O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar
bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi.
O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 25 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi PF-5545-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon negizida qabul qilingan Nizomning 14- bandiga binoan Jamg’arma xarajatlarini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari;
respublika oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari (oshirilgan shartnoma stavkalari bo’yicha to’lov-shartnoma asosida o’qitishdan tushadigan) mablag’laridan ajratmalar;
xo’jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmat ko’rsatishdan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag’lari;
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga bo’lgan o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi faoliyatini samarali tashkil etilsh maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvar kuni Qarori e’lon qilindi.
Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o’tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamg’arma mablag’lari hisobidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
ta’lim;
fan va ilmiy tadqiqotlar;
sog’liqni saqlash;
davlat boshqaruvi;
iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
2018 yilda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi 40, mlrd.
so’m ajratilgan bo’lsa, 2019 yilda 72.5 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi 2019 yilda Jamg’arma dasturlari bo’yicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o’tkazishni moliyalashtirish uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |