Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1990-yillar oxiri – 2000-yillari Turkiyadagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni nimalardan iborat?
Turkiyadagi siyosiy jarayonlarda islom omili qanday rol o‘ynaydi?
Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishida qanday muammolar mavjud?
Yaqin Sharqdagi voqealar Turkiyaning tashqi siyosatida qanday rol o‘ynamoqda?
Mustaqil ish
MAVZU. 1991 – 2017-YILLARDA ERON ISLOM RESPUBLIKASI
XX asr oxirlarida Eron. XX asrning ikkinchi yarmi Eron jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy beqarorlik davri bo‘ldi. Ammo aynan shu davrda mamlakat uchun eng muhim voqealar sodir bo‘lib, ular ma’lum ma’noda zamonaviy Eronning taraqqiyot yo‘lini belgilab berdi.
Shu davrda Eron Islom Respublikasida muhim siyosiy jarayonlar yuz berib, jahon tarixida ilk bor inqilobiy islom XX asrda butun is-
lom sivilizatsiyasi oldida turgan muammolarni hal qilishning vositasiga aylandi. Islom dini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada juda qudratli ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi va ushbu mintaqalarda G‘arb qadriyatlarining joriy qilinishiga faol qarshi turmoqda.
1990-yillar boshlarida Eronning iqtisodi ham barqarorlashib, YIM ning jadal o‘sishiga olib keldi. Islom radikalizmi ham biroz susaydi. Eron jahon sport va madaniyat maydoniga qaytdi. 1999-yili Eronning
«Osmon bolalari» filmi AQSHda «Oskar» mukofotiga tavsiya qilin- di. Mamlakatda chet el musiqasi va internet-kafelarga ruxsat berildi. Ayollar ham faol ijtimoiy hayotga qaytdi.
Eron xalqaro yakkalanishdan qutulish uchun islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 1997-yili islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi
M. Hotamiy prezident etib saylandi. U Eronda demokratik va tolerant jamiyat qurishga qaratilgan islohotlarning boshlanganligini, shuningdek, G‘arb mamlakatlari bilan munosabatda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi. Ammo islohotlarni amalga oshirishda Muhammad Hota- miy mutaassiblarning qat’iy qarshiligiga duch keldi.
Zamonaviy Eron. 2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-Yorkda amalga oshirilgan terrorchilik aktidan so‘ng AQSH Eronni «xalqaro terro- rizmning sherigi» deb atadi. Bu tamg‘adan qutulish uchun Eron ancha ishlarni amalga oshirdi. «Hizbulloh» rahbarlari Erondan qu- vib chiqarildi, Sudan, Liviya, Bosniyadagi eronlik diniy maslahatchilar chaqirib olindi.
Ammo, shunga qaramasdan, AQSH Eronni
Mahmud Ahmadinajod
yashirin ravishda yadro quroli yaratish ustida ish olib borayotganlikda aybladi. 2002-yili AQSH prezidenti J.Bush Eronni «yovuzlik tayan- chi» mamlakatlari qatoriga qo‘shib, terrorizmni moliyalashtirishda ayb- ladi. AQSH Eronni xalqaro izolatsiya qilishga harakat qildi. Ammo bu harakat Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya tomonidan ma’qul- lanmadi hamda Eronga harbiy texnika yetkazib berayotgan va atom elektrostansiyasini qurayotgan Rossiyaning qarshiligiga uchradi.
2005-yili ultrakonservator Mahmud Ahmadinajodning prezident etib saylanishi Eronda islohotlarning borishini, mamlakatning jahon hamja- miyatiga qaytishini biroz susaytirdi. M. Ahmadinajod o‘zidan oldingi prezidentlarning bir qator liberal islohotlarini to‘xtatib qo‘ydi.
Humayniy vafotidan so‘ng Eronda saqlanib qolayotgan teokratik rejim yanada kuchaydi. Islom huquqiga (shariatga) asoslangan qonunlar inson
huquqlari bo‘yicha qator muammolarni vujudga keltirdi. Masalan, shu davrda Eron o‘lim jazosini amalga oshirish bo‘yicha dunyoda ikkin- chi o‘rinda (Xitoydan so‘ng) turardi. 2006-yili mamlakatda ikki yuzdan oshiq kishi, jumladan, yetti nafar balog‘at yoshiga yetmagan bolalar qatl qilindi. Tashqi siyosatda M. Ahmadinajod konservativ qarashlarga amal qildi. U J. Bush ma’muriyatini keskin tanqid qildi, Eronning arab mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorligini kuchaytirish tarafdori bo‘ldi.
Eron Islom Respublikasi
2009-yili navbatdagi prezidentlik say- lovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda amalda- gi prezidentdan tashqari yana uch nafar nomzod qatnashdi. Asosiy kurash kon- servator-prezident M. Ahmadinajod bilan islohotlar va’da qilayotgan Mir-Husayn Musaviy o‘rtasida kechdi. Ammo birinchi turdayoq M. Ahmadinajod g‘alaba qozondi. Muxolifat saylovlar natijasini tan olma-
di. Tehron va boshqa bir qator shaharlarda
namoyishlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar
Eronlik sportchi qizlar
bo‘lib o‘tdi. Ayrim muxolifatchi partiyalarning a’zolari qamoqqa olindi. Mavjud muammolarga qaramasdan, XXI asrda Eron qashshoqlik, savodsizlik va jaholat botqog‘iga botgan mamlakatga mutlaqo o‘xsha- maydi. Zamonaviy Eron – O‘rta Sharqning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo‘lgan industrial mamlakat. U 2009-yili Semnondagi kosmodromdan Safir – 2 raketasi yordamida o‘zining «Umid» nomli sun’iy yo‘ldoshini fazoga chiqarib, koinotni o‘zlashtirayotgan davlatlar qatoridan o‘rin
egalladi.
Eronda ta’lim va fan rivojlangan, urbanizatsiya darajasi 70 % ga yaqinlashmoqda, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimi yax- shi yo‘lga qo‘yilgan. Eron yoshlar mamlakati, aholisining yarmini 30 yoshdan kichik bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Eronning zamonaviy muammolari ichida eng dolzarblari ishsizlik va inflatsiya darajasining yuqoriligi bo‘lib kelmoqda.
2013-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Hasan Ruhoniyning g‘alaba qozonishi Eronda yuz berayotgan chuqur o‘zgarishlarni ifoda etadi. Eronning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘lib turgan yadroviy dasturi ham o‘n yildan oshiq davom etgan muzokaralardan so‘ng 2015-yil iyulda Eron bilan oltita davlat (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Hasan Ruhoniy
Germaniya) vakillari tomonidan imzolangan kelishuv orqali hal qilindi. Eron 15 yil ichida boyitilgan uran ishlab chiqarmay- digan, evaziga G‘arb davlatlari 2015-yil oxiridan boshlab unga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qiladigan bo‘ldi. Shunday sharoitda, 2016- yil fevral oyida Eronda parlament saylov-
lari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda islohotchilar koalitsiyasi konservatorlardan ko‘proq ovoz oldi. Bu mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar uchun yaxshi asos bo‘lib, prezident Hasan Ruhoniy obro‘yining yuqoriligini namo- yish qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |