bob. Ijtimoiy ta’minot
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari
Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo’yicha, kasal, nogiron yoki boquvchisini yo’qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun va qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan pul mablag’larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan foyda-lanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog’liq bo’lmagan holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda ta’minlanishini o’z ichiga qamrab oladi.
Pulli pensiya va nafaqa to’lovlari ijtimoiy ta’minot bo’yicha xarajatlarning asosiy ko’rinishlari hisoblanadi.
Pensiya – bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va boquvchisining yo’qotilganligi munosabati bilan (bog’liq ravishda) fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun ma’lum pul summalarining davrma-davr to’lanmalaridan iborat. Pensiyaning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
Yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda qarilik pensiyasi deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir pensiya deyilgan);
nogironlik pensiyasi;
xizmat qilgan yillari uchun pensiya (qonunchiligimizda uch xil pensiya tizimi qayd etilgan, bu holat pensiyaga ustamalar sifatida yoki muddatidan oldin pensiyaga chiqish bo’yicha imtiyozli pensiyaga chiqish ro’yxatlari bo’yicha keltirilgan kasb egalarini pensiyasi sifatida qayd etiladi, xorijda bunday nomdagi pensiyalar mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi);
boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya.
Fuqarolarning ayrim toifalari uchun ijtimoiy pensiyalar deb ataladigan pensiyalar ham to’lanadi (bizda bu ko’proq ijtimoiy nafaqalar deb yuritilmoqda, ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud).
Yuqoridagilarni hisobga olib, ularni quyidagicha ham ifodalash ham mumkin:
Yoshga doir (qarilik) pensiya (si);
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya.
Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun pensiyalar va ijtimoiy pensiyalar ko’rinishlari ham mavjud. Bizning mamlakatimizda xizmat qilgan yillar uchun pensiyalar qonunchiligimizda qayd etilgan pensiyalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar ko’rinishiga ega va ushbu nafaqalar bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Nafaqalarning quyidagi asosiy ko’rinishlari bo’lishi mumkin:
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun;
homiladorlik va tug’ish bo’yicha;
farzand tug’ilganda;
bola parvarishi bo’yicha;
muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga;
ishsizlik bo’yicha;
ta’ziya holatlari bo’yicha.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi shakllari ham amal qiladi:
kasbiy-texnikaviy o’qitish;
ishsizlarni qayta o’qitish;
nogironlarni qayta o’qitish va ishga joylash;
qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga qobiliyatsizlarni tekinga saqlash;
nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va atomobillar bilan ta’minlash;
uyga yordamning ko’p ko’rinishlarini tashkil qilish va boshqalar.
Ijtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotgan shaxs xususida davlat va jamiyat g’amxo’rligi, inson- parvarlikning namoyon bo’lish shaklidir. Mehnat faoliyatining to’xtatilishi munosabati bilan insonning moddiy ahvoli yomonlashganda, o’z mehnat qobiliyati yo’qotilganligi inson ongiga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir paytda ijtimoiy ta’minot davlat va jamiyat tomonidan uning unutilmaganligini va o’z holiga tashlab qo’yilmaganligini ko’rsatadi.
“Ijtimoiy ta’minot” kategoriyasining mazmuniga oid iqtisodchilar o’rtasida yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning ba’zi birlari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng ma’noda talqin qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolarni qarilik chog’ida va mehnat qobiliyatini yo’qotganda tekin ta’minlanishi, davolash va tibbiy
xizmatlarning tekinligi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi mualliflar “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni yagona tartibdagi iqtisodiy kategoriyalar sifatida ko’rib chiqadilar. Uchinchi guruh mualliflari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilib, ijtimoiy sug’urta bilan qamrab olinmaydigan ta’minotning turlarinigina uning tarkibidan iborat deb hisoblaydilar. Va nihoyat, to’rtinchi guruhga kiruvchi mualliflar ham mavjudki, ularning fikricha, meh-natga qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va ko’rinishlari, shu jumladan, ijtimoiy sug’urtani ham qamrab oluvchi yagona “ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning mehnat qilish, dam olish, sog’ligini muhofaza qilish huquqlariga, qariganda, kasal bo’lganda, mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki to’liq yo’qotganda va boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot, uy-joyga egalik qilish,ma’lumot olish, madaniyat yutuqlaridan foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik ishlarini boshqarish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan va “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng talqin qilish pozitsiyasidan nafaqat tekin tibbiy xizmat ko’rsatish va davolash, balki Konstitutsiyada ko’zda tutilgan tekin bilim olish, madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan bahramand bo’lish kabilarni ham uning tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Chunki bu huquqlarning har biri fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konsti-tutsiyada ko’zda tutilgan tegishli tadbirlar va mablag’lar bilan ta’minlanadi. Masalan, qarilik chog’ida, kasallik paytida va mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lgandagi moddiy jihatdan ta’minlanish huquqi ijtimoiy ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Sog’liqni muhofaza qilish huquqini ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy xizmat ko’rsatish va davolanish bo’yicha maxsus shakllar ko’zda tu-tilgan. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning turli ehtiyojlari ularni qondirishning o’ziga xos bo’lgan o’z shakllariga egadir. Shularga muvofiq ravishda pul mablag’lari fondlari ham shakllantiriladi. Bulardan ko’rinib turibdiki, “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o’zining etarli darajadagi asosiga ega emas.
Bir vaqtning o’zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni parallel ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy kategoriyalar sifatida talqin qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat byudjetining to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma (transfert)lari hisobidan
amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug’urtaga esa faqat ijtimoiy sug’urta fondi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin emas.
Ijtimoiy ta’minotga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma (transfert)lar hisobidan Davlat byudjetidan, Pensiya jamg’armasidan va ijtimoiy sug’urta fondidan qilinadigan xarajatlarning yo’nalishlarida printsipial xarakterdagi farqlar yo’q. Bir vaqtning o’zida ham to’g’ridan-to’g’ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya jamg’armasi va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari hisobidan qarilik (yoshga doir), nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo’qotgandagi pensiyalar, farzand tug’ilganda, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lanishi mumkin. Bu yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan bo’ladi, xolos. Pensiya va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari mablag’laridan ishchi va xizmatchilar, ilmiy xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi boshliqlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar ta’minlanadi.
Shuning uchun ham ijtimoiy sug’urtani ijtimoiy ta’minotga bog’liq bo’lmagan holda parallel ravishda mavjud bo’lgan, mustaqil kategoriya deb hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha, ijtimoiy sug’urta yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy ta’minotga tegishli bo’lib, uning shakllaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda ayrim iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to’lovlarini birga qo’shgan holda) shakllantirishning manbaini qo’shimcha mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy iste’mol fondlarini zaruriy mahsulot bilan bog’laydi.
Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to’lanmalarning tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning ba’zilarining manbai zarur mahsulot bo’lsa, boshqalariniki esa qo’shimcha mahsulotdir. Masalan, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgandagi nafaqa to’lanmalari, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar, nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish xarajatlari, ishsizlarni qayta o’qitish xarajatlarining manbai bo’lib zarur mahsulot hisobla-nadi. Bu to’lanmalarning yo’nalishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan paytda yoki ishsizlik davrida xodimga zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni berish bilan belgilanadi. Bu to’lanmalar ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog’liqdir.
Pensiya to’lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. Bu to’lanmalar mehnatga qobiliyatsizlarga to’lanmalardir. Mehnat faoliyati boshlangunga qadar mamlakatning har bir yosh avlodi ham
zaruriy mahsulot (ota-onalarning mehnat haqi to’lovlari shaklida) va ham qo’shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol fondlaridan xizmatlar va imtiyozlar shaklida) hisobidan saqlanadi. Mehnat faoliyati boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar (35-40 yil ichida) bu avlod oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy mahsulotni (za-ruriy va qo’shimcha) yaratadi. Jamg’armaga yo’naltirilgan qo’shimcha mahsulotning qismi ancha oshadi. Buning natijasida milliy boylikning hajmi tez o’sadi. Demak, ko’rinib turibdiki, har bir yangi avlod o’zining navbatdagi avlodiga o’zining oldingi ajdodlaridan olgan milliy boylikka nisbatan kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana shu asosda har bir yangi avlod o’z mehnati bilan yalpi mahsulotni ishlab chiqarishni oshiradi. Bunda moddiy boylik ishlab chiqarish sohasi xodimlarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga foydalaniladigan zaruriy mahsulotning ham hajmi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga hamda ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishga, shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz a’zolarini ta’minlashga yo’naltirilayotgan qo’shimcha mahsulotning hajmi ham o’sadi.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda pensiya to’lanmalari ko’p yillar davomida, asosan, mehnatkashlarning ish haqlaridan ajratmalar yordamida shakllantiriladigan pensiya jamg’armalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu yerda pensiya jamg’armalari zaruriy mahsulotning rezervlashtirilgan qismidan iborat bo’lib, uni xodim qarilik yoki nogironlik bo’yicha pensiyaga chiqqandan so’ng, ola boshlaydi.
Mamlakatimizda qariganda, kasalligida, mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda moddiy ta’minlash huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ijtimoiy ta’minotning turli shakllari bilan kafolatlangan. Mehnatkashlar o’zlarining ish haqlaridan 0,1% (2019 yil 1 yanvaridan boshlab) miqdorida o’zlarining kelgusi jamg’ariladigan pensiyalariga ajratmalarni o’tkazadilar (2019 yil 1 yanvardan boshlab 2018 yilda mehnatkashlarning ish haqlaridan ushlab qolinadigan 8% yagona ijtimoiy sug’urta fondiga, ya’ni Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan majburiy ajratma bekor qilindi). Kelgusi davrning pensionerlari uchun pensiya jamg’armasi davlat mablag’lari hisobidan ham oldindan shakllantirilmaydi. Mehnatga qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun fondlar YaIM va MDni taqsimlash jarayonida har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi.
Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo’shimcha mahsulotni yaratmaganligi va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya
jamg’armasi ular uchun shakllantirilganligi tufayli har yili shakllantirilishi lozim bo’lgan pensiya jamg’armalarining manbai ishlayotgan avlodning qo’shimcha mehnati evaziga yaratilgan YaIM va MD qismi, ya’ni qo’shimcha mahsulot hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning o’ziga xos bo’lgan muhim xususiyati uni vujudga keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) printsiplaridir. Ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |