Texnik ijodkorlik


II-BOB. KEMALAR MODELINI YASASHNING AMALIY AHAMIYATI



Download 494,55 Kb.
bet9/10
Sana12.04.2022
Hajmi494,55 Kb.
#545928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi

II-BOB. KEMALAR MODELINI YASASHNING AMALIY AHAMIYATI
2.1 Kemalarni texnik ko’rikdan o’tkazish qoidalari
Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tomonidan kichik hajmli kemalarni dastlabki, yillik va maxsus texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibni belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:
kVt — kichik hajmli kema dvigatelining ot kuchi;
registr tonna — kemaning hajmiy tonnalar bilan ko‘rsatiladigan sig‘imi;
leyer to‘sig‘i — ochiq palubali kemalarning ikki yon tomonidan qattiq tortilgan tros to‘sig‘i;
falshbort — kemani ko‘chirish uchun mo‘ljallangan dastaklar;
baller — kema rulining aylanma o‘qi;
shvarta — kemani bog‘lash qismi;
rul perosi — boshqarish qismi;
revers-reduktor — aylanish tomonini o‘zgartirib beradigan mexanizm.
3. Kichik hajmli kemalarning texnik ko‘rigi Inspeksiyaning hududiy bosh inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq to‘lovlar undiriladi.
Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha undiriladigan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari fondiga o‘tkaziladi.
5. Inspeksiya nazorati ostida bo‘lgan kemalardan foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga mos kelmaydigan kichik hajmli kemalardan foydalanish taqiqlanadi.
2-bob. Kichik hajmli kemalarning texnik nazorati
6. Kichik hajmli kemalarning texnik nazorati kemalardan foydalanish jarayonida ularning texnik holatini nazorat qilish hamda dastlabki, yillik va maxsus texnik ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
7. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan asosiy dvigatellarining quvvati 55 kVtdan (75 ot kuchi) va yo‘lovchi sig‘imi 12 kishidan ortiq bo‘lmagan kemalar, motorlarning quvvati va sonidan qat’i nazar, osma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk ko‘tarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq bo‘lmagan o‘ziyurmas kemalar, shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlarning holati bo‘yicha texnik nazorat olib boriladi.
8. Dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazishda kemaning yuk ko‘tarish qobiliyati va yo‘lovchilar sig‘imi, dvigatel soni va ruxsat etilgan quvvati, yelkanlarning ruxsat etilgan maydoni, suzish joyi (qirg‘oqdan uzoqlashish), kemalar suzishi mumkin bo‘lgan to‘lqin balandligi, suv usti borti, suvga botishi, qutqaruv vositalari va o‘t o‘chirgich, signal chiroqlari va navigatsiya uskunalari tekshiriladi.
Texnik ko‘rik yakunida kemani texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi kema mulkdoriga topshiriladi.
9. Kemadagi individual qutqaruv vositalarining soni yo‘lovchilar sig‘imiga muvofiq bo‘lishi, ular belgilangan standartlarga mos kelishi va har biriga kema bortining raqami tushirilgan bo‘lishi kerak.
10. Yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida kemaning asosiy elementlarida o‘zgarishlar kuzatilmaganligi, uning texnik holati va belgilangan me’yorlarga mos keladigan uskuna va anjomlarning mavjudligi tekshiriladi.
11. Dastlabki texnik ko‘rik kichik hajmli kema Inspeksiya tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishidan oldin o‘tkaziladi.
12. Yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida kema to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ko‘rikdan o‘tkazish natijalari motorli va eshkakli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobida qayd qilinadi.
Motorli va eshkakli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobi va ularning elektron ma’lumotlar bazasi alohida tartibda:
motorli kemalar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq Motorli kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobiga;
eshkakli, yelkanli va boshqa motorsiz kemalar mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq Eshkakli kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish kitobiga qayd etiladi.
13. Kichik hajmli kemalar yillik texnik ko‘rikdan 1-martdan 30-iyungacha o‘tkaziladi.
Texnik ko‘rik Inspeksiyaning hududiy bosh inspektori tomonidan maxsus jihozlangan shahobchada o‘tkaziladi.
Belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng kichik hajmli kema mulkdori hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi, arizalar belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Ariza taqdim etilgandan so‘ng texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqti, joyi, texnik ko‘rikdan o‘tkazish shahobchalarining ishini tashkillashtirish tartibi va ko‘rikni o‘tkazish jadvallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Inspeksiya tomonidan kema egalariga 3 kun ichida yetkaziladi.
14. Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidaga ko‘ra, suvda amalga oshiriladi.
15. Kemaning texnik holati uning qobig‘i va ustki qurilmalari, ta’minlovchi va elektr jihozlari, yong‘inga qarshi muhofazalanishi, mexanik qurilmalari holatiga alohida baho berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Kichik hajmli kemalar qobiqlarining texnik holatini baholash uni tashqi ko‘zdan kechirish va (yoki) shikast yetkazmaydigan nazorat vositalari, o‘lchov uskunalaridan (qalinlikni o‘lchash asbobi, defektoskop jihozi) foydalangan holda amalga oshiriladi.
16. Baholash davomida quyidagilar amalga oshiriladi:
polivinilxlorid, rezinalangan matolar va shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan shishiriladigan kichik hajmli kemalar uchun:
qobiqning germetik holatini baholash (shishirilgan holda, zarur bo‘lganda qobiqning tanlangan qismiga sovunli qorishmani yoki boshqa moddani surish yordamida);
klapan tizimini ko‘rikdan o‘tkazish va baholash (zarur bo‘lganda sovunli yoki boshqa qorishmalar qo‘llaniladi).
Alyuminiyli qotishmalar, stekloplastik, yog‘och va shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan, kichik hajmli kemalar uchun:
kema qoplamasining qalinligi, korpusining chidamliligi va suv o‘tkazmasligi, konstruksiya elementlarining ishonchli o‘rnatilganligi va lak-bo‘yoq qoplamasi holatini baholash yo‘li bilan;
kichik hajmli kemaning suzish bloklari (havo yashiklari) belgilangan parametrlarga mos kelishi va ularning mavjudligi tekshiriladi.
17. Tashqi ko‘zdan kechirish bilan kemaning quloqlari, eshkaklari, leyer to‘siqlari, falshbort, kemani ko‘chirish uchun mo‘ljallangan dastaklar, bog‘lash va langar qurilmalarining muhrlari (zanjirli muhrlar) kemani boshqa kema bilan xavfsiz shatakka olish qurilmasi hamda boshqa elementlar orqali baholanadi.
18. Motorli kichik hajmli kemalarni (kater, gidrotsikl va osma motorli qayiqlar) texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida qo‘shimcha ravishda quyidagilar tekshiriladi:
dvigatel, osma qayiq motorining identifikatsiya belgilari haqidagi ma’lumotlarning markirovka yorlig‘iga mosligi;
xavfsizlik bog‘ichi mavjudligi (dvigatelni avariya holatida to‘xtatish moslamasi), agarda u ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa;
osma matorli kemaning himoya g‘ilofi (qopqoq) va ehtiyot sim arqonining mavjudligi;
motor bo‘linmasining (uning mavjudligida) butlanganligi va izolatsiya qilinganligi;
yoqilg‘i va moyning sizib chiqmasligi, yopish jo‘mragi va yoqilg‘i tizimida klapanning mavjudligi;
suv quyish (chiqarish) moslamasining ishga yaroqliligi;
masofaviy boshqaruv jamlanmasi, bevosita ballerga yoki rul boshqaruv sektoriga ta’sir ko‘rsatuvchi avariyaviy rul tizimining ishga yaroqliligi (uning mavjudligida).
19. Kichik hajmli yelkanli va yelkanli motorli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish davomida qo‘shimcha ravishda tekshiriladi:
ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan elementlar holati;
barcha faoliyat ko‘rsatuvchi mexanizmlar, machtani tiklovchi va yotqizuvchi, ko‘taruvchi, signallar, antennalarni chiqaruvchi va tushiruvchi mexanizm va moslamalarning sozligi (moylanganligi);
ishchi mexanizmlari cheklovchi o‘chirgichlarning to‘g‘ri ishlashini;
machtani kema qobig‘iga yoki ustki qurilmalariga mahkamlanganligi;
shvartaning mavjudligi va yashin qaytargichning yaroqliligi;
rul boshqaruvi jamlamasining ishga yaroqliligi.
20. Kichik hajmli kemadan foydalanish talablariga javob bermaydigan bir yoki bir nechta nosozliklar aniqlanganda, u foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va undan foydalanish bo‘yicha taqiqlovchi nosozliklar mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnomaga kiritiladi.
21. Kichik hajmli kemaning texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida kema biletiga qayd qilinadi va texnik ko‘rikni o‘tkazgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
22. Kichik hajmli kema ta’mirlanganda, qayta jihozlanganda, shuningdek avariyadan so‘ng maxsus texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ko‘rik natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi va bir nusxasi kema egasiga beriladi.
23. Inspeksiya mansabdor shaxslari quyidagi texnik nosozliklar aniqlangan kichik hajmli kemalardan foydalanishni taqiqlash huquqiga ega:
korpusi bo‘yicha:
kemaning cho‘kib ketishiga bevosita tahdid soluvchi yoriqlar va teshiklar yig‘indisi, qoplamada shikastlanish bo‘lganda;
bo‘linmalar, havo qutilari, suzuvchi bloklar yo‘q bo‘lganida yoki germetikligi buzilganda.
rul qurilmasi bo‘yicha:
rulning to‘liq qayiluvchanligi (bortga nisbatan 35 gradus) ta’minlanmasligi, rul perosining yoki rul moslamasining nosozligi va yo‘naltiruvchi bloklarning va shturval trossining nosozligi; dvigatel, shu jumladan osma dvigatel bo‘yicha:
yoqilg‘i idishidan, yoqilg‘i shlangi va ta’minot tizimidan yoqilg‘i oqqanda;
sezilarli titrash mavjudligida; o‘chirishdagi nosozlikda; dvigatelning masofaviy boshqaruv tizimi ishdan chiqqanda; revers-reduktorning yengil ulanishi ta’minlanmasligi, revers qo‘ndog‘ining “oldinga”, “orqaga”, “o‘rta” holatda turg‘un turmasligi (uni o‘z-o‘zidan ulanishi va uzilishi); farqlovchi yorug‘liklarning talabga javob bermasligi yoki nosozligi; kema jamlanmalari va uskunalarining kema biletida ko‘rsatilgan me’yorga muvofiq kelmasligi.
24. Joriy yilda dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tgan kichik hajmli kemalar kema mulkdorining arizasiga asosan yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
26. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4-bob. Kemalarni ro‘yxatdan chiqarish tartibi
27. Texnik ko‘rik natijasi bo‘yicha qabul qilingan xulosaga ko‘ra konstruktiv eskirgan, qayta jihozlash yoki boshqa o‘zgartirish kiritish natijasida muvozanatni saqlash, suzuvchanlik va cho‘kmaslik qobiliyatini yo‘qotgan, foydalanishga va tiklashga yaroqsiz deb topilgan kemalar ro‘yxatdan chiqariladi.
Voyaga yetmagan shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kemalarni ro‘yxatdan chiqarishda ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining yozma roziligi talab etiladi.
28. Kemani ro‘yxatdan chiqarish uchun kema egasi ushbu Qoidalarga 8-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan tegishli hududiy boshqarmaga murojaat qiladi. Arizaga kema bileti ilova etiladi.
29. Kemani ro‘yxatdan chiqarishda belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, dalolatnoma rasmiylashtiriladi va bu haqida kema daftariga, axborot tizimiga hamda ro‘yxatga olish ariza — kartochkasiga tegishli yozuvlar kiritiladi.
30. Ro‘yxatdan chiqarilgan kemaning kema bileti o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilib, 5 yil mobaynida hududiy boshqarmalarda saqlanadi.
31. Ro‘yxatdan chiqarilgan kemalarning bort raqamlari boshqa kemalarga 5 yil davomida berilmaydi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar


32. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan kemalardan foydalanish taqiqlanadi.
33. Ro‘yxatdan o‘tgan kemalar va ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazuvchi, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchiga, sud hamda boshqa vakolatli organlarga ularning yozma so‘rovi asosida taqdim etiladi.
34. Mazkur Qoidalar bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
35. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Download 494,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish