Absolyut moliyaviy barqarorlikning asosiy sharti noto’lovlar va ular kelib chiqish sabablarining mavjud emasligidir.
Sog’lom (normal) moliyaviy barqarorlik ichki va tashqi moliyaviy intizomning buzilmasligini taqoza etadi.
Beqaror moliyaviy ahvol moliyaviy intizomning buzilishi (mehnat haqini to’lashdagi kechikishlar, vaqtincha bo’sh turgan o’z mablag’lari, rezerv fondlari va boshqa fondlardan foydalanish), hisob-kitob schyotiga pul mablag’larining uzilishlar bilan tushishi, rentabellikning beqarorligi, moliyaviy rejaning, jumladan, foyda bo’yicha rejaning bajarilmasligi va h.k.lar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |