makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi
va 1995-yildan boshlab
barqaror o‘sish
ta’minlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 100 foiz deb
olsak, 2000 -yilda 123,6 foizga, 2010 -yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari,
kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli dara-
jada ko‘paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi.
Dastlab, Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib bordi,
1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekistonda 2000 -yilda ishlab
chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo‘yicha) 1990-yilga
nisbatan 1,3 marta, 2010-yo‘lda esa 3,4 marta o‘sishiga erishildi.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy barqarorlikka
erishgan,
iqtisodiy
ko‘rsatkichlari
izchil
o‘sib borayotgan mamlakatdir.
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlari so‘nggi 11 yil - 2005 -
2015-yillar davomida 8 foiz- dan yuqori bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi
oshdi, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi.
Istiqlol yillarida olib borilgan islohotlar natijasida shahar va qishloqlarimizning
qiyofasi o‘zgarib, aholi turmush saviyasi o‘sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning
bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari
odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga
xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi salmoqli
darajada o‘sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming kilometr gaz tarmog‘i (shundan 4,3 ming
kilometri qishloq joylarida), 2 ming kilometrdan ziyod ichimlik suv tarmog‘i
(shundan 1,9ming kilometri qishloq joylarida) ishga tushirildi.
Transport sohasida ham jahon standartlariga qiyosan jahondagi yetakchi
kompaniyalarning havo kemalari bilan ta’minlangan O‘zbekiston Havo yo‘llari
aviakompaniyasi dunyoning 25 - mamlakati bilan havo aloqalarini o‘rnatgan,
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining faol qo‘llab quvvatlanishi
natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib
bormoqda. Xususan, 2000 - yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 - foizi
iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan
bo‘lsa, 2008- yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009 - yilda 50,1 foizni, 2010 - yilda
52,5 foizni, 2011- yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 - yilga nisbatan 23 foizga
o‘sgan. 2010 -2016- yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil etilgan
ish o‘rinlari soni 3,9 foizga ortgan. 2017 - yilda esa dasturga muvofiq sanoatni (5440
ta loyihada 131 - mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8
mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni
bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining
118
faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 - minga yaqin investitsiya
loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 25 -6, 4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil
etishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |