Mo‘rt materiallardan tayyorlangan namunalarni siqilishga sinash. Tashqi kuch ta’siridan yoriqlar hosil bo‘lishi natijasida yemiriluvchi materiallar mo‘rt materiallardir. Bunday materiallarga cho‘yan, tosh, beton, legirlangan po‘lat va boshqa deyarli plastik deformatsiyasiz yemiriluvchi materiallar kiradi.
Mo‘rt material siqilishda yemi-rilishdan oldin uning tashqi sirtida bo‘ylama o‘qqa 45o burchak ostida yoriqlar hosil bo‘ladi (10.3,b-rasm). Bu yoriqlarning hosil bo‘lishining maksimal urinma kuchlanishlarga bog‘liqligi nazariyadan ma’lum.
Siqilish diagrammasi 10.4-rasmda ko‘rsatilgan.
Mo‘rt materiallar uchun mustahkamlik chegarasi quyidagi formuladan aniqlanadi
(10.2)
Fmax - tajribadan aniqlanadigan maksimal yemiruvchi yuk,
Do'stlaringiz bilan baham: |