Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Narasimxa Rao hukumati amalga oshirgan islohotlar natijasida
Hindiston 1990-yillari qanday yutuqlarga erishdi?
A.B.Vajpai hukumati qanday muhim tadbirlarni amalga oshirdi?
Hindiston XXI asrda qanday yutuqlarga erishishni maqsad qilib rivojlanmoqda?
XXI asrda hind jamiyati oldida qanday dolzarb muammolar
turibdi?
Mustaqil ish
asrning 90-yillari – XXI asr boshlarida Turkiyaning siyosiy rivojlanishi. XX asrning 80-yillari oxiri – 90-yillari boshlarida dun- yoda yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar Turkiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1989-yili taniqli islohotchi Turg‘ut O‘zol Turkiya Respub- likasi prezidenti etib saylandi. Saylov to‘g‘risida yangi qonun qabul qilinib, siyosiy partiyalar uchun bir qator yengilliklar yaratildi.
Ammo bu yengilliklardan birinchi navbatda turli islom dini taraf- dorlarining partiyalari unumli foydalandi. M.K.Otaturk davridan beri Turkiya Respublikasining dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishiga o‘zini mas’ul hisoblab kelayotgan armiya rahbarlarining ogohlantirishiga qara- masdan, jamiyatda islomchi partiyalarning ta’siri oshib bordi. Shunday sharoitda 1993-yili T.O‘zol vafot etdi. Turkiya prezidenti etib Sulay- mon Demirel saylandi.
1995-yil oxirida navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylov jamiyatda islom dinining ta’siri o‘sganligini yana bir bor namoyish qildi. Islom dini tarafdorlarining Nejmiddin Erbakan boshchiligidagi «Refax» (Farog‘at) partiyasi hammadan ko‘p ovoz oldi. Shu davrda kurdlar muammosi ham dolzarb bo‘ldi. Hukumat si- yosatidan norozi bo‘lgan Abdulla Ojalon boshchiligidagi Kurd ishchi partiyasi hukumatga qarshi urush e’lon qildi. Ko‘zga ko‘ringan siyo- satchilarga nisbatan terroristik aktlar amalga oshirildi. Faqat A.Ojalon qamoqqa olingandan so‘ng Kurd ishchi partiyasi jangovar harakatlarni
to‘xtatishga, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaror qildi.
Mamlakatda islom dini tarafdorlarining mavqeyi kuchayishda davom etdi, ular mahalliy hokimiyat organlarida borgan sari ko‘p o‘rinlarni egalladi, buning ustiga hukumatni ham boshqardi. Ko‘pchilikning fik- richa, navbatdagi saylovlarda islom dini tarafdorlari to‘liq g‘alabaga erishishi lozim edi. Bundan norozi bo‘lgan armiya rahbariyati prezi- dent S. Demirelni bir necha bor ogohlantirdi.
2000-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Demokratik so‘l par- tiya g‘alaba qozondi. Mamlakatda islom dini tarafdorlariga nisbatan qat’iy pozitsiya saqlanib turdi. Turkiya prokuraturasi «Nurchilar» tash- kilotini konstitutsiyaga xilof deb tan oldi. Bu tashkilot va «Hizbulloh» partiyasining turk filiali faoliyati taqiqlandi. Armiya bosh shtabi boshlig‘i agar islomchilar hokimiyatga kelsa, harbiylar konstitutsi- yani himoya qilishga tayyorligi to‘g‘risida yana bir bor ogohlantirdi. Shunga qaramasdan, 2002-yilgi saylovlarda islom dini tarafdorlarining Rejep Tayyip Erdo‘g‘on boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. R. Erdo‘g‘on sud hukmi- ga ko‘ra siyosiy lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilinganligi uchun bosh vazir lavozimini Abdulloh Gul egalladi.
Armiya hushyor bo‘lib turdi. Harbiylar holatni diqqat bilan ku-
zatib bordi va zarur bo‘lganda aralashishga tayyor edi. 2003-yili
R.Erdo‘g‘on Turkiya bosh vaziri lavozimini egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |