Toshkent davlat agrar universiteti


Tashqi iqtisodiy aloqalar va aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo’limi



Download 356,31 Kb.
bet23/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

Tashqi iqtisodiy aloqalar va aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo’limi

2 ta




Yuridik bo’lim

3ta

Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi

6 ta


Lizing obyekti monitoring va nosoz texnikalar bo’-yicha ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash bo’limi

4 ta




Xo’jalik ta’minoti bo’limi

2 ta


Birinchi bo’lim

1 ta


Moliyaviy iqtisodi

tahlil va lizing majburi-yatlarini nazorat qilish bo’limi

4 ta



Matbuot kotibi

1 ta





Boshqaruv hodimlarining cheklangan soni -34 kishi21

Jamiyatning joriy faoliyatiga kollegial ijro organi – 5 kishidan iborat jamiyat Boshqaruvi rahbarlik qiladi. Jamiyat Boshqaruvi tarkibi:

1. Imamov Xasan Umarovich Bosh direktor

2. Xoldaraliev Dilshod Abduraximovich Bosh direktor o'rinbosari

3. Atabaev Nurilla Narzullaevich Bosh buxgalter

4. Karimov Burxon Mo'minovich “O'zmashlizing” MChJ direktori

5. Xodjiev Paxriddin Abdusoliqovich Yuridik bo'lim boshlig'i

Boshqaruv raxbarligining funksional vazifalari:



  • O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi PQ-2658 - sonli “O'zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining 3-bandi, Jamiyat Ustavi, “O'zagrolizing” AJ Boshqaruvi to'g'risida nizom” talablari va mehnat shartnomasi asosida o'ziga berilgan vakolatlar doirasida Jamiyatning ishlab chiqarish, moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga rahbarlik qilishni amalga oshirish;

  • Hukumat qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi va Boshqaruv yig'ilishi qarorlarini Jamiyat tomonidan bajarilishini tashkil etish;

  • Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish ko'rish, shu jumladan boshqa korxona va tashkilotlar bilan bo'lgan munosabatlarda uning manfaatlarini himoya qilish, bank muassasalarida hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochish, Jamiyat Ustavida kelishib olingan doirada mol-mulk va pul mablag'larini tasarruf etish, shartnoma va kontraktlar tuzish, ishonchnomalar berish va yozishmalar olib borish;

  • Jamiyat tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish hamda ularni bekor qilish;

  • Jamoa muzokaralarida va jamoa shartnomalarini tuzishda Jamiyat nomidan ish ko'rish;

  • Jamiyat xodimlarini rag'batlantirish;

  • Jamiyat xodimlaridan ichki tartib qoidalari, Jamiyatda amalda bo'lgan boshqa qoidalarning, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarining bajarilishini talab qilish. Jamiyat xodimlari tomonidan mehnat intizomi buzilgan hollarda Jamiyat xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash;

  • Jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni bekor qilish, xodimlarning xizmat vazifalari belgilab berilgan “Lavozim yo'riqnomasi”ni tasdiqlash;

  • Ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ba'zi masalalar bo'yicha o'z vakolatlarini o'rnatilgan tartibda Marketing va lizing loyihalari monitoringi bo'yicha direktorga yoki Boshqaruv a'zolarining biriga o'tkazish;

  • Aksiyadorlar yig'ilishiga va Kuzatuv kengashiga Jamiyatning yillik biznes-rejasi bajarilishining borishi to'g'risidagi choraklik hisobotlarni, shuningdek o'z vakolatiga tegishli bo'lgan ishlarning holati to'g'risidagi axborotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ta'minlash;

  • Jamiyatni rivojlantirish dasturlari va “biznes-rejasi”ning ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;

  • Jamiyat tomonidan olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash;

  • Jamiyat “Biznes rejasi”da belgilangan miqdorda foyda olinishini ta'minlash;

  • Jamiyat faoliyatida qonuniylikni ta'minlash;

  • Jamiyatning tijorat siri bo'lgan axborotlarni saqlash;

  • Xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborotlarning Jamiyat xodimlari tomonidan saqlanishini ta'minlash;

  • Jamiyatning Boshqaruv yig'ilishi o'tkazilishini tashkil etish, yig'ilishni boshqarish va Boshqaruv yig'ilishi bayonlarini imzolash;

  • Jamiyatni malakali kadrlar bilan butlash, Jamiyat xodimlarining bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan yaxshiroq foydalanish chora-tadbirlarini ko'rish;

  • Mehnat va texnologiya intizomi saqlanishini, ijtimoiy kafolatlarga rioya etilishini va Jamiyat xodimlari mehnati muhofazasini ta'minlash;

  • Ish beruvchi vakillarining jamoa muzokaralarida qatnashishini ta'minlash. Jamoa shartnomalari va bitimlarini tuzishda ish beruvchi sifatida ish ko'rish. Jamoa shartnomasi bo'yicha majburiyatlarni bajarish;

  • O'zining uzoq muddat davom etadigan xizmat safarlarini va ta'tillardan foydalanish vaqtini Kuzatuv kengashi bilan kelishib olish va ana shu muddat mobaynida Bosh direktor vazifasini bajaruvchi shaxs to'g'risida Kuzatuv kengashni xabardor qilish;

  • Amaldagi qonunchilik me'yorlari, Jamiyat Ustavi, “O'zagrolizing” AJ Boshqaruvi to'g'risida nizom” va mehnat shartnomasida belgilangan boshqa vazifalarni va boshqa bir qator vazifalarni bajarish yuklatilgan.22

Lizing loyihalari marketingi va monitoringi bo'yicha bo’limning funksional vazifalari:

  • O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi PQ-2658 - sonli “O'zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining 3-bandi, Jamiyat Ustavi, “O'zagrolizing” AJ Boshqaruvi to'g'risida nizom” talablari va mehnat shartnomasi asosida berilgan vakolatlar doirasida Jamiyatning Qishloq xo'jalik texnikalariga bo'lgan talabni o'rganish, buyurtmalarni shakllantirish va texnikani lizingga berish, Texnik monitoring va qishloq xo'jalik texnikasi yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikda ishlashi hamda moliyaviy-iqtisodiy tahlil va lizing majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish faoliyatini amalga oshirish;

  • Boshqaruv yig'ilishlarida muammolarning yechimi bo'yicha takliflar kiritish;

  • Marketing va lizing loyihalari monitoringi bo'yicha o'zlariga biriktirilgan masalalarning hal etilishi to'g'risida Boshqaruvga axborot berish, muammolarni ko'tarib chiqish va ularning yechimi bo'yicha takliflar kiritish;

  • Jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalari ishlab chiqilish, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;

  • Jamiyat faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda o'zlarining vakolatlari va majburiyatlari doirasida ishtirok etish;

  • Jamiyatda qishloq xo'jalik texnikalariga bo'lgan talabni o'rganish, buyurtmalarni shakllantirish va texnikani o'rnatilgan tartiblarda lizingga rasmiylashtirilishi ishlarini tashkil etish ishlari;

  • Lizing ob'ektidan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha texnik monitoring ishlarini va qishloq xo'jalik texnikasi yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik sohasidagi ishlarni tashkil etish;

  • Moliyaviy-iqtisodiy tahlil va lizing majburiyatlari bajarilishi, shu jumladan, lizing to'lovlarini undirish bo'yicha ishlarning olib borish, kredit (qarz) mablag'larini olish va ularni o'z vaqtida qaytarilishini tashkil etish sohasidagi ishlarni tashkil etishni olib borish;

  • boshqarma va bo'limlarga ijro etish uchun tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishini va qonunchilik talablari asosida ijro etilishini ta'minlash. Agar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi yoki Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali orqali kelgan bo'lsa, u holda murojaatni ko'rib chiqish va ijro etish (yoki asoslari ko'rsatilgani holda ijro etishni rad etish) natijalari bo'yicha murojaatchiga javob xati, ushbu murojaatni yuborgan organga rasmiy ma'lumot berilishini ta'minlash;

  • Jamiyatning tijorat siri bo'lgan axborotlarni saqlashni tashkil etish;

  • Amaldagi qonunchilik me'yorlari, “O'zagrolizing” AJ Boshqaruvi to'g'risida nizom” va mehnat shartnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.

Buxgalter bo’liminingning funksional vazifalari:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarini, O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi, Boshqaruv yig'ilishi qarorlari va Bosh direktorning buyruqlarini Buxgalteriya hisobi va hisobotini bajarilishini tashkil etish;

  • Bo'lim tomonidan tayyorlangan va imzolash uchun Rahbariyatga kiritiladigan hujjatlarning to'g'riligi va o'rnatilgan talablarga mos bo'lishini ta'minlash;

  • Jamiyatning buxgalteriya hisobi va hisobotlarining to'g'ri yuritilishi, qonuniyligi, shu jumladan tovar-moddiy boyliklari, asosiy vositalar va kelib tushgan moliyaviy mablag'larining to'liq hisob-kitobini olib borilishi hamda ularning harakatini buxgalteriya hisobotlarida to'liq va to'g'ri aks ettirilishini;

  • Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish-topshirish va ular uchun to'lov o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan to'lov topshiriqnomasi, solishtirish dalolatnomasi, ishonchnomalar, yuk xatlari (nakladnoylar), hisob-fakturalari va boshqa hujjatlarning o'rnatilgan tartibda to'g'ri rasmiylashtirilishi;

  • Jamiyatning moliyaviy faoliyati bo'yicha buxgalteriya, soliq, statistik va boshqa hisobotlarning aniq va xatosiz tuzilishi, ularning o'z vaqtida o'rnatilgan tartibda topshirilish;

  • Jamiyatning smeta xarajatlari intizomini ta'minlash;

  • Soliqlar va boshqa yig'imlarni, davlat ijtimoiy sug'urtasi, sarmoya quyilmasi mablag'lari, ish haqi va boshqa to'lovlarni to'g'ri hisob-kitob qilinishi va o'z vaqtida to'lovlarning o'tkazilishini ta'minlash;

  • Avans va lizing to'lovlarining hisobini olib borish va ularning Jamiyat filiallari tomonidan to'g'ri hisoblanilishini nazorat qilish;

  • Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda moddiy javobgar shaxslar o'zgarganda pul mablag'lari hisobi va hisobotini xatlov (inventarizatsiya)dan o'tkazish, xatlov natijalarini to'g'ri va o'z vaqtida tegishli hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobotida ko'rsatilish;

  • Amaldagi qonunchilik me'yorlari, “O'zagrolizing” AJ Boshqaruvi to'g'risida nizom”, lavozim yo'riqnomasi va mehnat shartnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.

Yuridik bo'lim boshlig'ining funksional vazifalari:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarini, O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi, Boshqaruv yig'ilishi qarorlari va Bosh direktorning buyruqlarini Jamiyatda Yuridik bo'lim tomonidan bajarilishini tashkil etadi.

Yuridik bo'lim o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Qonuniylikni ta'minlash va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:

a) Jamiyat rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini amaldagi qonunchilikka muvofiqlik yuzasidan tekshiradi hamda e'tiroz va takliflari bo'lmasa, ularga viza qo'yadi.

b) Jamiyat va uning filiallarida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi;

d) Jamiyatda mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini ta'minlashda, shu jumladan, mehnatga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi va boshqalar)ni ishlab chiqishdi, ushbu hujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

e) Jamiyatning kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlariga o'z vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko'rsatadi;

f) Jamiyat va uning filiallari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to'g'risida takliflar kiritadi, bunday tadbirlarni o'tkazishda qatnashadi;

g) Jamiyat va uning filiallari xodimlarining murojaatlari bo'yicha ularga Jamiyat faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishda ko'maklashadi, zarur hollarda ushbu hujjatlar bo'yicha tushuntirishlar beradi;



  1. Mulkning saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta'minlash sohasida:

a) mulkni saqlash masalalari bo'yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va ularni qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi;

b) boshqa tarkibiy bo'linmalar bilan birgalikda Jamiyatda mulkning talon-taroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'radi, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari bo'yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

d) moddiy boyliklar va pul mablag'larini hisobdan chiqarish to'g'risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiste'mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o'tkazish dalolatnomalari bo'yicha huquqiy xulosalar beradi;


  1. Shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da'vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:

a) boshqa tarkibiy bo'linmalar, hududiy filiallar va tuman vakillari bilan birgalikda Jamiyatning shartnomalarini tayyorlash va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi, shartnomalar loyihalariga, agar e'tirozlari va takliflari bo'lmasa, viza qo'yadi.

b) shartnomalar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi, filiallar yuriskonsuli tomonidan yozma xulosalar tayyorladi va imzolanishini nazorat qiladi;

v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, Jamiyat tomonidan tuzilgan shartnomalarning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi va aniqlangan holatlar bo'yicha takliflar kiritadi;

g) Jamiyat manfaatlarini himoya qilish bo'yicha talabnomalar tayyorlashni tashkil etadi, Jamiyatga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko'rib chiqishda qatnashadi;

d) tegishli bo'linmalar bilan birgalikda hududiy filiallar va tuman vakillari orqali Jamiyatning lizing to'lovidan bo'lgan debitorlik qarzlarini undirilishini, qarzdorlar bo'yicha materiallarni Xo'jalik sudiga oshirilishini tashkil etadi, Xo'jalik sudi Hal qiluv qaror (buyruq)larini banklar va Sud ijrochilari tomonidan ijro etilishini talab etadi va filiallar bilan birgalikda bajarilishini tashkil etadi;

e) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha da'vo ishlari amalga oshirilishi tashkil etadi;

j) Jamiyatning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni tayyorlashda va belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi;


  1. Boshqa sohalarda:

a) tarkibiy bo'linmalar, hududiy filiallar va tuman vakillarining huquqiy ishlariga metodik yordam ko'rsatadi, yuridik xizmat faoliyatining turli yo'nalishlari bo'yicha tavsiyanomalar va ko'rsatmalarni ishlab chiqadi;

b) normativ-huquqiy hujjatlarning saqlanishini va nazorat qilinishini ta'minlaydi, huquqiy nashrlarga obuna bo'lish haqida Rahbariyatga takliflar kiritadi.

d) o'z boshqaruvidagi bo'limga ijro etish uchun tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishini va qonunchilik talablari asosida ijro etilishini ta'minlash. Agar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi yoki Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali orqali kelgan bo'lsa, u holda murojaatni ko'rib chiqish va ijro etish (yoki asoslari ko'rsatilgani holda ijro etishni rad etish) natijalari bo'yicha murojaatchiga javob xati, ushbu murojaatni yuborgan organga rasmiy ma'lumot berilishini ta'minlash;

e) amaldagi qonunchilik me'yorlari, “O'zagrolizing” AJ Boshqaruvi to'g'risida nizom”, lavozim yo'riqnomasi va mehnat shartnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.

Jamiyat o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga muvofiq resurs bazasining texnik, tashkiliy, texnologik imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha yetarli moddiy texnik bazaga ega.Xodimlar zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlangan. Lokal tarmoqda xodimlar bo'yicha ichki va internetda ulanish uchun pochtalar mavjud. Filiallar bilan o'zaro ichki elektron axborot aylanish tizimi yo'lga qo'yilgan.Xodimlar doimiy yangilanib boriladigan “Norma” huquqiy tizimdan foydalanadilar.Jamiyat “O'ztelekom” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etiladigan yuqori sifatli telefon aloqasiga ega. Bundan tashqari ko'plab nusxa ko'chiruvchi, faks, printer, modem va boshqa orgtexnika vositalari bilan ta'minlangan.


Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish