Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


Uning quyidagi xususiyatlari mavjud



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Uning quyidagi xususiyatlari mavjud:
–tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladilar;
–kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo‘lib, uni 
o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;
–tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga 
asoslanadi;
–tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar;
–bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki pul 
uning qo‘lida bo‘ladi;
–bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi;
–jamiyat a’zolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi. 
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga solinuvchi 
bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali bozor 
iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur iqtisodiy 


106 
inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari 
yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jarayon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir etib, 
tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi. Unga amal qilgan 
davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib 
bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor munosabatlari iqtisodiyotning 
yetakchi shakliga aylanib bordi. 
Sobiq Ittifoq hukmronligi davrida esa 
hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni 
yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni 
markazlashtirilgan 
tarzda 
ma’muriy-
buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish 
va taqsimlash yo‘li bilan ijtimoiy adolatni qaror 
toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib 
ko‘rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o‘zini 
oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, 
xalq uchun farovon turmush ham yaratilmadi. 
Aksincha, millionlab odamlar qancha-qancha balo-qazolarga uchradi, bunday 
g‘ayritabiiy yo‘lga qarshi chiqqanlarning umri xazon bo‘ldi. Oxir-oqibatda ma’muriy 
buyruqbozlik 
asosida 
boshqariladigan 
o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan 
iqtisodiyot tanazzulga uchradi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi 
yangilanish, tub o‘zgarishlarni o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo, mustabid sovet 
tuzumidan bizga qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib, chuqur anglab 
yetishimiz lozim. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, 
o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini 
o‘zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston 
rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular 
qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltirayotganidan bexabar 
edi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston moliya-kredit, bank siyosati yuritishda 
qaram edi, o‘zining milliy valyutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emasdi. Sobiq 
Ittifoqdan mo‘rt, zaif xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni arzon xomashyo 
va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. 
Respublika iqtisodiyotida boy mineral xomashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz 
foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy 
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, „Qayta qurish“ davrida batamom 
barbod bo‘lgan iqtisodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi, baqiriq-
chaqiriq, o‘g‘rilik, buzuqlik avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib qolgan 
edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoq bo‘yicha boshqa korxonalar bilan 
bog‘langan bo‘lib, endi ular o‘rtasidagi aloqalar uzilib, xo‘jalik yuritish 
murakkablashib qolgan edi. Mavjud korxonalar chetdan keltiriladigan texnologik 
asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. O‘zbekiston yoqilg‘i va 
oziq-ovqat masalasida markazga qaram edi. Ekin ekiladigan yerlarning paxta 
maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka hokimligining o‘rnatilishi natijasida 


107 
O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, 
xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. 
Paxta, oltin, rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa materiallar 
tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan daromad O‘zbekiston xazinasiga tushmas 
edi. O‘ziga qarashli bo‘lgan mablag‘ni markaz-dan dotatsiya sifatida so‘rab, yolvorib 
olishga majbur edi. Aholi turmush darajasi bo‘yicha nochorlik, sobiq Ittifoq 
miqyosida eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qoldi.
Ittifoqdan mustaqil bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Belorusiyadan farqli o‘laroq, 
O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi. Eski 
mustabid tuzumdan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi. 
Aholi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havoning va suv zaxiralarining 
ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda 
katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, 
birgina Orolning qurib qolgan tubidan yiliga bo‘ron tufayli 1575 million tonna chang-
to‘zon ko‘tarilib, uzunligi 400 km va eni 40 km maydonni ifloslantirardi, aholini 
turli-tuman kasalliklarga mubtalo qilardi. „Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni 
xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan 
taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama 
iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan 
yarimmustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi“. 
(Islom Karimov. “O‘zbekiston 
XXI asrga intilmoqda”. T., “O‘zbekiston”, 1999-, 6- bet.)

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish