353
XX BOB. XIZMATLAR SOHASIDA BREND SIYOSATI
20.1. Brendning roli, funksiyalari va tavsifnomalari.
Professional brending - sotuvni rag‘batlantirish bo‘yicha aksiyalar o‘tkazish,
reklama dalillari, tovar o‘rovi dizaynini ishlab chiqish, ya’ni iste’molchiga ta’sir
etish barcha marketing vositalari to‘plamidan foydalanish bo‘yicha ko‘p
strukturali, asoslangan, to‘g‘riligi tekshirilgan va nazorat qilinadigan tadbirlar
kompleksi. Brend yaratish va ilgari surish san’ati potensial iste’molchida aynan
shu marka ostidagi mahsulot yoki xizmatni xarid qilish istagini shakllantirishdan
iborat.
Brending quyidagilar bilan bog‘liq:
➢ segmentlash va joylashtirish bilan bog‘liq jarayonlar;
➢ reklama murojaati ijodiy g‘oyasini.
Hozirgi kunda jamiyatga quyidagi tendensiyalar xos:
➢ xaridor individualizmi;
➢ globallashuv;
➢ ramziy tajriba (iste’molchi tajriba sotib oladi, iste’mol predmetlarini
emas, u tasavvur uyg‘otadigan, nomoddiy, ramziy narsalarni afzal ko‘radi).
Zamonaviy marketingda brending nazariyasi va amaliyotiga alohida o‘rin
ajratiladi va e’tibor qaratiladi. Bu esa biznes evolyutsiyasida namoyon bo‘ladigan
tendensiyalar va bend-menejmentning roli bilan asoslanadi:
➢ tovarga yo‘naltirilgan marketinglan iste’molchiga yo‘naltirilgan
marketingga o‘tish;
➢ taktik fikrlashdan strategik fikrlashga o‘tish;
➢ asosiy e’tiborni lokal yondashuvdan global yondashuvga qaratish;
➢ tovar menejmentidan toifa menejmentiga o‘tish;
➢ tovar brendingidan korporatsiya brendingiga o‘tish;
➢ tovar uchun javobgarlikdan iste’molchilar bilan munosabatlar uchun
javobgarlikka o‘tish;
➢ virtual markalar olamiga o‘tish;
354
➢ marka samaradorligini boshqarishdan uning qiymati va kapitalni
boshqarishga o‘tish.
«Brend» - mamlakatimiz uchun nisbatan yangi tushuncha bo‘lsada, lekin
marketing nazariyasi va amaliyotida ancha vaqtdan buyon foydalanib kelinmoqda
va tovar siyosatining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan. Umumiy
ma’noda brend bozorning muhim va zaruriy elementi, «tilsiz sotuvchi»
hisoblanadi.
Brendingdan marketingda foydalanishni yuzaga keltirgan asosiy sabablar
quyidagilar:
➢ raqobat ko‘lamining kengayishi;
➢ ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarning ishlab chiqarilayotgan va
sotilayotgan tovarlarga potensial iste’molchilarni jalb qilishga intilishi;
➢ mavjud xaridorlarni ushlab qolish zarurati;
➢ xarid haqida qabul qilinadigan qarorlarning 85%ga yaqini vizual
axborotga asoslanadi;
➢ iste’mol tovarlari marketingining asosiy vazifalaridan biri – belgilangan
tovar markalariga nisbatan xaridorlarning afzal ko‘rishini shakllantirish va xaridni
amalga oshirish davomida ularni identifikatsiya qilish darajasining yuqori
bo‘lishini ta’minlashdir;
➢ yangi kommunikatsiya vositalari izlab topish.
Hozirgi paytda «marka» va «brend» tushunchalari «mahsulot» va «xizmat»
tushunchalarini to‘liq almashtirib, marketingda markaziy o‘rin egallagan:
zamonaviy bozor shunday tashkil qilinganki, ishlab chiqaruvchilar muayyan
mahsulot yoki xizmatlarni emas, balki savdo markalarini taklif qiladi,
iste’molchilar esa xarid qiladi. Firmalarning marka yaratish va ilgari surishga
bo‘lgan qiziqishi to‘xtovsiz o‘smoqda, chunki kuchli marka murakkab va jo‘shqin
sur’atlarda o‘zgarib turadigan tashqi muhitda qo‘shimcha raqobatli ustunliklar
olishga imkon beradi, bu esa ko‘pchilik uchun kun ko‘rishning yagona usuli
hisoblanadi.
355
Marketingda asosiy masala quyidagigan iborat bo‘ladi: iste’molchilarni nima
motivatsiya qiladi yoki motivatsiyasini oshiradi – ko‘proq xarid qilishmi yoki tovar
yo xizmat uchun ko‘proq to‘lashmi? Raqobatchi tovar va xizmatlar bilan
taqqoslaganda iste’molchining tovar va xizmatlar xususiyatlarini yaxshiroq
tushunishidan iborat bo‘lgan barqaror raqobatli ustunliklar iste’mol bozorida
muvaffaqiyatning negizi hisoblanadi. Shu sababdan belgilangan markalarga
nisbatan xaridorlarning uzoq muddatli afzal ko‘rishini yaratish va ularda xaridni
amalga oshirishda identifikatsiya darajasi yuqori bo‘lishini ta’minlash iste’mol
bozorida marketing asosiy vazifalaridan biriga aylanadi.
Brending konsepsiyasiga muvofiq alohida markalar marketingning mustaqil
ob’ektlari sifatida ajratiladi va ularni mintaqaviy bozorlarga ular bilan bog‘liq
yorqin esda qoladigan obrazlar yordamida ilgari surish ro‘y beradi.
Insoniyat tarixida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining tovarlarini savdo
ayirboshlash jarayonida raqobatchi tovarlaridan farqlab turish uchun xizmat
qiladigan asosiy belgilar xususiy ustaxonalarda tovar ishlab chiqarish va ular bilan
savdo qilish vujudga kelishi bilan bir paytda (eramizdan avvalgi III-II ming yillik)
muklchilik belgilari asosida yuzaga kelgan. Savdo va hunarmandchilik belgilari va
emblemalari o‘rta asrlarda ko‘chalarda viveska sifatida foydalanilgan, bunda XVII-
XVIII asrlarda Fransiyada bu belgilar shahar magistratida qayd qilinishi shart
bo‘lgan.
Brending konsepsiyasi amaliy yo‘nalish sifatida Shimoliy Amerika
marketing maktabi doirasida yuzaga kelgan. Markani boshqarish ilk tizimi
«Prokter end Gembl» va «Djeneral Fuds» kopaniyalarida o‘tgan asrning 30-yillari
boshlarida qo‘llangan deb hisoblanadi. Brendingning tashkiliy-funksional timsoli –
boshqaruvning markali tamoyili bo‘lib, alohida brendlarni mustaqil marketing
ob’ektlariga ajratishdan iborat. Markalar zamonaviy ma’noda ishlab chiqaruvchilar
o‘z mahsulotlari barqaror sifatini kafolatlab, ular haqida bozorda faollik bilan e’lon
qilishni boshlagan paytda ommaviy ishlab chiqarishning rivojlanish davrida
vujudga kelgan.
356
Marka va brendlar ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga ko‘zga yaqqol
tashlanib turadigan foyda keltiradi. Ishlab chiqaruvchilarga ular xaridorlar
sodiqligini ta’minlagan va shu tariqa sotuv hajmining o‘zgarib turishiga raqobat
ta’sirini pasaytirgan holda qo‘shimcha foydani kafolatlaydi. Ko‘pchilik ishlab
chiqaruvchilar marka uzoq muddatli davrda foyda olishning eng samarali
vositalaridan biri sanaladi degan fikrga qo‘shiladilar. Agar firma strategiyasi
iste’molchi uchun jalb etuvchan bo‘lgan, barqaror obro‘-e’tiborga ega kuchli
marka yaratishga asoslanmasa, uning sotuv hajmi barqaror o‘lmaydi, raqobatchilar
faoliyatiga, ularning narx va investitsiya siyosatiga kuchli bog‘liq bo‘ladi.
Ingliz tilida «brand» so‘zining kelib chiqishi qadimgi skandinav tilidagi
«brandr» - yonmoq, yoqmoq fe’li bilan bog‘liq. O‘rta asrlarda ingliz tilidagi
«brand» so‘zi olov, alanga, mash’ala ma’nosini anglatardi, lekin tez orada u bir
qator majoziy ma’nolarga, masalan: tamg‘a, chorva mollarini qizib cho‘g‘ bo‘lib
turgan temir bilan tamg‘alash bilan bog‘liq bo‘lgan mulk belgisi ma’nosiga ega
bo‘ldi. Ayrim mutaxassislarning hisoblashicha, «brend» so‘zi latin tilidagi «brand»
- tamg‘a, belgi so‘zi bilan bog‘liq.
Savdo markasi - bitta sotuvchi yoki sotuvchilar guruhining tovaralri yoki
xizmatlarini identifikatsiya qilish va ularni raqobatchilarning tovarlari va
xizmatlaridan ajratish uchun mo‘ljallangan nom, atama, belgi, simvol, rasm yoki
ularning uyg‘unlashuvidir. Markani aslo tovar yoki xizmat uchun faqat nom
sifatidagina ko‘rib chiqmaslik lozim. Markani yaratishda asosiy maqsad -
iste’molchilar ongida shu marka bilan bog‘liq yuzaga keladigan tasavvurlar
mazmuniy tizimini rivojlantirish, shuningdek, sotuvchining xaridorga o‘ziga xos
xizmatlar, qadriyatlar va xislatlar to‘plamini muntazam taqdim etish va’dasi
hisoblanadi.
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi alohida yuridik va jismoniy
shaxslarning mos keluvchi tovar yoki xizmatlarini boshqa shaxslarning shu turdagi
tovar va xizmatlaridan farqlashga qodir bo‘lgan belgilar sifatida ta’riflanadi.
Mamlakatlar qonunchiligida tovar belgisining ta’riflanishi amalda atamani aniq
357
to‘ldirishsiz ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan tovarlarni individuallashtirishga
borib taqaladi.
Brendning rasmiy ta’rifi yo‘q, lekin bu mohiyatan ommalashtirilgan,
jamiyatda qabul qilingan marka obrazi yoki qandaydir his qilinmaydigan
qiymatdir.
Brending bu:
➢ markani ommalashtirish jarayoni bo‘lib, uning davomida firma belgisi
iste’molchi tomonidan eslab qolinadi;
➢ xaridor ongida raqobatchilarning tovar va xizmatlaridan ajratib turadigan
farqlarni belgilash uchun tovarlar va xizmatlarning barqaror jalb etuvchan
markalari yaratish;
➢ iste’molchi bilan uzoq muddatli ijobiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatish
maqsadida savdo markasi, tova va firmani kompleksli boshqarish jarayoni;
➢ alohida tovar markalarini mustaqil marketing ob’ektlari sifatida ajratish va
bu ob’ektlar bilan bog‘liq esda qoladigan obrazlar yordamida ularni maqsadli
bozorlar tomon ilgari surish.
Brend - iqtisodiy ma’noda tovar belgisidan ko‘ra kengroq tushunchadir.
Brend ham moddiy, ham nomoddiy toifalar yig‘indisini aks ettiradi. Bu toifalar
yig‘indisi iste’molchida tovar, xizmat, firma haqida ijobiy taassurot shakllantiradi
va tovarni boshqa tovarlar qatorida ajratgan holda uni xarid qilish istagini yuzaga
keltiradi. Shunday qilib, brend bu:
➢ ma’lum bo‘lgan elementlardan iborat bo‘lgan belgi, markadan vaqt
bo‘yicha xaridorlar aniq idrok qiladigan, tovarning o‘zi bilan umumiy bo‘lgan
emotsional va funksional elementlargacha rivojlanadigan mohiyat;
➢ tovar, xizmat va ularning tavsifnomalarini, savdo markasi va uning
iste’molchilar ongidagi obrazini, shuningdek, o‘z tovari, xizmati, savdo markasi,
iste’molchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) konsepsiyasini bir qilib
bog‘laydigan tizim.
Tovar belgisini brendga aylantirish jarayoni eng umumiy ko‘rinishda
quyidagicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |