Tilshunoslikning dolzarb muammolari


Lingvistikada “geshtalt” tushunchasining mohiyati



Download 122,32 Kb.
bet35/38
Sana30.12.2021
Hajmi122,32 Kb.
#89339
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
MAJMUA TDM 20-21 (2)

Lingvistikada “geshtalt” tushunchasining mohiyati.
O’tgan asrning birinchi choragida olmon psixologlari V.Keler, M. Vertxaymer, K.Dunker va ularning boshqa hamkasblari laboratoriyalarda olib borgan amaliy tajribalari asosida predmetlarning xususiyatlarini ularni mantiqan yangi munosabatlarda, bog’lanishlarda bo’lishini tasavvur qilish vositasida aniqlash mumkin, degan xulosaga kelishdi. Bu xulosa psixologiyada yangi oqim geshtalpisixologiya shakllanishiga turtki bo’ldi. Yangi yo’nalishning asosiy tushunchasi «geshtalt» olmoncha gestalt (obraz, struktura, yaxlit shakl) so’zidan olinganligini e’tiborga olsak, ushbu tushuncha ruhiy tuzilmalar, obrazlarning o’ziga xos yaxlitligini ta’minlovchi belgi va xususiyatlarining umumlashmasini anglatadi. Geshtalt nazariyasining asoschilaridan biri Maks Vertxaymer (1880 - 1943) ushbu muammoni quyidagicha bayon qilgan edi: «... mavjud bog’liqlar asosida yuzaga keladigan yaxlitlik (umumiylik) avval alohida bulaqlar ko’rinishidagi elementlarning keyingi jamlanishidan iborat bo’lmasdan, balki ushbu yaxlitlikning ichki strukturaviy qonuniyatlari bilan belgilanadi» (Vertxaymer 1987: 6).

Demak, voqelikni idrok etish va ruhan his etish yaxlitlikni «ko’rish»dan boshlanadi. Ayrim tadqiqotchilar predmet-hodisalar haqidagi tushuncha, konseptning hosil bo’lishi hamda keyingi bosqichda ushbu konseptning lisoniy voqelanishini predmetning alohida (yorqin ko’zga tashlanadigan) belgi, xususiyatlarini payqash va aloxida ajratib olishdan boshlanadi degan fikrdalar. Binobarin, ingliz faylasufi F. Bekonning fikricha, alohida narsalar (predmetlar)ning mohiyatini bilish ularning tarkibiy qismlari, oddiy xususiyatlarni bilish bilan bog’liq. Bilishning bu turi predmetlarni mantiqan qismlarga, shakllarga ajratish jarayonidan iborat bo’lar emish.

Ingliz faylasufi taklif qilayotgan induksiya metodining bilish jarayonida amaliy ahamiyatini hech ham inkor qila olmaydi. Ammo ushbu metod qo’llanilganda bilish obyektining to’lik mohiyati ochilmasdan qoladi, bunda obyektning ko’proq tashqi qiyofasiga oid xususiyatlar, uning boshqa obyektlar bilan munosabatining ham tashqi tasodifiy tomonlari e’tiborga tushib, ichki mohiyat nazardan chetda qolishi mumkin. Bunday bilish jarayoni ehtimolli bilimdan boshqa narsa emas. Obyektning asl mohiyatini bilish uchun asosiy xususiyatni tasodifiydan ajrata olish, tashqi munosabatlardan ichki aloqaga o’tishini ta’minlash hamda obyektning aniq, ayoniy obrazi o’rni ideal obrazga murojaat qilish imkonini yaratadigan metod zarur bo’ladi.

Bilish metodlarini tanlashda birini ikkinchisiga (masalan, induksiyani deduksiyaga) qarama-qarshi qo’yish noto’g’ri. Bu fan metodologiyasining talabiga to’g’ri kelmaydi. Binobarin, yaxlitlik va yakkalik munosabatini olsak, bunda bilish jarayonining yo’nalishi faqatgina yaxlitlikdan yakkalikka (induktiv) yoki, aksincha, yakkadan yaxlitga yo’naltirilsa, kutilgan natijaga erishish amri mahol. Yaxshisi, bu ikki yo’nalishni mental faoliyatning bir-birini taqozo etuvchi hamda ayni bir paytda harakatga keltiruvchi shakli deb hisoblaganimiz ma’qul. Faylasuflarning ta’biricha, induksiya va deduksiya tafakkur harakatining mustaqil shakllari bo’lishiga qaramasdan, ular doimo jonli aloqada, yagona bir mental faoliyat doirasida yuzaga keladilar va bunday yagonalik, umumiylik bo’lmagan taqdirda bilish jarayonining umumiy maqsadi ro’yobga chiqmas edi. Balki yaxlit va yagonani (bo’laklarni) bilish bir paytning o’zida amalga oshadi deyish to’g’riroqdir. Ammo biz yaxlitni qanchalik darajada bo’laklarga ajratib tadqiq qilmaylik, bunday tadqiqot natijalarining ilmiy bilim tizimiga kirishi faqatgina ushbu natijalar yaxlitning mohiyati haqida yangicha bilim bera olishi bilan bog’liqdir.

Bizningcha, bilish jarayonida yaxlit va uning bo’laklari o’rtasidagi jonli aloqani e’tirof etish geshgal’t nazariyasi tamoyillari va tahlil uslublarini inkor qilmaydi. Geshtalt psixologiya ham yaxlitlikning bo’laklarni idrok etishdagi ta’sir rolini alohida ta’kidlaydi hamda bo’laklarning yaxlitlik tarkibida biriktiruvchi faktorlarni topish vazifasini qo’yadi.


Download 122,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish