Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati
yangi yuksalish 
bosqichiga kirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 
1992-yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi”, 
markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va 
folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash 
maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda 
Toshkentda “Asrlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida 
folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar 
va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994 -yil may oyida Parijda bo‘lib 
o‘tgan “Sharq musiqasi” festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar 
ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar. 1996-yil 
aprel oyida Тurkiston saroyi, Bahor majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari 
negizida tashkil etilgan “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan 
iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va 
qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni 
amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 
“O‘zbekiston - Vatanim manim” qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida”gi farmoni 
qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1996-yil ko‘rik tanlovini 
o‘tkazish barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O‘zbekiston – Vatanim manim” 
qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 54 mingdan ziyod 
qo‘shiqchilar qatnashdi. Tanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o‘tdi. 700 ta 
qo‘shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-
yil 27 -avgustdagi farmoni bilan bunday ko‘rik 
tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va 
avgust 
oyining 
uchinchi 
yakshanba 
kuni 
“O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami 


157 
kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi 
yangi qo‘shiqlar yaratildi. “O‘zbekiston – Vatanim manim”, “Men seni sevaman – 
O‘zbekiston”, “Vatan yagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona yurtim”, “O‘zbekiston 
askarlari” qo‘shiqlari Shular jumlasidandir. 1997 - yil 11- martda qabul qilingan 
Respublika hukumatining “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish 
to‘g‘risida“ qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, 
rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997 - yil 25 - avgust – 2- sentabr 
kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan „Sharq taronalari“ birinchi Xalqaro festivalida 
dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atShunoslar, jamoat arboblari 
ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-
sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy mukofot – Granpriga sazovor bo‘ldi. 
1- o‘rin Munojot Yo‘lchiyeva va hindistonlik Shainu Khulanaga nasib etdi. Har ikki 
yilda Samarqandda “Sharq taronalari” Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va 
mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik 
yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi 
muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek 
shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli 
maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda 
temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir 
Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993 - yilda Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan 
chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, O‘zbek raqqosasi 
Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur 
cho‘pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov muzeyi, 1994 - yilda 
Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996- yilda O‘zbekiston 
Gidrometeorologiya muzeyi, 1997 - yilda 
Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim 
Hamidov 
muzeyi, Shuningdek oliy 
ta’lim muassasalarida ko‘plab muzeylar 
ochildi. 1996- yil 1- sentabr kuni 
Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan 
Olimpiya shon-Shuhrat muzeyi ochildi. 
Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning 
xalqaro 
musobaqalaridagi 
muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, 
mamlakatimizda 
sport 
harakatining 
rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib 
qoldi.
1996- yil 18- oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 
Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-
aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan 
uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, 
Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 - dan ortiqroq tarixiy, madaniy 
yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 


158 
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning 
ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi 
eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya 
hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga 
ta’mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi. O‘zbekiston 
Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan 
respublika hukumatining “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari 
to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab 
berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, “Oltin meros” jamg‘armasi, Badiiy akademiya, 
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda 
muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. 
Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish 
davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini 
muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 1998-yilda “

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish