Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Qishloq 
xo‘jaligida 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning eng muhum yo‘nalishlari to‘grisida
”gi Farmonida agrar 
islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. Farmonga binoan 2003 -2007 -
yillar- da shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida fermer xo‘jalikla- ri tashkil 
etildi. 2007 -2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan 
fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer 
xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi. 
Qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta 
shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa 
yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila 
a’zolarining shaxsiy mehnat asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004 -yil boshlarida 
mamlakatimizda 3,5 millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs 
maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat 
bilan band bo‘ldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqa-
rish subektlariga aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan 
yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda. 
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti 
yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular 
yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga 
aylandi. 
4. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari 
Mamlakat rahbari tomonidan 2019- yil O‘zbekistonda 
“Faol investitsiyalar va 
ijtimoiy rivojlanish yili”
, deb e’lon qilindi. Bu borada Davlat Dasturiga muvofiq, 
mamlakatda biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ra g‘batlantirish, hududlar, 
tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy 
ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish masalalari keng 
o‘rin olganligi istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada taraqqiy 
ettirish vazifasini qo‘ymoqda. 2017 - yilda ko‘zlangan rejaga muvofiq sanoatni (5440 
ta loyihada 131 - mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 
mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni 
bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining 
faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda qishloq xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq 25 
minga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256, 4 mingdan ortiq 
ish o‘rinlari tashkil etishga erishilishi ko‘zlangan . 
Vaholanki, mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun 
qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, 
davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvni 
cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-tamoyillarini qisqartirish hamda 
soddalashtirish maqsadida 2018- yil 1-avgustda “O‘zbekiston Respublikasida 
investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident 
Farmoni e’lon qilindi. Farmonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investitsiyalarning bu boradagi 
davlat siyosatining izchillgiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga asosiy urg‘u 


121 
berilgan. Unda shuningdek, qator yillar mobaynida sohadagi dolzarb muammolar 
ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular orasida ayniqsa joylarda, investorlarning qo‘llab-
quvvatlanmasligi, bu borada tegishli vazirlik va idoralar faoliyati aniq 
muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham 
mavjudligi, soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimidagi 
muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan. 
Agar raqamlarga murojaat qilsak, 2017 - yilgacha 90 dan ziyod mamlakatning 
xorij mablag‘lari ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxonalari faoliyat yuritgan edi. Har 
yili jalb qilinayotgan investitsyalarning 20 foizini xorij investitsiyalari va kreditlari 
tashkil etgan. Masalan, mamlakatimizning investitsion loyihalarni amalga oshiruvchi 
asosiy chet el hamkorlariga “Djeneral motors” , “Boing” , “Xonevell” , “Eyrbas” , 
“MAN” , “Klaas” , “Knauf” , “Lemken” , “Nestle” , “Teknip” , “ABB” , “Maksam” , 
“Isuzu” , “Itochu” , “Mitsibisu” , “Xitachi” , “Marubeni” , “Xyunday” , “Samsung” , 
“Eldji” , “Lotte kemikal” , “Xuavey” , “Si En Pi Si” , “SITIK” va boshqa ko‘plab 
kompaniyalar kiradi. 
2017 - yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli olti martaga, aholining real 
daromadlari esa to‘qqiz martaga yaqin o‘sdi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 
ulushi 6,9 martagacha ortdi, bu esa, O‘zbekistonga o‘rta darajadagi daromadli 
davlatlar qatoriga kirish imkonini berdi.
O‘shanda jahon banki reytingiga binoan iqtisodiy darajasiga ko‘ra, O‘zbekiston 
190 mamlakat orasida 63 o‘rinni egalladi. Butunjahon iqtisodiy forum bahosiga 
ko‘ra, 2014 va 2015 yakuni va 2016-2017 - yillar o‘sish prognozlari bo‘yicha 
O‘zbekiston dunyoda eng tez rivojlanayotgan beshta davlatdan biri hisoblanishi qayd 
qilingan. Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari aholi o‘rtasida daromadlarni nisbatan 
mutanosib ravishda taqsimlanishini ta’minlagan edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 2002 - yilgacha respublikaga 12 
mlrd AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritilgan. Yoki xorijlik fuqarolar va 
tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan qo‘shma korxonalarga jalb qilingan 
investitsiyalar ulushi 2000 - yildagi 6,9 % dan 2001- yilda 26,0 % ga, ya’ni 3,7 - 
baravar oshgan. Respublika bo‘yicha 2007 -2011- yillarda umumiy investitsiyalar 
hamjmida xorijiy investitsiyalar ulushi 22 -25 -% ni tashkil qildi.
Lekin hali ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb 
bo‘lmaydi. Agar mustaqillik yillaridagi statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa,

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish