XYuSning moliyaviy holati kompleks tushuncha bo’lib, uning xo’jalik va tijorat faoliyati jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar barcha elementlarining o’zaro ta’sirchanligini aks ettiradi. XYuSning moliyaviy holati mablag’larni joylashtirish va ulardan foydalanish hamda ularni shakllantirish manbalari bilan xarakter-lanadi. Moliyaviy holatni aniqlash uchun quyidagilarni o’z ichiga oluvchi moliyaviy tahlil o’tkaziladi:
moliyaviy holatning ekspres-tahlili (aktivlar va passivlar tarkibiy tuzilmasining, mol-mulk, zaxiralar va xarajatlar holatining tahlili);
moliyaviy barqarorlik tahlili;
XYuS balansi likvidligining tahlili;
faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili;
rentabellik va ishbilarmonlik faolligi tahlili.
XYuSning moliyaviy holati, shuningdek, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish jara-yonlarini aks ettiruvchi
ko’rsatkichlar majmui bilan ham xarakterlanadi. Moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natija-lari faqat XYuS ishchi va xizmatchilarining diqqat- e’tiborida bo’libgina qolmasdan, xuddi shu holat xo’jalik faoliyati bo’yicha uning hamkorlari, davlat, moliya, soliq organlari va boshqalarning ham diqqat markazida bo’ladi. Bularning barchasi XYuS moliyaviy holati tahlilini amalga oshirishning muhimligi va uning iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyatini oshiradi.
Moliyaviy tahlilning maqsadi quyidagilardan iborat:
moliyaviy holat ko’rsatkichlarining o’zgarishini aniqlash;
barqarorlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash;
moliyaviy holatning sifat va miqdoriy o’zgarishlarini baholash;
ma’lum bir sana uchun XYuS moliyaviy ahvolini baho-lash;
moliyaviy holat o’zgarishining asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
va boshqalar.
Moliyaviy holat tahlilida XYuS tomonidan sotilgan mahsulotning rentabelligi, uning ishlovchi kapitali, moliyaviy barqarorligi, balansining likvidligi, to’lov qobiliyati va kreditga layoqatligi aniqlanadi va ularga baho beriladi.
XYuSning sog’lom (normal) moliyaviy barqarorligi xususida quyidagi parametrlarni birgalikda olib qarab gapirish mumkin:
to’lov qobiliyati (o’z majburiyatlari bo’yicha XYuSning barqaror hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati);
balansning likvidligi (majburiyatlarni likvid aktiv-lar bilan qoplash darajasi);
kreditga layoqatlilik (kreditlarni qaytarish qobi-liyati);
rentabellik (foydalilik).
Yuqorida bayon etilgan omillarning har biri tahlil qilishning o’z metodikasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |