Russ nashriyotiga so‘z boshi


Sado – sizning barmoqlaringiz uchida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

  

Sado – sizning barmoqlaringiz uchida  

  

Gitara  ustalari  aytishadiki:  “Sado-sizning  barmoqlaringiz  uchida”.  Siz  huddi 

Eddi  Van  Xalendagidek  gitara,  effekt  pedali  va  kuchaytirgich  sotib  olishingiz 

mumkin. Lekin, siz uni chalsangiz, u sizda baribir boshqacha ovoz chiqaradi.  

Xuddi shuningdek, Eddi qachonlardir lombardda sotib olingan eski gitarani olib 

chalsa ham,  siz  baribir,  uni aynan  Eddi  Van  Xalen  chalayotganini tushuna olasiz. 

Sifatli asboblar albatta yaxshi chalishga yordam beradi, lekin uning ohangi sizning 

o‘zingizga bog‘liq.   

Odamlar ko‘proq, asbobning o‘ziga qiziqishadi, uning yordamida nima qilish 

haqida o‘ylash o‘rniga, asbobning o‘ziga mahliyo bo‘lishadi. Bunga misollar ko‘p: 

Photoshopda  dizaynerlar  bir  qancha  oddiy    bo‘lmagan  shriftlar  va  zamonaviy 

filtrlardan  foydalanishgan,  lekin  aytarli  hech  nima  yo‘q;  ishqiboz-fotograflar 

o‘zlarini  ustida  ishlash  o‘rniga,tasmali  va  raqamli  fotografiyalarni  muhokama 

qilishga berilib ketishadi.  

Golf o‘ynashni endi boshlagan o‘yinchilar, o‘zlariga qimmat klyushkalar kerak 

deb o‘ylashadi. Lekin klyushka emas, zarb asosiy ahamiyatga ega. Tayger Vudsga 

bir nechta arzon klyushkalar to‘plamini bermangiz ham u baribir sizning ustingizdan 

g‘alaba qozonadi.   




Asbob-uskunalar  odamlarga  yordamchi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ular  uzoq  vaqt 

mashqlarga  vaqtini  sarflashdan  ko‘ra,  do‘konlarda  katta  mablag‘larini  sarflashni 

afzal  ko‘rishadi.  Ular  qisqa  yo‘l  izlashadi.  O‘zingiz  xohlagan  darajaga  erishish 

uchun, sizga dunyodagi eng yaxshi asbobning keragi yo‘q. Va ishni boshlashingiz 

uchun ham uning aniq keragi yo‘q.   

Biznesda ko‘pchilik haqiqatdan ham ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar o‘rniga, 

asboblarni  tanlash,  dasturlar  o‘rtasidagi  farq,  masshtablash  muammolari,  ofis 

intererlari  stillari,  chiroyli  mebellar    va  shu  kabi  ahamiyatsiz  narsalar  haqida 

qayg‘urishadi.  Aslida  esa,  siz  qanday  qilib  mijozlarni  jalb  qilishingiz  va  pul 

topishingiz ahamiyatga ega.   

Shuningdek,  bular  o‘z  blogini  yuritishni  xohlovchi,  o‘z  biznesi  uchun 

podkastlar yoki videoga olishni xohlaydiganlarga ham tegishli, lekin ular ko‘proq 

qanday  asboblardan  foydalanishlari  haqida  o‘ylashadi.  Haqiqiy  ahamiyatga  ega 

narsa  esa  kontent  ya’ni  tarkibdir.  Siz  bir  qator  qimmatbaho  asbolardan 

foydalanishingiz  mumkin,  lekin  sizda  biror  ahamiyatga  arzigulik  holatning  o‘zi 

bo‘lmasa, unda bu asboblarning qandayligidan ma’no yo‘q.  

Sizda  bor  asbobning  o‘zidan  yoki  unchalik  qimmat  bo‘lmagan  asbobdan 

foydalaning. Keyin harakat boshlang. Ahamiyatga ega narsa bu sizning asbobingiz 

emas. Ishning mohiyati shuki, siz o‘zingizda mavjud vosita yordamida qay darajada 

yaxshi  natijaga 

erisha  olishingizni 

ko‘rsatishingiz 

kerak. 

Sado-sizning 

barmoqlaringiz uchida.   


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish