4 -misol. Rasm asosida masala tuzing va yeching:
Yechish:
611 : 13 = 47
611 + 47 = 658
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Didaktik o`yin:
KO'ZLAR UXLAYAPTI, QO'LLAR ISHLAYAPTI,
MAQSAD, O'quvchiga qo`llar orqali sezish, taqqoslashni o'rgatadi. O'yinda har xil uzunlikdagi qalam, cho'p, karton qog'ozdan kesilgan tasmachalardan foydalaniladi, o'quvchilar predmetlarni ko'radi, bir-biridan farq qiladi . Keyin o'qituvchi bitta o'quvchlarni chaqirib: "Topchi, men senga qaysi qalamni berdim ? Uzun qalamnimi yoki qisqa qalamnimi ? " Qolgan o'quvchilar kuzatadilar.
5 – misol. Raqamlari yig‘indisi 2 ga teng bo‘lgan nechta uch xonali son bor?
Misolni o`quvchilar mustaqil bajaradilar. O`quvchilar ishlarini nazorat qilish. Misolni to`g`ri bajargan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa: 6 – 7 – misol va masala.
Sana_____________________
Mavzu: Matematika tarixidan: raqamlar qanday paydo bo‘lgan?
Matematika tarixidan qiziqarli ma’lumot 1 - 6 – misol va masalalar
Darsning maqsadi: ta`limiy: To‘rt xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash, taqqoslash usullari haqida bilim berish. Ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi mantiqiy misollar, boshqotirmalar, rebuslar bilan ishlash malakalarini o`stirish. T.k.1 sodda fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish; F.k.1. sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 10000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;Tarbiyaviy:Yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik tushunchalarining mazmunini tushuntirish. T.k.3. o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish; T.k.4 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish; atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; Rivojlantiruvchi:Yangi dars texnologiyalari orqali o’quvchilardagi fikriy bog’liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish. F.k.2. o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |