giperglikemiya
deyiladi. Bunday paytlarda glyukoza siydik bilan
qo‘shilib ajratila boshlaydi. Bu holatni
glyukozuriya
deb ataladi. Odatda glyukozuriya qonga
glyukoza miqdorining 150-180 mg % oshganida ro‘y beradi.
Uglevodlar almashinuvida jigar muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda aytib o‘tilganidek,
uning asosiy funksiyasi, qopqa vena orqali keladigan qon bilan monosaxaridlardan glikogenni
sintez qilishi, ya'ni
glikogenezdan
iborat. Agar ovqat bilan kiradigan yoki qonga beriladigan
glyukoza kamaysa zaxira holdagi glikogen parchalanib glyukoza hosil qilinadi, bu jarayonni
glikogenoliz
deb ataladi. Jigarda glikogen miqdori organizmning ovqat rejimiga bog'liq, odatda
jigar massasining 3-5% ni glikogen tashkil qiladi. Odam och qolsa, jigarda glikogen miqdori
keskin kamayib ketadi, lekin u batamom yo'qolmaydi. Agar iste'mol taomlarda uglevodlar
butunlay bo‘lmasa yoki juda kam bo‘lsa glikogen ovqatning boshqa kompanentlaridan ham hosil
bo‘lishi mumkin. Aminokislotalardan glikogen hosil bo‘lish jarayonini
glikoneogenez
deb
ataladi. Uglevodlarning tanada o‘zlashtirilishi natijasida jigarga 3 xil monosaxarid, ya'ni
glyukoza, fruktoza va galaktoza o‘tadi. Qopqa venasidan o‘tadigan qondagi qayd qilingan
monosaxaridlarning bir qismi glikogenga aylansa, qolgan qismi to‘g'ridan -to‘g'ri qon bilan jigar
orqali oqib o‘tadi. Turli sabablarga ko‘ra qon tarkibida glyukoza kamaysa u jigardagi glikogen
parchalanishidan qonga o‘tadi va qonga glyukoza miqdori yuqorida qayd qilinganidek bir xil
saqlanadi. Yana tanadagi muskullarda ham glikogen to‘planadi. Barcha muskullardagi umumiy
glikogen miqdori 1-2 % dan oshmaydi. Muskullardagi glikogen ham mo‘l-ko‘l ovqatlanishda
ko‘payib, ochlik holatida kamayib ketadi. Yana muskullar ishlab turganda, ya'ni qisqarib
turganda ularda glikogen parchalanishi kuchayadi. Muskullar ishlab turganida faollashgan
fosforilaza fermenti ta'sirida glikogenga bir molekula fosfot kilota birikib, keyin glikogen
glyukoza-1- fosfotgacha parchalanadi va bu moddalar muskul qisqarishi uchun energiya manbai
bo‘lib xizmat qiladi. Qon tarkibida glyukozaning doimiy miqdorda saqlanishi ancha murakkab
mexanizmga ega. Bu jarayonda ham nerv tizimi, ham endokrin tizimi qatnashadi. Oqibatda
bunday muvozanat to‘qimalarda glyukoza uglevod bo‘lmagan boshqa moddalardan hosil
bo‘lishi, uglevodlarning oksidlanishi, uglevodlarning yog'larga aylanishi hamda glyukozaning
tashqariga chiqarib yuborilishi bilan saqlanadi. Lekin qonda glyukozaning bo‘lishida jigar hal
qiluvchi o‘ringa ega. Agar tanadan jigar kesib olib tashlansa qonda glyukoza keskin kamayib
ketadi. Muskullarning ishlashi natijasida kamaygan glyukoza dam olish payti qayta tiklanadi.
Muskullarda o‘rtacha 250gr glyukoza bo‘ladi.
Turli a’zolardan qon oqib o’tganida ular har xil miqdordagi glyukozani ushlab qolish
xususiyatiga ega, masalan, rus patofiziolog olimi Efim Semyonovich Londonning aniqlashicha,
miya 12%, ichak 9%, muskul 7% va buyrak qondagi glyukozaning 5% ni ushlab qoladi.
Muskul faoliyatining tegishli energiya bilan ta'minlanishini tushunishda kreatinfosfat va
adenozintrifosfatlarning ochilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ma'lumki kreatinfosfat 1927 yili
muskul ekstraktidan ajratib olingan. U muskul qisqarish davrida tamoman sarf bo‘lib ketadi, dam
olish davrida esa qaytadan tiklanadi. U muskul faoliyatini energiya bilan ta'minlovchi asosiy
manbadir. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, muskul faoliyatida dastavval adenozintrifosfat
parchalanib kerakli energiyani beradi. Kreatinfosfat esa adenozindifosfatdan hosil bo‘lishida
ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |