Орф К.
Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – C. 80.
4
Qarang:
Ливиев А. Х.
Исполнительская культура народных музыкальных инструментов в
Республике Узбекистан. – Ташкент, 2010. – C. 15.
5
Бодолан Л. В.
Развитие музыкально-творческих способностей у детей дошкольного
возраста посредством элементарного музицирования. – Нарьян-Мар, 2015. – C. 15.
PEDAGOGIKA
2016, 4-son
107
diqqatni jamlash malakasi takomillashadi. Aynan shuning uchun ham kasbiy
faoliyatimizda ancha vaqtdan beri о‘zbek cholg‘u asboblarini chalishdan
foydalanib kelamiz. 2003-yilda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 369-MTM da
“Asaloy” bolalar xalq cholg‘u ansambli tashkil qilindi.
Bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va
mustahkamlash, ularning yosh va individual xususiyatlari, moyilliklariga muvofiq
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish, umumiy madaniyati, estetik,
intellektual, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, о‘quv faoliyati uchun zamin
tayyorlash, musiqiy qobiliyatini rivojlantirish, lad, ritmik va melodik eshitish
qobiliyatini rivojlantirish, kuylash, musiqiy-ritmik harakatlar sifatini yaxshilash
kabilar ansamblning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarning birligi,
bolalar va kattalarning hamkorlikdagi faoliyati, bolalarning bevosita ta’lim
faoliyati doirasida emas, balki kun tartibidagi tadbirlarni о‘tkazishdagi mustaqil
faoliyati, bolalar yoshiga adekvat shakllarda ishni tashkil qilish kabilar
ansamblning ish tamoyillari hisoblanadi.
MTMda ansambl ishi uyushqoqlik va izchillik bilan, turli metod va
vositalardan foydalangan holda olib boriladi. Musiqiy cholg‘ular tarkibi
kengaytirib boriladi. Bolalarni cholg‘u asboblarini chalishga о‘rgatish
texnologiyasi bolalar psixologiyasi va о‘quv-musiqiy faoliyatni rivojlantirish
psixologiyasiga oid bilimlarni talab qiladi. Biz taklif qilgan texnologiya T.
Borovikning musiqaning intonatsion tabiati nazariyasi amaliyoti; K. Orfning
elementar musiqa chalish g‘oyasiga asoslanadi.
Axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan faol foydalangan
holda о‘zbek xalq musiqa asboblari bilan tanishtirish
ishning birinchi bosqichini
tashkil qiladi. Bunda tembr eshitishini va umumiy musiqiy bilimlarni rivojlantirish,
о‘zbek cholg‘ulari asosiy guruhlarini kо‘rib va eshitib farqlashga о‘rgatish, musiqa
asboblarining asosiy xususiyatlari, tovush hosil qilishi va chalish usullari haqida
tasavvur hosil qilish bu bosqichning asosiy vazifalari sanaladi.
Navbatdagi bosqich –
musiqiy asar, uning muallifi va yaratilish tarixi bilan
tanishish
. Bunda multimedia vositalaridan keng foydalaniladi.
Asarni chalishga о‘rgatish
quyidagicha amalga oshiriladi:
- ma’lum tovush balandligisiz zarbli asboblarda (quticha, nog‘ora, safoil,
doira)da chalish;
- kuylarni torli asboblarda (bolalarga moslashtirilgan qonun, soz, dutor,
tambur, rubob) chalishga о‘rgatish;
- bolalarda ansamblda chalish kо‘nikmalarini shakllantirish (о‘zini va
boshqalarni eshitishga о‘rgatish, dinamik belgilar bilan chalish);
- musiqiy jо‘rlikni jonli ijroga tayyorlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |