Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori
” mavzusida ma’ruza
qildi. Ma’ruzada oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish
taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab
berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi:
–eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy
qarashlardan, sarqitlardan qutulish;
–milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini
mustahkamlash, jahon andozalari darajasiga ko‘tarish;
–uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish;
–ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish;
–bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o‘qituvchi-
murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish;
–zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish;
–xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish;
–bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni
tayyorlash;
–o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalash;
–respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan
aloqasini o‘rnatish va mustahkamlash, yoshlarimizni, professor-o‘qituvchilarni
taraqqiy topgan davlatlardagi o‘quv markazlariga borib o‘qishini, malakasini
oshirishini tashkil etish.
2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta'lim sohasini qayta shakllantirish
1997 - yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi yangi Qonuni va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi.
Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari
belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy o‘rta, Shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
• bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi
belgilandi:
• maktabgacha ta’lim;
170
• umumiy o‘rta ta’lim;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
• oliy ta’lim;
• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir.
Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga
oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda
amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997-2001-yillar)da mavjud
kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni
isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy,
moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi. Ikkinchi
bosqich (2001-2005-yillar)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda
unga aniqliklar kiritiladi. Uchinchi bosqich (2005 - va undan keyingi yillar)da
to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy
rivojlantirish
istiqbollariga
muvofiq
kadrlar
tayyorlash
tizimi
takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan
vazifalarni bajarish umum-xalq, umummillat ishiga aylandi. Islohotlarga mos
ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati tubdan o‘zgardi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari: “Maktabgacha ta’lim
to‘g‘risida nizom”, “Davlatga qarashli bo‘lgan bolalar muassasalari to‘g‘risida
nizom”, “Uchinchi mingyillikning bolasi”, bolalarni rivojlantirish va maktabga
tayyorlash dasturi ishlab chiqildi hamda hayotga tatbiq etilmoqda. Besh mingga yaqin
maktabgacha ta’lim muassasalari hukumat qarori bilan ta’lim tizimi tasarrufiga
o‘tkazildi. Xususiy va xonadon bog‘chalar tarmog‘i kengaydi. Respublika bo‘yicha
84 % maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim
muassasalarida, xo‘jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi
tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga
oshirilmoqda. 16 % esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001-2003 - yillarda
respublikamizda 6842 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda
608500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa
xodimlar xizmatda bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta
mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001- yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-
xarajatlarining 36 %ni tashkil etdi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng
zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun
sarflandi. 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab
binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat
ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim
jarayoniga joriy etildi. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. O‘quv
171
amaliyotiga “Vatan tuyg‘usi”, “Odobnoma”, “Ma’naviyat asoslari”, “Milliy istiqlol
g‘oyasi”, “Dunyo dinlar tarixi”, “Huquqshunoslik”, “Sog‘lom oila va nikoh”,
“Iqtisodiy bilim asoslari” kabi bir qator yangi fanlar kiritildi, ular bo‘yicha o‘quv
dasturlari va darsliklar yaratildi. 2002-2003 - o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida, ya’ni 1-9 sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosida olib borildi. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashga
g‘amxo‘rlik qilmoqda. Shu maqsadda “Maktab kutubxona jamg‘armasi” tashkil
etilib, o‘quvchilar ijara usulida darsliklar
bilan ta’minlanmoqda. 2001-yilda davlat
budjeti hisobidan “Maktab kutubxona
jamg‘armasi”ga 1923 mln so‘m ajratilgan
bo‘lsa, 2002 - yilda 6520 mln so‘m
ajratildi. Har yili 600 ming nafardan ziyod
birinchi
sinf
o‘quvchilari
Prezident
sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar
bilan
bepul
ta’minlanadi.
Prizedent
farmoni (2004 - yil 19- fevral) va Vazirlar
Mahkamasining qarori (2004 - yil 9 -iyul) asosida maktab ta‘limini rivojlantirish
Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004 -2009 - yillarda
buzib tashlanadigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish,
maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari ishlab
chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash va rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya
uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy
materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta
tayyorlash, malakasini oshi-rish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish
tadbirlari aniq belgilab berildi.
2003 -yil 19-fevraldagi Prezident Farmoni va 2004 -yil 9-iyuldagi Vazirlar
Mahkamasi qarori asosida maktab ta’limini rivojlanlirish Davlat umummilliy dasturi
ishlab chiqarildi. Dasturga binoan 2004 - 2013-yillarda 9 7 -65 maktabning 4 147 -
tasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va 3 225 ta maktab rekonstruksiya
qilindi. 424 yangi maktab, sport zallari qurildi. Ayni paytda, maktablarni o‘quv
laboratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’mirlashga alohida
e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan
ta’minlanmoqda. 1-sinfga qabul qilingan o‘quv- chilarga Prezident sovg‘asi sifatida
12 nomdagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim, O‘zbekistonga xos xususiyati
yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1997 -
2012-yillar davomida zamonaviy o‘quv- laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 1
537 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Davlat ta’lim standartlari,
o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi.
2005-2010 - yillarda 7-800 tadan ziyod umumta’lim maktablari yangidan qurildi
va kapital ta’mirlandi, bolalar sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi.
2009-2010-o‘quv yilida respublikamizda 9860 taumumta’lim maktablarida 450
172
mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 5 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya
oldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati
yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat
vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1997-2010-yillarda 1536 dan ortiq
akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Kollej va litseylar uchun
o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-
sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, darsliklar yaratildi. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat dasturining ijrosi
amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil
etildi. 1999-yilda Toshkent islom universiteti tashkil etildi. 2009-2010-o‘quv yilida
66 ta oliy o‘quv yurti, Shu jumladan, 6 ta xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallari
faoliyat ko‘rsatdi. Oliy o‘quv yurtida 850 yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha 300
mingga yaqin bo‘lajak bakalavr va ma-gistrantlar ta’lim-tarbiya olmoqda. 18486
nafar professor-o‘qituvchi talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqda, ularning 1462 nafari
fan doktori, 7 -201 nafari fan nomzodidir. 1998-2001- yillarda 131 - ta bakalavriat
yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar
uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari,
ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy
etildi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir.
1997 - yilda tashkil etilgan “
Umid
” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997 -2001-
yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish
uchun jo‘natildi. Ulardan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi
bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, idoralar,
tashkilot va korxonalarda ishlamoqdalar. Toshkentda 2002 - yil iyulda Xalqaro
Vestminster universiteti, 2006-yilda Moskva davlat universitetining filiali, 2007 -
yilda Moskva neft-gaz universitetining filiali, 2008- yilda Singapur menejmentni
rivojlantirish instituti, 2009 - yilda Turin politexnika universiteti tashkil etildi. Ta’lim
muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnika
hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi,
Koreyaning KOIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi, UNESCO, Jahon banki, TASIS-
TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya,
Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda.
Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb
etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari „Ustoz“ jamg‘armasi
yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi Prezidenti V.Shukshinov
Prezidentimiz
Islom
Karimovga
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning
tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi
diplomini topshirar ekan, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-
173
mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan
ham O‘zbekistonda yaratilgan ta’lim tizimi “Ta’limning o‘zbek modeli” deb e’tirof
etildi. Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8- iyuldagi “Ilm-fan va innovatsiya
faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi
Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga
yo‘naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika
Fanlar akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib
etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident
farmoni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi. Bugungi kunda Respublika
ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq
muassasalaridan iborat. Ularning 101 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 55 tasi oliy o‘quv
yurtlari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo‘limlari, 32 tasi ilmiy ishlab
chiqarish birlashmasi va eksperimental korxonalari, 30 tasi axborot-hisoblash
markazlaridir. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi, jumladan, 2,8 ming fan doktori va
16,1 ming fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. O‘zbekistonlik
olimlarning matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni
modellashtirish, informatika va hisoblash texnikasi, astronomiya, geologiya,
seysmologiya, genetika, biotexnologiya, kimyo, fizika, ekologiya, tarix, arxeologiya
yo‘nalishlari bo‘yicha yaratgan ilmiy maktablari, tadqiqot natijasida erishilgan
nazariy va amaliy yutuqlari jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olindi.
Respublika olimlari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy darslik, o‘quv adabiyotlari
yaratishdek dolzarb sohada fidokorona mehnat qilmoqdalar. Mustaqillik sharofati
bilan badiiy ijodiyot, badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik
mafkuraviylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda
milliylik, mingyillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr
yuritish tamoyillari tiklandi. Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash,
demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, har tomonlama barkamol
insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, yurtdoshlarimiz ongida milliy istiqlol
g‘oyalarini shakllantirish kabi masalalar bosh mavzu sifatida o‘rin egalladi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini
rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon
andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari,
jismoniy va ma’naviy jihatdan etuk insonlar bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash,
ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish,
yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish
borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
2003-yilda mamlakatda 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln. 272000
o‘quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bergan bo‘lsa, 51
ta akademik litseylarda 30620 o‘quvchi 419 kasb-hunar kollejlarida esa 285.685
yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991- yili O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lgan bo‘lsa,
2010 - yilda ularning soni 63 taga etgan. 2014 yilda esa hammasi bo‘lib 380 ta
maktab, 160 dan ortik kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilangan.
Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘larning
174
120 milliard so‘mdan ortig‘i ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab
chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajra
tildi-deya qayd etadi Prezident. 2015-2020-yillar oralig‘ida esa 500 ta umumta’lim
maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, jumladan, 101 ta
yangi maktab barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital
ta’mirlash rejalashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd etiladi. Ushbu
amalga oshirilayotgan islohotlardan oliy ta’lim tizimi ham mustasno emas, albatta.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek “2011-2016-
yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish
dasturi doirasida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital
ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajarildi.
Ta’limga e’tibor, bu madaniyat va ta’limga e’tibordir. “Mamlakatimizda ta’lim
sohasini rivojlantirish va isloh, etishga yunaltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki
mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu sohaning davlat byudjeti
xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ziyod ekani, bun- day ko‘rsatkichlarni dunyoning
boshqa davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, YUNISEF, YUNESCO va boshqa nufuzli xalkaro tashkilotlar
tomonidan e’tirof etilmoqda”.
Do'stlaringiz bilan baham: |