Rasm 2.Avtoklav usulida infusion eritmalarini sterillash2
Bug‘ oqimi bilan sterillash.
Bu usul bilan sterillanganda ob’ekt muntazam bug‘ oqimida 100 gradus haroratda 30-60 daqiqa davomida qizdiriladi. Bu usulning asosiy xususiyati shundan iboratki, suv bug‘iga to‘yintirilgan bug‘ ob’ektga to‘xtovsiz oqimda yuborib turiladi. Unda havodan nom-nishon qolmaydi.Kok sterilizatori, infundir sterilizatsion asbobi yoki avtoklavda olib boriladigan bunday sterillash usuli to‘xtovsiz oqimli bug‘da sterillash usuli deb ataladi.
To‘xtovsiz oqimli bug‘da turg‘unligi kamroq bo‘lgan dori moddalar eritmalarini sterillanadi. Eritma xajmi 100ml gacha bo‘lsa - 30 daqiqa, 100-500ml gacha - 45 daqiqa, 500 – 1000ml - 60 daqiqa sterillash talab etiladi.
Issiq havo yordamida sterillash
Issiq havo yordamida sterillash quritish kameralarida 160, 180 yoki 2000 С haroratda olib boriladi. Usulning samaradorligi haroratga, vaqtga, sterillanuvchi ob’ektning issiqlik o‘tkazuvchanligiga, ularning sterillash kamerasida issiq havo sirkulyasiyasini ta’minlay oladigan bo‘lib joylashganligiga bog‘liqdir.
Issiq havo yordamida sterillash usuli quyidagilarga qo‘llaniladi:
a) shishalar, metall va chinni idishlar uchun; ular 1800С da 60 daqiqa yoki 1600С da 150 daqiqa sterillanadi.
b) issiqqa chidamli poroshoksimon dorivor moddalarning (talk, oq gil, rux oksidi, natriy xlorid va boshqalar) sterillash tartibi quyidagicha:
Bunda qatlam qalinligi 6-7 sm dan oshmasligi lozim.
v) mineral va o‘simlik moylari, yog‘lar, lanolin, vazelin, mum.
Radiatsion sterillash usuli
Bu usul xozirgi kunda AQSH va Angliyada ko‘p ishlatiladigan sterillash usuli hisoblanadi. Nur bilan sterillash o‘z xossasi bilan sovuq usul hisoblanib, unda sterillanayotgan predmet - harorati 3% gacha oshishi mumkin.SHu sababli bu usul haroratga chidamsiz dori moddalarni sterillash uchun qulay hisoblanadi.
Sun’iy ravishda olingan radioaktiv izotoplardan So60, So137 va yadro reaktorlari qoldiqlari radiatsion gamma nurlari bilan nurlanish manbaalari bo‘lishi mumkin. Odatda sterillashga 2,5x106 rad. etarli hisoblanadi.Moslamada ishlayotgan odamlar, ishlash vaqtida uni ta’siridan muhofaza qilinishi kerak, qoldiq radiatsiyani chaqirmaydi.
Ob’ekt jihozlangan xolda sterillanishi mumkin. Radioaktiv nurlar ta’sirida o‘tkaziladigan sterillash mexanizmini aniq aytish qiyin, ammo shu narsa aniqki, sterillash natijasida oz-oz miqdorda bo‘lsa ham turli parchalanish mahsulotlari ajraladi. Uglevodlar, aromatik birikmalar, oqsillar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlarning radioaktiv nur ta’sirida sterillash natijalari o‘rganilgan.Xirurgiya amaliyotida ishlatiladigan ketgut, plazma, bog‘laydigan-o‘raydigan ash’yolarning sterillash natijalari o‘rganilgan.Dorixona sharoitida bu usul qo‘llanilmaydi.
FILTRLAB STERILLASH
Filtrlab sterillash deb, mayda teshikchali filtrlar orqali eritmalarni filtrlab, mikroorganizm va ularning sporalaridan tozalash usuliga aytiladi. Bu usul xozirgi kunda farmatsevtik korxonalarda juda keng qo‘llaniladigan usul hisoblanib, dorixona amaliyotida ham qo‘llanish me’yorlari ishlab chiqilmoqda. Asosan bu usul yordamida haroratga chidamsiz bo‘lgan dori moddalar eritmalari sterillanadi. Termik sterillashdan oldingi jarayon sifatida mexanik usulda eritmani mikroorganizmlardan tozalab olish hozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda va yaxshi samara berayapti. Bu filtrlar asosan keramika, shishadan va sintetik tolalardan tayyorlanadigan membranali filtrlardir.
Mikroteshikchali filtrlarni tozalash xususiyati mikroorganizm tanachalarini mexanik to‘siqda ushlab qolishgagina asoslangan bo‘lmay, balki shu teshikcha yuzasi va g‘ovaklari orasiga ularning tanachalarini so‘rilib (adsorbsiyalanib) qolishiga asoslangan. Bu usulni qo‘llashdagi tekshirishlarni ko‘rsatishicha filtrlarning adsorbsion xususiyati mikroorganizm turi, uni eritmadagi miqdori va filtrlash sharoiti bilan bog‘liqdir.3-rasmda membranali filtrlarni mexanizmi ifodalangan.1
Do'stlaringiz bilan baham: |