Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish


Ko’krаk qаfаsi а’zolаri operаtsiya qilingаn bemorlаr pаrvаrishining o’zigа xos



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

Ko’krаk qаfаsi а’zolаri operаtsiya qilingаn bemorlаr pаrvаrishining o’zigа xos 
xususiyatlаri. tibbiy muolаjаlаrni bаjаrish usullаri. 
Jarroh operatsiyani tugatib bo’lgan vaqtdan boshlab, operatsiyadan keyingi 
davr hisoblanadi. Bu davr bemor batamom tuzalib ketgunicha davom etadi. Davrning 
muddati operatsiyaning turiga, bemorning ahvoliga, kasallikning kechim 
xususiyatlariga bog’liq bo’lib, bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Operatsiyaning 
natijasi ko’p jihatdan operatsiyadan keyingi davrda bemorlar parvarishini tashqil 
etishga bog’liq. Bu parvarishning umumiy qoidalari quyidagicha: 
Operatsiyadan keyin yotiladigan xonalar havosini harorat 20-22 gradus bo’lishi 
kerak. Аksariyat operatsiyalar bolalarda narkoz berib qilinishi tufayli, dastlabki
2-3 soatda bolani chalqancha yostiqsiz yotqizish tavsiya etiladi. Bemorning bosh 
qismini bu muddat ichida ko’tarmaslik kerak (kollaps-holsizlanish ro’y berishi 
mumkin). Bola qusayotganda boshini yon tomonga burib, qusib bo’lgandan so’ng 
og’zini tozalash lozim. Narkozdan O’yg’onayotgan paytda bolalar ko’pincha juda 
bezovta va serxarakat bo’ladilar. Shuning uchun ularning oyoq-qo’llari yumshoq 
bog’lagichlar bilan karavotga bog’lab qo’yiladi. Zarur bo’lganda bola belidan ham 
bog’lanishi mumkin. Operatsiyadan keyingi davrda bolalar bog’lovlarni, 
bo’shliqlarga qo’yilgan naychalarni uzib tashlamasliklariga alohida e’tibor berilishi 
zarur. Tibbiy hamshira bolani nazorat qilib, uning pulsi, qon bosimi, nafas olish 
faoliyati, badan haroratini muntazam ravishda o’lchashi kerak. Bog’lovlarni tekshirib 
biron o’zgarishlarni payqasa darxol shifoqorni chaqirishi kerak. Operatsiyadan 
chiqqan bemorlar. kuchli chanqoqliklarni sezadilar. Аmmo ularga suyuqlik berish 
vaqti va miqdorini faqat shifokor tayinlagandek bajarish shart. Operatsiyadan keyingi 
davrda og’riqsizlantirish choralarini shifokor ko’rsatmalariga rioya qilgan holda 
o’tkazish kerak. Bolalarni operatsiyadan keyingi parvarishida ularning harorati oshib 
ketishi, qorni damlashi va nafas olish faoliyati susayishi kabi asoratlarni oldini olish 
zarur. Tegishli gigiyenik muolajalarni (yuvintirish, ovqat yedirish, hojat chiqarishga 
yordam berish) tib hamshirasi kichik tib hamshirasi bilan birgalikda bajaradi. 
Ko’krak qafasi a’zolarida qilingan operatsiyalardan keyin bolalar maxsus 
karavotga yotqiziladi va narkozdan uyg’ongach (2-3 soat) bosh tomoni ko’tarilib 
yarim o’tirgan holatiga keltiradi. O’pka kasalliklari sababli qilingan operatsiyalardan 
keyin bolalarni bir necha kungacha namlangan kislorod bilan nafas oldirib turiladi. 


84 
Kislorod burun kateteri orqali berilayotgan bo’lsa, bu kateter xlorvinil naychasi
tez-tez almashtirib turish lozim, chunki u shilimshiq tiqilib qolib, ishlamay qoladi. 
Operatsiyadan keyingi eng yaqin davrda og’riqsizlantirish choralari katta 
ahamiyatga ega. Chunki og’riq tufayli bola o’zini avaylab xarakat qilmaydi, yo’talini 
bosadi va natijada nafas yo’llarida balg’am yig’ilib ularni berkitadi. Bu hol og’ir 
asoratga olib kelishi mumkin. 
Ko’krak qafasida operatsiya qilingandan keyin plevra (ko’krak pardasi) 
bo’shlig’iga odatda rezina yoki xlorvinil naycha qo’yilib, u elektr yoki suv kuchi 
bilan tortadigan maxsus so’rg’ichga ulanadi. Shu tarmoqdagi manfiy bosim
10-40 sm suv ustuni miqdorida saqlanadi. Bu uslubni qo’llashdan maqsad: 1) plevra 
bo’shligidagi qon, zardob, yiring va havoni so’rib olish; 2) o’pkani asl holatigacha 
yozmoq. Drenajning yaxshi ishlab turishiga doim qarab borish, chiqqan suyuqlikning 
miqdori va tabiatini qayd qilib turish zarur. Drenajda kamchilik borligiga gumon 
tug’ilganida, qip-qizil qon paydo bo’lganida anchagina havo chiqib turadigan bo’lib 
qolganida buni darxol shifokorga ma’lum qilish lozim. 
Nafas yo’llarini tozalash uchun bolaga issiq sodali eritmalarni nafas oldirib, 
(maxsus uskuna - ingalyator yordamida) keyin yo’talishga majbur qilish kerak. Yosh 
bolalarni shunday yo’taltirilgandan so’ng so’rgich ishlatilib, balg’ami so’rib olinadi, 
og’iz xalqumiga elektr so’rg’ichga ulangan kateter kiritilib olinadi. Аyrim 
bemorlarga nafas yo’llari berkilganda traxeostoma qo’yiladi (bo’g’iz kemirchaklari 
kesilib nafas yo’liga maxsus egri naycha qo’yiladi). Bunday bemorning parvarishi 
alohida e’tibor talab qiladi. Traxeostoma atrofidagi teriga kuniga ikki marotaba yod 
eritmasi surtilishi va unga steril bog’lovlar qo’yilishi shart. Traxestoma naychasi har 
kuni steril sharoitda almashtirib turilishi lozim hamda bemorning nafas yo’llari 
traxeostoma orqali elektr so’rgich yordamida tozalanib turishi kerak (zarur bo’lganda 
5-20 ml soda eritmasini yuborib). Traxeostoma naychasi yiring yoki fibrin balg’am 
pardalari bilan berkilib qolishi mumkin, bu holatda bemor ko’karib nafas ololmay 
qoladi. Hamshira darxol naychaning ichki qismini chiqarib olib, tashqi qismi orqali 
nafas yo’lini tozalaydi va shifoqorni chaqiradi. 
Qizil o’ngachda qilingan operatsiyalardan keyin uzoq vaqt davomida suv va 
ovqat berish ruxsat etilmaydi. Operatsiyadan keyingi dastlabki bir necha kun 
davomida ularga to’g’ri ichagi orqali yoki qon tomiriga maxsus suyuqliklarni yuborib 
turish yo’li bilan ozuqa berib boriladi, so’ngra bunday ovqat bilan bir qatorda 
me’dasiga ataylab ochilgan teshikdan (gastroskoma) suyuq ovqat solib turiladi. 
Me’dadan ochilgan teshikning ahvolini diqqat bilan kuzatib borish zarur, chunki 
me’da teshigiga kiritib qo’yilgan uchi tugmasimon nay xamisha ham uni mahkam 
berkitib turavermaydi. Me’dadan suyuqlik ba’zan nay yonidan chiqib teriga ta’sir 


85 
etadi. Bu joylarni tozalab Lassar pastasi yoki biron yog’ni keltirib surtib turmoq 
kerak. 
Yurak jarohatlari munosabati bilan operatsiya qilingan bemorlarning ko’krak 
qafasida yurak xaltasi (perikard) bo’shligidan chiqarilgan xlorvinil naycha bo’lishi 
mumkin. Odatda bu naychaning tashqi uchi bog’lov bag’rida qoldiriladi. Bunday 
drenajni qoldirishdan maqsad yurak jarohatidan qon ketadigan bo’lsa, bu qon yurak 
xaltasida to’planib qolib siqib qo’ymasin. Drenajdan chiqqan suyuqlik bog’lovni 
bo’ktiradi. Shuning uchun tib hamshirasi bu bog’lovga e’tibor bilan qarab, qon ketish 
alomatlari paydo bo’lganda darxol shifoqorni chaqirishi kerak. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish