Toshkent davlat agrar universiteti


Mikromuhit, bozorni va lizing kompaniyasining bozor imkoniyatlarini o‘rganish



Download 356,31 Kb.
bet17/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

Mikromuhit, bozorni va lizing kompaniyasining bozor imkoniyatlarini o‘rganish. Bozorni kompleks o‘rganish natijasida bozor holati rivojlanishini ilmiy asoslanishiga hamda kompaniya faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida marketing chora-tadbirlarini ishlab chiqishga erishish mumkin bo‘ladi. Lizing beruvchilarning xususiyatlarini hisobga olgan holda lizing xizmatlari bozorini o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari 1.1.5-rasmda keltirilgan.



1.1.5 - rasm. Lizing xizmatlari bozorini o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari.16

Bozorni o‘rganish jarayonida iste’molchiga taklif qilinayotgan tovar(lizing ob’ekti)ni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Tovar(lizing ob’ekti)ni o‘rganish quyidagi masalalarni tadqiq etishni ko‘zda tutadi:



  • tovarning yangiligi, sifati va raqobatbardoshligi;

  • potensial xaridorlarning ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati;

  • mahalliy qonunchilik talablariga, bozorda qaror topgan qoida va odatlarga mos kelishi.

Ko‘rinib turibdiki, lizing kompaniyalarida tovar(lizing ob’ekti)ni o‘rganish jarayoni birmuncha boshqacharoq kechadi. Bu ish katta axborot resurslarini talab qiladi, ya’ni bevosita har bir lizing kompaniyasida u yoki bu tovarni ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi mavjud bo‘lishi kerak, chunki potensial lizing oluvchilar uchun texnik va narx tavsiflari bo‘yicha eng maqbul tovarni aniqlashda shu baza zarur bo‘ladi. Odatda, lizing oluvchi tovarni lizing shartlari asosida sotib olishda ishlab chiqaruvchini o‘zi tanlashi ham mumkin.

Bozorni kompleks o‘rganishning keyingi yo‘nalishi potensial mijozlarni o‘rganib, ular orasidan lizing beruvchiga eng ko‘p foyda keltiradigan iste’molchilar guruhlarini aniqlashdan iborat. Lizing bozorini o‘rganish esa uni segmentlashni va eng afzal segmentlarni aniqlashni nazar tutadi. Bunda potensial mijozlarning xususiyatlari ham e’tiborga olinadi, jumladan:



  • ularning lizing xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari;

  • geografik va ijtimoiy‑iqtisodiy toifalari;

  • iste’molchilarning to‘lov qobiliyati;

  • mijozlarni lizing xizmatidan foydalanish maqsadida ularga reklama va boshqa vositalar yordamida ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;

  • mijozlarni kompaniyaga jalb qilish qiymati;

  • lizing kompaniyalarining raqobatbardoshligi va raqobatchilarning kutilayotgan hatti‑harakatlari;

Bozorni segmentlashda uning demografik, geografik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari hal qiluvchi omillar hisoblanadi. O‘zbekistondagi mintaqalar maydoni, aholisining soni bo‘yicha ham va lizingning rivojlanish darajasi bo‘yicha ham bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun lizing xizmatlariga qo‘yiladigan ayrim talablarni, shuningdek, ularni muayyan mintaqaning va shu yerda yashovchi aholining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bozorga olib kirish usullarini ishlab chiqish va o‘rganish zarur. Bozorlarni segmentlash amaliyotida xaridorlar segmentini tanlashning uch mezoni qabul qilingan:

- segmentning asosiy tavsiflari shunday bo‘lishi kerakki, xarajatlar (ishlab chiqarish va marketing xarajatlari) o‘z-o‘zini qoplashi va kompaniya foyda olishi kerak;

- segmentning asosiy tavsiflari o‘lchanadigan va ularni har biri yetarlicha aniq ifodalangan bo‘lishi kerak.

- tanlangan segment ochiq va erkin bo‘lishi lozim.

Lizing kompaniyalari talabni hisoblashda birinchi navbatda, lizing xizmatlari bozorida taklif etilgan xizmatlarning hajmi va turlariga bevosita ta’sir qiladigan va yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillarni tahlil qilishi va asosiylarini inobatga olishi kerak bo‘ladi.

Talabni lizing xizmatlar bozorida xarid qobiliyati hamda potensial xaridorlar soni bilan belgilanadigan hozirgi mavjud va potensial talabga ajratish mumkin. Bunda lizing kompaniyasi imkoniyatlari bilan bozordagi ehtiyojlar o‘rtasidagi muvozanat ta’minlanishi, shuningdek lizing kompaniyasining ishlab chiqarish rejasini resurslar bilan optimal ta’minlanishi va uning zaruriy rentabelli bo‘lishini ta’minlash kerak.

Lizing bozoridagi taklifni yoki raqobatli muhitni o‘rganishning ikki asosiy usuli mavjud: 1) bozor holati haqida e’lon qilingan statistik va tahliliy materiallarni tahlil qilish; 2) o‘z axborot manbalaridan foydalanish. Tadqiqotning eng optimal varianti ikki usuldan birgalikda foydalanish hisoblanadi.

Lizing xizmatlari taklifini lizing beruvchilar belgilaydilar. Taklifning hajmi va tarkibiga ko‘p jihatdan lizing beruvchilar o‘rtasidagi raqobat omillari, lizing faoliyatini olib borish xarajatlari darajasi va muayyan mamlakatda muayyan davrda lizing bozoridagi vaziyatni tavsiflovchi boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Lizing beruvchilar o‘rtasidagi raqobat narx bilan bog‘liq va narxga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Narxga bog‘liq raqobat (lizing xizmatlarini arzonlashtirish) lizing stavkasi, ya’ni lizing beruvchining lizing bitimini amalga oshirish xarajatlari hisobiga amalga oshiriladi. Lizing kompaniyasi juda yirik bo‘lib, qulay bozor holatida turgan va ko‘riladigan zararni ko‘p sonli lizing beruvchilar o‘rtasida vaqtincha taqsimlanishini ta’minlay oladigan hollarda lizing stavkasi (lizing badallarining bir qismi) foizlarini kamaytirishi mumkin.

Bizningcha, lizing bozoridagi taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillari quyidagilardan iborat:

- lizing beruvchilar soni;

- lizing bitimini amalga oshirish xarajatlarining o‘rtacha bozor me’yorlari va komission mukofotlarning stavkalari;

- bozor tuzilmasi va uning moliyaviy holati (lizing bozorining hajmi, kompaniyalar lizing portfellari holati, lizing beruvchilarning o‘z mablag‘lari hajmi, kapitalning konsentratsiyasi darajasi);

- risk darajasi, lizing operatsiyalarining rentabelligi;

- lizing kompaniyalarining soliqqa tortilishi;

- lizing kompaniyalari investitsiyalarining ichki rentabelligi.



Marketing xizmati tomonidan raqobat darajasini baholash va maqsadli bozorga chiqish xaqida qaror qabul qilish uchun lizing xizmatlari bozori tahlili muayyan ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilindi. Ushbu ko‘rsatkichlarni bozordagi lizing kompaniyalar soni bilangina emas, balki ularning hajmi bo‘yicha ham muvozanatlashganligini hisobga olgan holda o‘rganish kerak. Bozordagi xizmatlar turi bir xil bo‘lgan hollarda bozor hissasini natural ko‘rsatkichlarda baholash maqbulroq. Bunda natural ko‘rsatkichlar asosida hisoblangan bozor hissasi kattaligini qiymat ko‘rsatkichlari asosida hisoblangan bozor hissasi ko‘rsatkichi bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Agar ular bir-birida katta farq qilsa, demak bozorlar noto‘g‘ri aniqlangan yoki lizing xizmatlari narxlarida farqlar katta. Ba’zi kompaniyalar iste’molchiga lizing xizmatlarining qimmatroq va murakkabroq variantlarini sota olsa, ayni paytda boshqalari arzonroq va sifati pastroq xizmatlar ko‘rsatadi. Bozordagi xizmatlar turlicha bo‘lganligi tufayli, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning hajmi va miqdorini qiymat ifodasida baholash lozim.


Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish