«Areal lingvistika» kursining predmeti, maqsad va vazifalari,
hamda asosiy muammolari
«Areal lingvistika» fanining predmeti, maqsad va vazifalari, mohiyati va strukturasi haqida quyidagilarni belgilab olish mumkin. Ushbu fan sohasining predmeti sifatida quyidagilar keltiriladi:
1. Shevalarning tarqalish jarayonlari va shevalararo birlashish hodisalarining muayyan bir til areali ichida yuz berishi holatlarini o’rganadi;
2. Hududiy aralashuv sharoitida tillararo aloqalar jarayonida yuz beradigan lahja va shevalardagi integratsion belgilar natijalarini tahlil qiladi.
3. Genetik jihatdan qardosh va qardosh bo’lmagan tillarning tarixiy aloqalari oqibatlarining zamonaviy sheva va lahjalardagi izlarini o’rganadi. Bu munosabatlarning lahja va shevalar toponimikasi, antroponimikasi va tilshunoslikning boshqa tarmoqlariga ta’siri masalasi bilan shug’ullanadi;
4. Xalqlarning madaniy va til aloqalari, ijtimoiy-tarixiy aloqalarining kengayishi natijasida shakllanadigan yangi til areallarini tekshiradi va o’rganadi.
Zamonaviy “areal lingvistika” fani quyidagi muammolar bo’yich bahs yuritadi va ular asosida quyidagi vazifalarni belgilab oladi:
1. Dilaektlar va tillarning o’zaro aloqalari umumlashmalarining qismlarga ajratilishi bo’yicha tarixiy faklarini aniqlash;
2. Muayyan regiondagi sheva va lahjalarning aralashuvi natijasida yuzaga kelgan o’ziga xosliklarga areal xarakteristika berish, shuningdek, shevalararo to’qnashuvlar qonuniyatlarini ochib berish;
3. Areal tipologiya qonuniyatlarini ishlab chiqish. Lingvistik makon tabiatidagi differensiatsiya va integratsiyani ifodalovchi ekstensional va intensional taksonlarga taalluqli tushunchalar (region, til ittifoqi, massiv, dialekt zonasi, lisoniy areal, izoglossa, izofona, izomorfema, izoleksa va h.k);
4. Taksonlarning aloqalari va turli makoniy-zamonaviy holatlarini xarakterlovchi tushunchalar (real vaziyat, areallar dinamikasi, adstrat, substrat, superstrat, areal aloqalar va h.k);
5. Areal lingvistika metodlari va amallarini xarakterlovchi tushunchalar (qiyosiy-makoniy yondashuv, qiyosiy metod, kartografik metod, lingvogeografik metod, struktur-areal yoki metokartografik metod, kadastrlash usuli).
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, “areal lingvistika” fani keng qamrovli lingvistik tarmoq bo’lib, yuqorida tilga olib o’tilgan: “areal tilshunoslik”, “lingvistik geografiya” (lingvo-geografiya), “hududiy tilshunoslik” kabi lingvistik yo’nalishlar bilan uzviy bog’liq holda ish ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |