Statik biokimyо


Oshqozon ichak yo‘lida uglevodlarning hazm bo‘lishi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/176
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407609
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

Oshqozon ichak yo‘lida uglevodlarning hazm bo‘lishi. 

Monosaxaridlardan  boshqasi  oshqozon  ichak  yo'lida  gidrolitik  parchalanishga  uchraydi. 

Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  oshqozon  ichak  yo'lida  gidrolitik  parchalanish  nafaqat  suvda 

erimaydigan  polisaxaridlargagina  mos  bo‘lib  qolmasdan,  balki  suvda  yaxshi  eriydigan  

disaxaridlar  saxaroza,  laktozalar  uchun  ham  tegishlidir.  Chunki,  ular  faqat  monosaxarid 

ko‘rinishidagina qonga so‘rilishi mumkin. Shu narsaga e'tibor berish kerakki, oziq moddalarning 

parchalanishi  natijasida  ular  hujayra  ichida  yuz  beradigan  modda  almashinuvida  ishtirok 

etadigan  holatga  kelgandagina  qonga  so‘riladi,  ya'ni  organizmning  ichki  muhitiga  o‘tadi.  Bu 

holga  tushmagan  oziq  moddalar  ichakdan  qonga  so‘rilmaydi  va  bevosita  qonga  kiritilsa  ham 

(masalan, disaxaridlar) deyarli o‘zgarishga uchramasdan tashqariga chiqarib yuboriladi. 

Oziq  moddalar  ogíz  bo‘shligída  mexanik  o‘zgarishlarga  uchrashdan  tashqari  dastlabki 

kimyoviy  o‘zgarishlarga  ham  uchraydi.  Masalan,  so‘lakdagi 

-amilaza  kraxmal  molekulalari 



ichkarisidagi  1



-glikozid  bog'larini  uzib  ularni  dekstrinlargacha  parchalaydi.  O‘n  ikki 

barmoq  ichakda  shira  tarkibidagi  pankratet  amilaza  ta'sirida  ham  1

  4  bog'larning  keyingi 



uzilishi  natijasida  kraxmalning  asosiy  parchalanish  mahsuloti  maltoza  hosil  bo‘ladi.  Ovqat 

oshqozonga  tushganidan  keyin  so‘lak  amilazasining  ta'siri  kislotali  me'da  shirasi  tufayli 

to‘xtatiladi.  Buning  uchun  15-20  daqiqa  vaqt  talab  qilinadi  va  bu  oraliqda  ovqat  luqmasining 

xlorid  kislotali  me'da  shirasi  yetib  bormagan  chuqur  qismlarida  amilaza  ta'siri  davom  etishi 

mumkin.  Hosil  bo‘lgan  maltozaning  ovqat  bilan  qabul  qilingan  qand  va  sut  shakarining 

monosaxaridlargacha to‘la parchalanishi o‘n ikki barmoq ichakda (uning bo'shligí va devorida) 




tegishli  karbogidrazalar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  O‘n  ikki  barmoqli  ichakda  oshqozondan 

oziq  modda  bilan  o‘tgan  kislotali  muhit  neytrallanib  pankreatik  amilaza  ta'sirida  kraxmalning 

parchalanishi  davom  etadi.  Shu  yo'l  bilan  hosil  bo‘lgan  dekstrinlar  ichak  shirasi  va  uning 

devoridagi  glyukozidazalar  yoki  glyukoamilaza  ta'sirida  monosaxaridlargacha  parchalanadi. 

Bunda saxarozadan 

-D-glyukoza va 



-D-fruktoza, maltozadan esa ikki molekula 

-D-glyukoza 



hamda  laktozadan 

-D-glyukoza  hamda 



-D-galaktoza  hosil  bo‘ladi.  Ushbu  so‘rilish  jarayoni 

nafaqat  diffuziya  balki  energiya  sarflanadigan  faol  transport  holida  ham  sodir  bo‘ladi  (past 

konsentratsiyali muhitdan yuqori konsentratsiyali muhitga so‘rilish).  

Uglevodlarning  bir  turi  hisoblangan  klechatka  yoki  sellyuloza  oshqozon  ichak  yo'lida 

hazm bo‘lmay axlat bilan chiqarib yuboriladi. Chunki ularni parchalaydigan sellyulaza odam va 

hayvonlar  organizmida  uchramaydi.  Ushbu  uglevod  turi  sabzavot  va  mevalar  tarkibida  qabul 

qilinadi,  o‘zi  hazm  bo‘lmasada  ichaklarda  oziq  moddalarni  siljishiga,  harakat  qilishiga  ta'sir 

etadi.  Shu  bilan  bir  qatorda  ingichka  ichakning  pastki  qismi  va  yo'g'on  ichakda  yashovchi 

mikroorganizmlar  ta'sirida  klechatka  odamda  qisman,  kavsh  qaytaruvchilarda  esa  to‘liq 

parchalanadi. Klechatkaning bunday parchalanishi natijasida tanada organik kislotalar, gazlar va 

suv  hosil  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  ko‘p  kamerali  oshqozonga  ega  bo‘lgan  o‘txo’r 

hayvonlarda klechatkaning parchalanishi asosan aytib o‘tilgan yo'l bilan amalga oshiriladi. 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish