Hammaga mumkinlik (lozimlik) printsipi – barcha uchun mumkin bo’lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini beruvchi shart. Masalan, hayotning o’rtacha davomiyligi 73,6 yil bo’lganda qarilik bo’yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda, ayollarda esa – 55 yoshda, mehnatning og’ir turlarida band bo’lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa – 45- 50 yoshda vujudga keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur bo’lgan mehnat staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa – 20 yil, mehnatning og’ir turlarida band bo’lganlar uchun bundan ham pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis (sidqidildan) xizmat qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga etgundan ancha oldin erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |