Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


 Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish. 
Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida mamlaktimizning birinchi
 
Prezident 
Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimiz 
tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning 
“O‘zbek modeli”
deb qabul 
qilindi.
 
O‘zbek modeli ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. 
Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib 
qolgan muammolar hisobga olindi.
Barchaga ma’lumki, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini 
tanlagan O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni 
mo‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta mulkdorlar tabaqasining paydo bo‘lishi 
demakdir. Bu borada qator qonunlar qabul qilindi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, dastlabki 
kezlarda,
 kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi 
dastlabki normativ-huquqiy normalari va qonun hujjatlari qabul qilindi. 
Bu 
borada ayniqsa 1991- yil 18-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonuni muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi 
ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va 
tasdiqlangan maxsus dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. 
Albatta, 
ushbu 
qonunning 
qabul 
qilinishi 
sohani 
bosqichma-bosqich 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Qabul qilingan qonunlar va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, xalq xo‘jaligidagi barcha soha 
tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi 
cheklashlar olib tashlandi. Birgina 1992-1996- yillarda davlat mulki ob’ektlarini 
xususiylashtirish tufayli 1 million 7 -4 ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq 
xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, 
paylarining egalari, qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming 
kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda 
mulkdolar sinfini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlar qo‘yilganligini anglatar 
edi. Amalga oshirilgan dastlabki islohotlar natijasida 1991-1996- yillar mobaynida 
iqtisodiy islohotlarning barcha yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar 
sodir bo‘ldi. Xususan, turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish sohalari, matlubot 
jamiyati ob’ektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish 
amalda tugallandi, o‘rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayoni jadal davom ettirildi. Bu borada mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va hususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq 
xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish 
jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq iqtisodiyotda tub sifat 
o‘zgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, ya’ni xususiy 
sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995- yilda sanoat 
mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi. 
Barcha kapital mablag‘larning 44 foizdan ortiqrog‘i uning hissasiga to‘g‘ri keldi. 


114 
2000 - yilgacha xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 64 foizi ana shu sektorda 
mehnat qilgan. Bu esa o‘sha kezlarda bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini 
sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga e’tibor 
qaratishni taqoza etar edi. Ayniqsa endigina bozor psixologiyasi odamlar ongida 
shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada birinchi navbatda maishiy xizmat, 
umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi kichik korxonalarni 
ochish zarur edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga 
ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – 
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes fond, 1995- 
yil iyul), «Madad» sug‘urta agentligi (1995- yil 26 -iyun), O‘zbekiston Tovar ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996- yil mart) hamda ularning hududiy 
bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga 
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tadbirkor 
ayollar uyushmasi tashkil etildi.
Ammo o‘sha paytlarda sohada qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ularning 
mvjud holati bir necha yillar taraqqiyotga to‘siq bo‘lib keldi. Xususan, 1999- yil 1-
iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tarkibida kichik va o‘rta korxonalar 
salmog‘i kommunal xo‘jalikda 42,9%, maishiy xizmat sohasida 85,0%, qurilishda 
89,3%, qishloq xo‘jaligida 89,9%, sanoatda 93,5%, savdoda 95,3%, umumiy tijoratda 
96,6%ni tashkil etgan bo‘lsada, 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish