Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Darsning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga Mustaqillik yillarida ta'lim tizimi 
islohotlari, ta’limning asosiy turlar, ta’lim tizimini isloh qilish zaruriyati, kadrlar 
tayyorlash milliy modeli, ta’lim sohasini qayta shakllantirish, ta’lim sohasidagi izchil 
islohotlar haqida ma’lumot berishdan iborat. 
Tayanch iboralar: 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli, “Sog‘lom avlod uchun”, 
“Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni 
tiklash”, “Ulug‘bek”, “Umid”, Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog‘lom 
avlod uchun”, “Iste’dod” jamg‘armasi.
1. Mustaqillik yillarida ta'lim tizimi islohotlari. Ta'limning asosiy turlari. Ta'lim 
tizimini isloh qilish zaruriyati. 
Har bir zamonda ta’lim sohasi taraqqiyotning asosiy omili hisoblangan. Maorif 
va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu 
boisdan ham mustaqil O‘zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va 
dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 1992- yil 2 iyulda qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni hamda 1991-
1996-yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. 
• Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari 
hamda “bolalar bog‘chasi-maktab” majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet el 
tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini 
o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi. 
• Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi. 
1992-1996-yillarda 238 litsey va 136 gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi. 
• “Sog‘lom 
avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, 
“Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab 
chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi. 
• Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini 
shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika 
ta’limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini 
ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv maskani, Shu jumladan, 209 kasb-hunar 
maktabi, 180 litsey va 53 biznes-maktab ishladi. 
• Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘l, Andijon bank kollejlari, Toshkent 
ayollar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996-1997-o‘quv yilida 258 o‘rta kasb-
hunar ta’limi o‘quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-
pedagog xodimlar 197 - ming o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish bilan Shug‘ullandi. 


168 
• Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992- yil 28 - 
fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga 
aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi oliy o‘quv yurtlari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-
moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand 
davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax 
politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va 
diplomatiyasi universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan 
muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari 
tashkil etildi. 1997-yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv 
yurti, Shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 
ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi. 
• Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida 
baholashning ilg‘or usullari joriy etildi. 
• Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning 
oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy 
attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. 
• Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning 
qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli 
yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va 
stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
• Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ulug‘bek”, “Umid”, Respublika bolalar fondi, 
“Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Iste’dod” jamg‘armalari tashkil etildi.
• O‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari 
Konsorsiumi, Tinchlik Korpusi (AQSh), Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), 
Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat 
tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 
Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsa-da, hali bu sohada 
jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda 
bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan 
edi. O‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. 
Ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik materiallar 
yetishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi, ishlab turgan murabbiy-
o‘qituvchilar kattagina qismining bilim va kasb saviyasi yetarli darajada emas edi. 
Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Ta’lim tizimi, fan va 
ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlik, integratsiya o‘rnatilmagan edi. Oliy malakali 
mutaxassislardan foydalanishda, ta’lim xizmati ko‘rsatishda kamchiliklar bartaraf 
etilmagandi, kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emas edi. Yuqorida qayd etilgan 
kamchiliklar tufayli amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar 
darajasidan ancha orqada edi. Shu boisdan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi 
ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan 
isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi.


169 
Islom Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida 


Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish