“Ko’krаk qаfаsi а’zolаri operаtsiya qilingаn bemorlаr pаrvаrishining o’zigа xos xususiyatlаri. tibbiy muolаjаlаrni bаjаrish usullаri”
Samarqand Davlat Tibbiyot instituti
Davolash ishi fakulteti
117-guruh talabasi Berdiyorov Ibrat
mavzusida tayyorlagan slaydi
Samarqand – 2022
Jarroh operatsiyani tugatib bo’lgan vaqtdan boshlab, operatsiyadan keyingi davr hisoblanadi. Bu davr bemor batamom tuzalib ketgunicha davom etadi. Davrning muddati operatsiyaning turiga, bemorning ahvoliga, kasallikning kechim xususiyatlariga bog’liq bo’lib, bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. - Jarroh operatsiyani tugatib bo’lgan vaqtdan boshlab, operatsiyadan keyingi davr hisoblanadi. Bu davr bemor batamom tuzalib ketgunicha davom etadi. Davrning muddati operatsiyaning turiga, bemorning ahvoliga, kasallikning kechim xususiyatlariga bog’liq bo’lib, bir necha oygacha cho’zilishi mumkin.
Operatsiyaning natijasi ko’p jihatdan operatsiyadan keyingi davrda bemorlar parvarishini tashqil etishga bog’liq. Bu parvarishning umumiy qoidalari quyidagicha:
Operatsiyadan keyin yotiladigan xonalar havosini harorat 20-22 gradus bo’lishi kerak. Аksariyat operatsiyalar bolalarda narkoz berib qilinishi tufayli, dastlabki 2-3 soatda bolani chalqancha yostiqsiz yotqizish tavsiya etiladi.
- Bemorning bosh qismini bu muddat ichida ko’tarmaslik kerak (kollaps-holsizlanish ro’y berishi mumkin). Bola qusayotganda boshini yon tomonga burib, qusib bo’lgandan so’ng og’zini tozalash lozim. Narkozdan O’yg’onayotgan paytda bolalar ko’pincha juda bezovta va serxarakat bo’ladilar. Shuning uchun ularning oyoq-qo’llari yumshoq bog’lagichlar bilan karavotga bog’lab qo’yiladi.
- Zarur bo’lganda bola belidan ham bog’lanishi mumkin. Operatsiyadan keyingi davrda bolalar bog’lovlarni, bo’shliqlarga qo’yilgan naychalarni uzib tashlamasliklariga alohida e’tibor berilishi zarur. Tibbiy hamshira bolani nazorat qilib, uning pulsi, qon bosimi, nafas olish faoliyati, badan haroratini muntazam ravishda o’lchashi kerak. Bog’lovlarni tekshirib biron o’zgarishlarni payqasa darxol shifoqorni chaqirishi kerak. Operatsiyadan chiqqan bemorlar. kuchli chanqoqliklarni sezadilar. Аmmo ularga suyuqlik berish vaqti va miqdorini faqat shifokor tayinlagandek bajarish shart. Operatsiyadan keyingi davrda og’riqsizlantirish choralarini shifokor ko’rsatmalariga rioya qilgan holda o’tkazish kerak. Bolalarni operatsiyadan keyingi parvarishida ularning harorati oshib ketishi, qorni damlashi va nafas olish faoliyati susayishi kabi asoratlarni oldini olish zarur. Tegishli gigiyenik muolajalarni (yuvintirish, ovqat yedirish, hojat chiqarishga yordam berish) tib hamshirasi kichik tib hamshirasi bilan birgalikda bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |