119
qishloq xo‘jalik korxonalarining yirklashtirilishi natijasida 2010 - yilda umumiy er
maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklar
erlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi.
2000 - yilllardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi
barqaror va muntazam tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar
Mahkamasining 2002 - yil 5 yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo‘jaligi
korxonalarini
fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori va 2003 - yil 27
- oktabrdagi “2004 -2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi
to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan.
Agar 2001- yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining
soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib 189235 birlikka etgan,
yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik o‘sishi
40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 - ta shirkat xo‘jaligi negizida 22 - mingdan ortiq
fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Respublikamizda
fermerlikning
kelgusidagi
rivojlanishi
va
yangi
imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000 - yillar oxiriga to‘g‘ri keladi.
Puxta o‘ylangan
dastur asosida 2008-2010 - yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni
natijalariga ko‘ra fermer xo‘jaliklarining er maydonlari hajmi kamaytirildi.
Amalga
oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2011- yil yakuniga ko‘ra,
Respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4
foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer
maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha
bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib
qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3
gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va
uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda agrar islohotlarga ustuvorlik berib
kelinmoqda. Chunki, Respublika aholisining 62%
qishloqda yashaydi, qishloq
xo‘jaligida YaIMning 30 foizi, mamlakat valuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi.
Agrar islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk
xususiylashtirildi. Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni
tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shimcha ravishda 550
ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer
maydoni 700
ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan
foydalanmoqda.
Istiqlol yillarida qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga
alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar
jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-
to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-
yilda 898 ta, 2000 -yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi.
Ularning umumiy soni 2002 -yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha
1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi.
Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. O‘zbekiston
Respublikasi