R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet52/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Talabalarga tayyorgarlik uchun yordamchi materiallar:



  1. ISLOM MA’RIFATChILIGI BOSQIChIDA ShAKLLANGAN BORLIQ HAQIQATINI ANGLAB ETIShNING TURLI YO’NALIShLARI

(“Haqiqat izlovchi”larning 4 toifasi):

(Imom Abu Hamid G’azzoliy (1058-1111)ning “Al-Munqiz min ad-dalal” asari va mutafakkir shoir va olim Umar Xayyom (1048-1122)ning “Darxostnoma” risolasi asosida)





Yo’nalishlar (toifalar)

asosiy oqimlari

Asoschilari yoki mashhur vakillari



Kalom
(Mutakallimlar)

A)Mo’’tazila


b) Ash’ariya
v) Moturidiya

Vosil ibn Ato
(699-748)
Abul Hasan
al-Ash’ariy (873-935)
Abu Mansur Muhammad al-Moturidiy as-Samarqandiy
(870-944)

V) Falsafa
(Faylasuflar)




Abu Nasr Forobiy (873-950) Abu Ali ibn Sino (980-1037),

B) Botiniya
(Botiniylar)




Ihvon-us-safo” ilmiy guruhi ( X asr)
(52 risoladan iborat qomusiy majmua yaratgan)
Badahshonlik buyuk shoir va mutafakkir
Nosir Xusrav (1004-1088)



77

G)Tasavvuf
(Sufiylar)




Junayd Bag’dodiy (vafoti 910 yil)
Mansur Xalloj (858-922)
Abdulloh Ansoriy (1006-1089),
Abusaid Abulxayr (967-1049),
Abdulhasan Xaroqoniy (vafoti 1033 yil)


  1. ISLOM MA’RIFATChILIGI BOSQIChINING ASOSIY YuTUQLARI:

  1. Borliq haqiqatini anglab etishning aqlga, mantiqiy tafakkurga tayanuvchi turli muvoziy (parallel) yo’nalishlari shakllanishi,

  2. Kalom falsafasi tomonidan islomiy Tavhid ta’limotining mintaqadagi barcha eski aqidalar majmuidan har tomonlama ustunligini aql va mantiq qudrati bilan isbotlab berilishi,

  3. Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karim oyatlaridagi ma’naviy boylikni teran anglab etish uchun islomgacha yaratilgan butun madaniy merosni chuqur o’rganish va yangicha asoslarda anglab etish harakatining har taraflama rivojlanishi,

  4. aniq va tabiatga oid fanlarga qiziqishning behad kuchayishi, fanlar tasnifi va qomusiy adabiyotlarning yuzaga kelishi (“Ihvon-us-safo” guruhi, Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997 yil), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino)

  5. turkiy va forsiy badiiy adabiyotda Firdavsiy (940-1020) “Shohnoma”si, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni (1069 yilda yozilgan) kabi buyuk tarixiy va ma’rifiy asarlarning yaratilishi,

  6. qiyosiy tilshunoslikning paydo bo’lishi (Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit- turk” asari),




  1. BILIM TURLARI HAQIDA

Qur’on oyatlari mazmunidan kelib chiqadigan bo’lsak, bilim (ya’ni ilm), avvalo, 2 turga ajraladi:

  1. Ilohiy bilim - faqat Allohga tegishli bo’lgan cheksiz-chegarasiz, azaliy va abadiy bilim bo’lib, insonlarga u vahiy sifatida payg’ambarlar orqali nozil etiladi. Uni inson imon bilan qabul qiladi, rad qilish ham, isbot qilish ham inson qudratida emas. Bu - insonlar o’z tafakkur qudrati bilan bila olmaydigan bilim, mutlaq haqiqatning insonlar tilida ifodalanishi. Vahiy orqali kelgan ilohiy bilim adashuvlardan xoli mutlaq bilimdir. Ammo ilohiy kitoblar insoniy til bilan bayon qilinganligi sababli, insonlar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin.

  2. insoniy bilimlar - insonning er yuzida xalifalik maqomidan kelib chiqqan holda unga yaratilishidan berilgan tafakkur va tahlil qobiliyati tufayli hosil qilinadi, nisbiy, ya’ni nomukammal va adashuvlardan xoli bo’lmagan bilim. Har bir inson alohida olganda Borliq haqiqatini to’liq qamrab olish qudratiga ega emas. Bu qudrat faqat Allohga xosdir. Inson bilimlarining nisbiyligi, adashuvga moyilligi uning aqliga nafs ataluvchi shaytonning doimo ta’sir qilib turishi bilan ham bog’liq. Demak, faqat har bir shaxs o’zi tahlil va tafakkur bilan erishgan bilimlariga ishonib qolmay, o’zgalar bilimini ham e’tiborga olmog’i, o’zi va o’zgalar bilimini xolis qiyoslab, o’z havoyi-nafsidan Haq bilimi, ya’ni haqiqatni ustun qo’ya bilmog’i kerak.

  3. Bilimning yana bir turi irfoniy bilim bo’lib, unga ham ilohiy ilhom bilan erishiladi. Ammo u boshdan oyoq ramz va ibratlar orqali beriladi, unda aniq hukmlar ham, aniq xabarlar ham yo’q. Irfoniy bilimlarni haqiqat ekanligini isbot qilish mumkin emas, ularni ammo inobatga olmaslik ham adashuvga olib kelishi mumkin.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish