ketishidan oldin, hammaga o‘zingiz oshkor etsangiz yaxshiroq bo‘ladi.
Yomon axborotni sir saqlashga erishish haqida o‘ylamang. Bizning kunda
yashirinish bema’nilik. Sirlar ortiq mavjud emas. Kimdir boshqa birov siz
haqingizdagi haqiqatni ochadi. Internet tarmoqlarida siz haqingizda yoziladi va
jamoatchilikning keng diqqati sizga qaratiladi.
Sodir bo‘lganlarni o‘z mijozlaringizga aytib bering, hattoki ular hali hech narsa
sezishmagan bo‘lishsa ham. Siz agar o‘zingizni krizis holatingizda ochiq, haqqoniy
va javobgarligingizni ko‘rsatib bersangiz ko‘proq hurmatga erishasiz. Dalillarni
ko‘proq o‘zingizga moslashtirishga, yashirishga yoki yomon xabarlar haqida og‘iz
ochmaslikka harakat qilmang. Sizning mijozlaringiz siz haqingizda yuqori darajada
axborotga ega bo‘lishlari uchun harakat qiling.
1989 yilda Exxon kompaniyasining Vadez tanker(suyuq va yarim suyuq
mahsulotlar tashiydigan kema)ida 11 million gallon
19
neft Alyaskaning shaxzoda
Uiliyam bo‘g‘oziga oqib ketdi. Exxon uzoq vaqt halokatga o‘z munosabatini
bildirmadi va yordam yubormadi. Exxon boshqaruvi raisi ikki hafta davomida
hodisa joyiga borib ko‘rmadi. Kompaniya Alyaskadagi yo‘qotish haqidagi
yangilikni, nashriyot namoyondalariga yetib borishi qiyin bo‘lgan kichkina Valdez
shaharchasidan tashqariga chiqib ketmasligini nazorat qildi. Oqibatda bu harakat
Exxon uchun PR-fojeaga aylandi. Jamoatchilik esa kompaniyani hodisa haqidagi
axborotni yo ataylab yashirgan, yoki unga hech bir ahamiyat bermagan deb
hisobladi.
Taxminan, Exxon voqeasi bilan bir vaqtda Pittsburgdan unchalik uzoq
bo‘lmagan Ashland Oil neftni saqlash omborida ham zararlanish ro‘y berdi.
Neftning bir qismi daryoga oqib ketdi. Exxon boshqaruvchilaridan farqli ravishda,
Ashland Oil boshqaruvi raisi Djonni Xoll o‘zini boshqacha tutdi- zudlik bilan hodisa
joyiga borib, ro‘y bergan hodisa borasidagi butun majburiyatni o‘z zimmasiga oldi
va jamoatchilikka kompaniya halokatning oqibatlarini bartaraf etishini e’lon qildi.
Xoll axborot agentliklariga shaxsan tashrif buyurib kompaniya qanday chora
ko‘rmoqchiligini tushuntirib berdi va berilgan savollarga javob berdi. Bir kun ichida
u bu voqeni “yomon neft kompaniyasi kulfat keltirdi” turkumidan chiqarib,
“hammasini tuzatishga urinayotgan yaxshi neft kompaniyasi” voqeasiga aylantirdi.
Ro‘y bergan hodisalardan kelib chiqqan holda, bir necha maslahatlar:
• Murojaat rahbarlar tomonidan yuborilishi kerak. Yuqori mansabdagi rahbar
holatni o‘z nazorati ostiga olishi kerak;
• Xabarni imkoni boricha kengroq yoying. Har qanday ommaviy axborot
vositasidan foydalaning. Hodisani “gilam ostiga” yashirishga urinmang;
• “izohlarsiz” –bu variant emas;
• Oddiy odamlar kabi uzr so‘rang va sodir bo‘lgan hodisani batafsilroq
tushuntiring.
19
41 tonnadan sal ko‘proq.
Sizning mijozlaringizning taqdiri bilan samimiy qiziqing va buni amalda
isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: