuli (shakli, narx struk-

turasi) to‘lov shakli, vaqt bosimi, raqobatchi takliflari va narxlari, 

xaridorning kopmleks muammolari, narxlarning o‘zgaruvchangligi, narx 

etiketkalarining mavjudligi, mahsulotni ishlatishdan maqsad, 

xaridorning  xarid qobilyati, sotish joyi (Gipermarket yoki oddiy cha-

kana savdo do‘koni) ning narx imiji. 

Xaridorlarning xarid qobilyati va tovarga nisbatan ishonchliligi 

narxdan o‘zi uchun kerakli mahsulot yoki xizmatni sotib olishga 

tayyorligi ta’sir etuvchi determinantlar hisoblanadi. Potensial iste’mol-

chilarni so‘rovnoma qilib ularning narxga nisbatan xaridga tayyorligi 




269 

 

aniqlanadi. Shu bilan birga narx ostonasi ham aniqlanadi. Agar narx 



ostonasi yuqori darajadan o‘tib ketsa xaridor u tovarni sotib olmaydi. 

Individual xarid ehtimolligi nolga teng bo‘ladi. 

Narxning absolyut quyi chegarasi xaridorda tovar sifatiga shubha 

uyg‘otadi. Natijada xaridorlar past narxdagi mahsulotni boshqa sotib 

olmaydilar. Xaridorlarning bunday xulq-atvori, ma’lum sharoitlar bilan 

bog‘liq bo‘lib, ular juda arzon tovarni olib tavakkal qilishdan qo‘rqish-

larini ko‘rsatadi. 

Narxlarning uch turi (ostonasi) farqlanadi: silliq narxlar yaxlit 

raqam bilan tugaydi (masalan,75000 so‘m); yaxlitlangan narxlar ya’ni 

63 ming 480 so‘m= 63 ming 500 so‘m; siniq narxlar ko‘pincha 9 raqami 

bilan tugaydi (32,999 so‘m).  

Savdo do‘konlarida chegirmalar vaqtida yaxlit narxlar, juda oz 

kamaytirilib oxirgi raqamlari (5,999) bilan tugaydi. Masalan 6,800 

turgan tovar (5,999 ga pasaytirilib) 5 raqami xaridor e’tiborini jalb 

qiladi, narx pasayibdi, deb xaridor shu tovarni sotib oladi. 

Amalda har bir xaridor bunday narxlarga duch keladi. Raqamlar bir 

qarashda 1 birlikka kamayganday ko‘rinsada, aslida 0,5 – 0,7 birlikka 

kamaygan bo‘ladi. 

Narx «ostonasi» samarasi quyidagilar bilan izohlanadi. 

 



 iste’molchilar narx shkalasini diskret kategoriyalarda o‘zlari 

uchun bo‘ladilar (masalan 5000 so‘m o‘rniga 4,899— beshdan kam). 

 

 iste’molchilar o‘zlarining subyektiv maksimal narxlarini yaxlit-



langan raqamlarda belgilaydilar (masalan uchdan (3) past, 5 dan yuqori). 

 



 xaridorlarda  yaxlit  narxlardan ko‘ra siniq narxlarda tovar 

olganda iqtisod qildim, deb o‘ylaydilar. 

 

 birinchi raqamni iste’molchilar kuchliroq his etadilar. 10 o‘rniga, 



9,95. 

Shunga qaramasdan ba’zi tadqiqotchilar siniq narxlarning mahsulot 

sifatini xaridor tomonidan to‘g‘ri his etilishiga salbiy ta’sirini ko‘rsata-

dilar (imij - samara). 

Siniq narxlarning shakllanishi bozor iqtisodiyoti amaliyotining mah-

suli bo‘lib, iste’molchi xulq — atvoriga tez ta’sir ko‘rsatishi va super-

marketlarda savdo aylanmasining keskin oshishiga olib kelishi amalda 

o‘zini oqlayapti (Korzinka.uz., Megaplanet, Makro va boshqalar). 

Xaridor tomonidan narxning ijobiy qabul qilinishi uchun narx 

optikasi qo‘llaniladi. Narx optikasi, deganda sotuvchi tomonidan tovar 




270 

 

narxi, reklamasi, narxni kelishish kabi chora – tadbirlardagi barcha 



urinishlar tushuniladi. Narxning iste’molchi tomonidan qabul qilinishiga 

turli omillar ta’sir etadi. Shu omillar ta’siri ostida xaridorning xarid 

xulq-atvori shakllanadi. 

Iste’molchining xarid xulq-atvoriga quyidagi omillar turlicha ta’sir 

ko‘rsatadi. 

 



 komplekt uchun yagona (umumiy) narxning qo‘yilishi, uning har 

bir alohida qismi uchun qo‘yilgan narxga nisbatan ijobiy qabul qilinadi. 

 

komplektga qo‘yilgan chegirma, uning har bir alohida qismi 



uchun qo‘yilgan chegirmada narx iste’molchi tomonidan yaxshiroq his 

etiladi. 

 

 mahsulotning naflilik darajasi ko‘rsatilganda uning har bir 



ingrediyentining foydaliligi ko‘rsatilsa iste’molchini ko‘proq jalb etadi. 

 



 soliq stavkalarining o‘sishi bilan narxlarning keskin o‘sishi, 

narxni o‘z-o‘zdan ko‘p marta oshirilganidan yaxshiroq his etiladi. 

 

 bir necha marta oz-ozdan narxning pasaytirilishi, bir marta ko‘p 



pasaytirilgandan ko‘ra xaridorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

 



 yuqori narxlarda tovarga kichik «sovg‘a» qo‘shib sotish ham 

iste’molchini o‘ziga jalb etadi (avtomat kir yuvish mashinasiga, dazmol 

yoki changyutgich qo‘shib berish, juda ham qiziqarli). 

 



 kreditga maishiy - texnika tovarlarini sotish. 

 



 naqd pul oqimi kamligida pul o‘tkazish yo‘li bilan, plastik 

kartochkalar orqali to‘lovni oshirish ham iste’molchini yetarli jalb qilish 

hisoblanadi. 

Yuqoridagi narxlarning shakllanishi xususiyatlari bozor sharoitida 

iste’molchi xulq-atvoriga ta’sir etib, uning xarid qilish haqida qaror 

qabul qilishida muhim omil hisoblanadi. 

Xaridorlarning narxdan yuqori darajada qoniqqanligi korxona 

marketingining bosh vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Xaridorlarning yuqori 

darajada qoniqishi korxona ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, 

foydaning ko‘payishiga olib keladi. Iste’molchilarning qoniqqanligini 

tadqiq qilishda, avvalo, tovarning iste’molchiga qanchalik foyda 

keltirgani, ya’ni naflilik darajasi bilan baholanadi. Bunday tadqiqotlarda 

tovar narxiga ikkinchi darajali sifatida qaraladi. 

Iste’molchining narxdan qoniqqanlik darajasi modelini                

10.2- rasmda ko‘rish mumkin.  

 



271 

 

 



 

 

 



 

 


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish