Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li
” nomli asarida, Respublika 
parlamentida qilgan ma’ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan 
qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib 
olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski 
tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Davlat qurilishi 
dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakat 
Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil tashkil etdi. 
Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi:
Birinchidan
, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot 
siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish 
muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi.
Ikkinchidan
, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh 
islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar 
jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo‘nalishlarini 
belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy 
hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil 
ro‘yobga chiqarishi kerak.
Uchinchidan
, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni 
qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan 
qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin.
To‘rtinchidan
, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida 
mas’ul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya 
sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda 
odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga 
oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo‘lganidagina ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.
Beshinchidan
, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‘ylab, 
bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. “Bu yo‘l va andaza iqtisodiyoti bozor 
munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasiga, 
shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi, an’analari va 
ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”. 
(Islom Karimov. “O‘zbekiston — bozor 
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”. T., “O‘zbekiston”, 1993 -, 5- bet.)
Ushbu beshta tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni 
muvaffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, 
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu 
yetakchi tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, 
rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish 
uchun mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi 
o‘rindagi vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat 
qildirishga sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam 
shakllantirishni, bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib, keyin 
yangi bosqichga o‘tishni taqozo etadi. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish