Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari


Rasm 3.Membranali filtrlarni mexanizmi



Download 6,38 Mb.
bet87/208
Sana08.01.2022
Hajmi6,38 Mb.
#333271
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   208
Bog'liq
ДТТРИ МАЖМУА 20-21 25.09

Rasm 3.Membranali filtrlarni mexanizmi3

Bufiltrlargabakteriologikshamchadebataluvchisilindrsimonshaklda, o‘rtasibo‘shsilliqlanmaganfarfordanyasalgankeramik (sopol) filtrlarkiradi. Bu "shamchalar" orqalifiltrlash 2 usuldaolibborilishimumkin.Birinchiusulsuyuqlikustkiochiqteshikorqalifiltichigatushibundanbosimta’siridaidishgafiltrlanadi.Ikkinchiusul: filtriniustkiochiqteshigiorqalimahsusmoslamabilanboshqaidishgabiriktirilib, shamchaeritmaichigatushiriladivabiriktirilganidishdagihavoso‘ribolinishinatijasidafiltrlanadi.

Shisha filtrlar - shisha donalari yopishtirilgan plastinka hisoblanib, har xil o‘lchamda chiqariladi.Katta o‘lchamli g‘ovakli filtrlar eritmalarni filtrlash maqsadida qo‘llaniladi. 5 nomerdagi filtr teshikchalari o‘lchami 0,7-1,5 mkm kattalikda bo‘lib steril eritmalar olish uchun qulay. Filtrlash vakuum ostida olib boriladi.SHisha filtrlar ishlatish uchun qulay, arzon.Ularni qo‘llashdan oldin sterillanadigan eritmalar oddiy filtrlardan o‘tkazilishi kerak.Bu shisha filtrlarni ifloslanishdan saqlaydi.

Shisha filtrlar ishlatish davomida mikroorganizmlar, hamda mexanik qo‘shilmalar bilan ifloslanadi.Ularni xromli aralashma bilan yuvib tozalanadi. SHisha filtr ishlatayotganda uni ustiga 1-2 qavat filtr qog‘oz qo‘yilsa, uni ifloslanishi kamayadi va ishlash vaqti uzayadi.

Membranali filtrlar - dori modda eritmalarini to‘liq sterillash maqsadida qo‘llaniladi. Filtrlash qismi qalinligi 100 mkm, teshikchalari o‘lchami 0,2 dan 3 mkm bo‘lgan sellyuloza efirlaridan tashkil topgan govak disk membranadir. Tolalar suv, suyultirilgan kislota va ishqor ta’siriga chidamli, ammo spirt va efir ta’siriga sezuvchan hisoblanadi. Membranali filtrlar quritilganda mo‘rt, sinadigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ularni tozalangan suvda konservant qo‘shib saqlash kerak.

Hozirgi paytda har-xil polimerlar asosida tayyorlangan filtrlar keng qo‘llanilmoqda.Masalan, atsetat sellyulozadan MFA navli “Vladipor” filtri ishlab chiqarilmoqda. Bu filtr pH ko‘rsatkichi 1,0 dan 10 gacha bo‘lgan eritmalarni mexanik aralashma va mikroblardan tozalash uchun ishlatilishi mumkin. Ular teshikchalari o‘lchami 0,05 dan 0,95 mkm gacha bo‘lgan 10 ta nomerda chiqariladi. Steril filtrlash uchun teshikchalari o‘lchami 0,25-0,35 va 0,35-0,45mkm bo‘lgan MFA-3 va MFA-4 markalari yaroqli. MFA filtrlari 1200C da to‘yingan bug‘ bosimi ostida, 1800C da issiq havo oqimida, formaldegid, etil spirti, vodorod peroksid, etilenoksid, UB (ultra binafsha) va gamma nurlari bilan ishlov berib sterillanishi mumkin.

KIMYOVIY STERILLASH

Kimyoviy sterilash usulida gazlar yoki eritmalardan foydalaniladi.Gazlar yordamida sterilizatsiya qilinganda asosan etilen oksididan yoki uning turli xil fligmatizatorlar (metil bromid, karbonat angidrid, freonlar) bilan aralashmasidan foydalaniladi. Bunda maxsus sterilizatorlarga gaz aralashmalari yuboriladi va sterilizatsiya qilinadi. Etilen oksidi bilan sterillanganda 16 soat davomida 18С xaroratda 1200 mg/dm3 miqdordagi gaz bilan olib boriladi.

Kimyoviy sterillashda eritmalardan foydalanganda kuydagi erituvchilar qo‘llaniladi:

1. 6% vodorod peroksid eritmasi.Bu erituvchi bilan 18С xaroratda 6 soat davomida, 500С xaroratda 3 soat davomida sterillanadi.

2. 1% dezokson-1(nadsirka kislotasi). Bu erituvchi bilan 18С xaroratda 45minut davomida sterillanadi.


Download 6,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish