Aksiyadorlar
|
Ulush summasi mln. so'm
|
Foiz
|
“O`zagrotexsanoatxolding” A.J
|
92865,2
|
87,88%
|
“Bluecourt Investments” LLP
|
2477,9
|
2,34%
|
“Turon bank” ATB
|
1167,4
|
1,10%
|
“Ansher Investments” LLP
|
924,7
|
0,87%
|
“O'zagrosug'urta” Davlat aksiyadorlik sugurta tashkiloti
|
902,9
|
0,85%
|
“Agrobank” ATB
|
763,9
|
0,72%
|
“Ipoteka bank” ATIB
|
684,7
|
0,65%
|
Boshqalar (jami 653 ta jismoniy va yuridik shaxslar)
|
5886,6
|
5,59%
|
Jami
|
105 681,80
|
100%
|
2.1.1-Jadval20
Lizing loyihalarini Respublikaning barcha hududlarida amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyat markazlarida jamiyatning hududiy filiallari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Bundan tashqari jamiyat tasischilarida “Lizing axborot texnologiyalari” MCHJ, “Sarkorning sahovat nurlari” MCHJ, “Lizing texnika servis” MCHJ, “O’zMashlizing” MCHJ korxonalri mustaqil shaxs sifatida faoliyat olib bormoqda. Jamiyatning asosiy faoliyat turi qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlashdan iborat bo’lib, lizing xizmatlarini ko’rsatish ko’lami bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bozorida uzoq yillar davomida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda.
Jamiyat boshqaruv tizimida 2017 yilning dekabr oyidan “ISO-9001:2015” xalqaro sifat menejmenti standarti joriy etilib, “CERT INTERNATIONAL” xalqaro sertifikatlash tashkiloti tomonidan o’tkazilgan audit tekshiruvi natijasiga ko’ra “Oltin sertifikat” berilgan.
Jamiyat Boshqaruvi rahbarlikni amalga oshirish, Jamiyat faoliyati bilan bog'liq barcha jarayonlarni boshqarish va nazorat qila olish bo'yicha zarur darajadagi bilim va malakaga ega. Jamiyat tizimida boshqaruvni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti, shartnoma-da'vo ishlarini olib borish, jamiyat mulki hisoblangan lizing ob'ektlarini texnik monitoringdan o'tkazish, ijro intizomini tashkil etish va shu kabi boshqa yo'nalishlar yetarli darajadagi bilim va ko'nikmalarga, ish tajribasiga ega bo'lgan xodimlar bilan ta'minlangan.
Jamiyat boshqaruvi Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi va Ijroiya organidan iborat. Jamiyat yuqori boshqaruv organi Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi hisoblanib, jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatning asosiy maqsadlarini belgilaydi va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Kuzatuv kengashi Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan berilgan vakolat bo'yicha rahbarlikni amalga oshiradi. Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi:
1. Otajonov Nodir Sobirovich Kuzatuv kengashi raisi
2. Rafiqov Abduvaqqos Voxidovich Kuzatuv kengashi a'zosi
3. Ergashev Abdimuxtor Ergashevich Kuzatuv kengashi a'zosi
4. Shermatov Mansur Nigmatovich Kuzatuv kengashi a'zosi
5. Rashidov Abduxalil Abduraximovich Kuzatuv kengashi a'zosi
6. Maxmudov Sherzod Kadirovich Kuzatuv kengashi a'zosi
7. Axmedgariev Radion Yevgenevich Kuzatuv kengashi a'zosi
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroyi apparati tuzulmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |