O‘zbekmuzey
” Respublika jamg‘armasi tuzildi.
Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan
sado” jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr
etila boshlandi. 1999- yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy
yodgorliklar bilan boyidi. O‘zbekistonda umumiy maydoni 137 -150 kv m ni tashkil
etadigan 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq
ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar
saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy
yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta
me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat
muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-
qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar,
monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy
ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik sharofati bilan Samarqand
muzey-qo‘riqxonasining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim
me’moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Afrosiyob muzeyi, Ruhobod majmuasi,
Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari,
Sitorayi Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan
qal’asidagi Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja
minorasi, Toshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ust-
tilovat ansambllari, Amir Temurning Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy,
Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me’moriy yodgorlik majmualari qayta
ta’mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me’moriy
yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.
4. Mustaqillik yillarida sport sohasi taraqqiyoti
Davlatimizning birinchi prezidenti tomonidan chiqarilgan bir qator farmon va
farmoyishlar natijasida mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining
tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi. Sport aholini, xususan yoshlarni jismoniy va
159
axloqiy tarbiyalashning, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va mamlakatimiz
ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir. 1992- yil 5- fevralda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni
sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan
ortiq sport inshootlari – sport sog‘lomlashtirish klublari, bolalar, o‘smirlar sport
maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari,
o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 -
mln kishi jismoniy tarbiya va sport bilan Shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1992-
yil yanvarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993 - yil sentabrda
xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101 sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-
avgustda Toshkentda olimpiya muzeyi ochildi. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan
olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza
medallarini qo‘lga kiritdilar. Sportning boks turi jadal o‘sdi. Artur Grigoryan,
Muhammadqodir Abdullayev kabi o‘zbekistonlik bokschilarning nomi jahonga
mashhurdir.
1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o‘tkazilgan X Jahon
chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o‘rtasida AQSH va Kuba
komandalaridan keyin faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Bokschilarimiz M. Abdullayev
va O‘. Haydarovlar oltin, T. Turg‘unov kumush medali sohibi bo‘lishdi. 2000-yili
Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan 27-yozgi Olimpiada o‘yinlarida bokschilar
M. Abdullayev oltin, Sergey Mixaylov va Rustam Saidovlar bronza medallarini,
kurashchi Artur Taymazov kumush medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston bokschilari
Shuhratini olamga namoyon qildilar. O‘zbek bokschisi Ruslan Chagayev 2007 - yil
14- aprel kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida professional boksning WBA
yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni N. Valuyev bilan bo‘lgan bellashuvda g‘alaba
qozonib, o‘ta og‘ir vazn toifasi bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Sportning eng mashhur turlaridan biri hisoblangan tennis mustaqillik yillarida
yangi bir pog‘onaga ko‘tarildi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis
majmuasi barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002-yillarda O‘zbekiston
Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o‘tkazildi. 1999-yilning
iyul oyida Londonda o‘tgan tennis bo‘yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik
sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon turnirida g‘olib chiqib, kumush kubokning
kichraytirilgan nusxasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan bir qatorda 1998- yil may oyida
mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland “Everest” cho‘qqisiga chiqib,
O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar.
1994 -yilda Xirosimada o‘tkazilgan Osiyo
o‘yinlarida
o‘zbekistonlik
yengil
atletikachilar,
merganlar,
kurashchilar,
dzyudochilar, bokschilar, futbolchilar jami
40 ta, jumladan, 10 ta oltin medal sohibi
bo‘ldilar. 1999-yilda Germaniyada yoshlar
o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha
xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 900
nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok
160
etgan O‘zbekiston komandasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. 2002-yil 29-sentabr 14-
oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida
o‘zbekistonlik sportchilar sportning 24-turi bo‘yicha muvaffaqiyat bilan qatnashib, 15
ta oltin, 12 ta kumush, 24-ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, qirqdan ortiq
mamlakatlar orasida faxrli beshinchi o‘rinni egalladilar. Mustaqillik sharofati bilan
milliy o‘zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki
milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy
jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi,
xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi.
1999-yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan
sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda
o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga
kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga
taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom
Karimov saylandi. 2000-2002- yillarda Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi
bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash
assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy
kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi. 2004- yilda Liviya
poytaxti Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida 56
mamlakatdan 128 - nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida hamyurtimiz, xalqaro
grossmeyster Rustam Qosimjonov ham bor edi. Rustam Qosimjonov barcha
da’vogarlar ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo‘lga
kiritdi. Bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g‘urur-iftixor bag‘ishladi
2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi
Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi. Ushbu
Olimpiadada eng ko‘p medalni bokschilarimiz qo‘lga kiritishdi. Charm qo‘lqop
ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular:
Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oyibnazarov (oltin),
Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev
(kumush),
Rustam
To‘laganov
(bronza),
Murodjon Ahmadaliyev (bronza). Ushbu natija
Olimpiyadadagi boks musobaqalaridagi eng
yuqori natijadir. Sportning ushbu turida medal
jamg‘arish bo‘yicha ular Kuba, Qozog‘iston va
Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda
qoldirib, mazkur sport turida birinchilikka
erishdilar.
Og‘ir
atletikachimiz
Ruslan
Nuriddinov Olimpiada rekordini qayd etgan
holda, oltin medal sohibiga aylandi.
Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga e’tibor davlat
siyosatiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ommaviy va professional
futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilarning
yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini
oshirish maqsadida 1993 -yilda “O‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada
161
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1996-yilda “O‘zbekistonda futbolni
rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2006-yilda “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Dunyoga O‘zbekiston sportchilarining salohiyati
va qudratini namoyon etayotgan o‘zbek hakami Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol
federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, 2003 -yildan FIFA hakami statusini olgan.
2008-, 2009 -, 2010 -, 2011- va 2014-yillarda besh marotaba Osiyoning eng yaxshi
hakami deb e’tirof etildi. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda
“Dunyoning eng yaxshi hakami” sifatida tan oldi. U o‘z faoliyati davomida futbol
bo‘yicha jahon chempionatlari final bosqichida eng ko‘p – 9 uchrashuvni boshqarib
(2014-yilga qadar), dunyo rekordini o‘rnatdi. Ravshan Ermatov Prezident
farmonlariga muvofiq 2010-yili “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014-yilda “El-
yurt hurmati” ordeni, Shuningdek, 2015-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni,
hamda “Malibu” avtomobili bilan mukofotlandi. O‘zbekiston futbol terma jamoasi
xalqaro turnirlarda uch marta bosh mukofotni qo‘lga kiritgan. Birinchisi, 1994 -yilgi
Osiyo o‘yinlarida olimpiya terma jamoasi, 2012-yil 17 - yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Osiyo chempionati g‘olibi, 2018-yilda 23 yoshgacha bo‘lgan olimpiya terma jamoasi
Osiyo chempioni unvoniga sazavor bo‘ldi.2018-yil Xitoyda o‘tkazilgan 23-yoshgacha
bo‘lganlar o‘rtasida o‘tka- zilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi
g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Osiyo
chempionatida zafar quchgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolarini tantanali
taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qit’a chempionlarining har biriga Prezident sovg‘asi
– bittadan yangi Chevrolet Malibu avtomobili topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |