PEDAGOGIKA
2016, 4-son
106
Metallofon va ksilofonlardan iborat, zarbli va shovqinli cholg‘ular tembrlari bilan
boyitilgan orkestr bolalar orkestri deb yuritila boshlagan
1
.
Maktabgacha yoshdagi bolaning musiqiy ritm (ohang) hissini rivojlantirish
asosiy о‘rin tutadi. Ritm tuyg‘usini rivojlantirish muammolari K. Orf, E. Jak-
Dalkroz, N. A. Vetlugina, A. N. Zimina kabi pedagoglar asarlarida о‘rganilgan. E.
Jak-Dalkroz tizimida ritm tushunchasi universal ibtido sifatida baholangan
2
.
Karl Orf musiqa chalish asosiga qurilgan, bunda ritm va musiqiy-ritmik
tarbiya yetakchi о‘rin tutgan. Mashqlar sо‘z, nutq, melodik-intonatsion talaffuz,
jarang xarakterining metrik strukturasiga asoslangan. Bolaga ta’sir etish asosini
mazkur tizimda musqiy-teatrlashtirilgan о‘yin tashkil qilgan. Unda kuylash, nutq,
imo-ishora, raqs, cholg‘u asboblarini chalish uyg‘un tarzda birlashtirilgan. Nutqiy
mashqlar, musiqiy ohang, turli ijodiy topshiriqlar ritm tuyg‘usini rivojlantirish
bilan birga bolalar faoliyatida ijodkorlik rivojiga ham kо‘maklashgan
3
.
T. E. Tutyunnikova ishlab chiqqan va Moskva shahridagi qator bolalar
bog‘chalarida sinovdan muvaffaqiyatli о‘tgan “Maktabgacha yoshdagi bolalar
bilan elementar musiqachalish” dasturi asosida Karl Orf musiqiy pedagogikasi
tamoyillari yotadi. Muallif ularni zamonaviy bolalar musiqiy pedagogikasi
yutuqlari bilan uyg‘unlashtira olgan
4
.
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, professor A. X. Liviyev
rahbarligidagi tajriba laboratoriyasi 1995-yilda maktabgacha yoshdagi va
boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun milliy cholg‘u asboblari: nog‘ora, doira,
safoil, quticha, dutor, rubob, soz, tambur, qonun loyihalashtirildi. Bu cholg‘ular
miksolidiy, xromatik tovush qatoriga ega bо‘lib, toza jarang sochadi, о‘lchamlari
va vazniga kо‘ra ham bolalarga mos keladi
5
.
Bolalar musiqiy tarbiyasi muammolarini tushunish ularni musiqiy-ijodiy
о‘yin asosida musiqa bilan muloqot jarayoniga jalb qilishni kо‘zda tutadi. Bola
pedagog tomonidan faol ijodiy harakatlar jarayoniga olib kiriladi, ta’lim
jarayonida faol ishtirok etadi. Cholg‘u asboblarini chalish – maktabgacha
yoshdagi bolalarni favqulodda qiziqtiradigan ijro faoliyati turlaridan biri. Bola turli
cholg‘ular jarangini eshitar va qiyoslar ekan, uning tafakkuri, tahlil qobiliyatlari,
musiqa chalish sabr, qat’iyat, maqsad sari intilish, barqarorlik kabi irodaviy
sifatlarning tiklanishi va rivojlanishiga kо‘maklashadi. Mazkur jarayonda xotira va
1
Бодолан Л. В.
Развитие музыкально-творческих способностей у детей дошкольного
возраста посредством элементарного музицирования. – Нарьян-Мар, 2015. – C. 3-4.
2
Орф К.
Музыка для детей: рус.версия: Т. 1 – Челябинск: MPI; Mainz: Schott, 2008. – C. 80;
Ритмическое воспитание по системе Э.Жака Далькроза //
http://www.kidsmusic.com.ua/
3
Do'stlaringiz bilan baham: