Inqirozli moliyaviy holat quyidagi bir necha darajalarga ega:
birinchi daraja (1): muddati o’tkazib yuborilgan bank ssudalarining mavjudligi;
ikkinchi daraja (P): 1 + tovarlar bo’yicha mol etkazib beruvchilarga muddati o’tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi;
uchinchi daraja (Sh): P + byudjetga nisbatan boqi- mandalarning mavjudligi.
Inqirozli moliyaviy holatda zaxiralar va xarajatlar ularni shakllantirish manbalari bilan ta’minlanmaydi va bu narsa XYuS va bankrotlik arafasidagi chuqur inqiroz to’g’risida xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Bunday vaziyatda pul mablag’lari, qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar va debitorlik qarzlari uning kreditorlik qarzlarini va muddati o’tkazilgan ssudalarni qoplamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |