Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik


MAVZU. 1991 – 2017-YILLARDA HINDISTON RESPUBLIKASI



Download 5,07 Mb.
bet60/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

MAVZU. 1991 – 2017-YILLARDA HINDISTON RESPUBLIKASI





1990-yillarda Hindiston. Bu davrda Hindistonning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi: jahon iqtisodiyotida yuz bergan tushkunlik Hindistonni ham chetlab o‘tmadi. Iqtisodiy o‘sish deyarli to‘xtadi, inflatsiya kuchaydi, ishsizlik oshdi. Mamlakatda turli etnik va diniy guruhlar o‘rtasida zid- diyat, umumiy tanglik holati kuchayib bordi. Shunday holatda 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi o‘ldirildi.
Hokimiyatga kelgan Narasimxa Rao hukumati bozor islohotlarining yangi bosqichini boshladi. Davlat sektori qisqartirilib, yirik korxonalar xususiylashtirildi. Iqtisodga davlatning aralashuvi yanada kamaytirildi. Bir qator favqulodda tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan, rupiya




Narasimxa Rao
devalvatsiya qilindi, soliq islohoti o‘tkazildi, davlatning valuta zaxirasi to‘ldirildi.
1990-yillarda Hindiston jiddiy yutuqlarga erishdi.
Shu davrda YIM hajmi bir necha barobar oshdi. Ish- lab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlandi. Bu davrda Hindiston o‘zining oltin-valuta zaxirasini oshirishga intildi, neft qazib olishni ko‘paytirdi.
Qishloq xo‘jaligi ham muvaffaqiyatli rivojlandi. 1992-yildan Hindiston g‘alla eksport qilishni boshla- di. Mamlakat ko‘plab, jumladan, yuqori texnologiya

mahsulotlarini ham eksport qiladi. Masalan, yuqori sifatli kompyuter
dasturlarini sotishdan yiliga bir necha milliard dollar foyda olmoqda. Hindiston kompyuter dasturlarini yaratish sohasidagi yuqori malakali kadrlar soni bo‘yicha dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi, ilmiy-texnik xodimlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.
Zamonaviy Hindiston. 1998-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Xalq-demokratik alyansi g‘alaba qozonib, uning yetakchisi Atal Bixari Vajpai bosh vazir lavozimini egalladi.
Ko‘plab tabiiy qiyinchiliklarga, jumladan, mam- lakat g‘arbidagi qurg‘oqchilikka qaramasdan, A.B.Vaj- pai hukumati o‘zining bir qator rejalarini amalga oshirdi. Kashmirdagi musulmon separatizmini kuch- sizlantirish tadbirlari o‘tkazildi.

Atal Bixari Vajpai
2000-yili mamlakat shimoli-g‘arbida uchta yangi shtat tashkil qilindi. Hukumat mamlakatning bu

mintaqasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi, shu maqsadda bi- rinchi marta maxsus vazirlik tuzildi.
A.B.Vajpai hukumati ovoz berishning yanada erkinligini, saylovoldi
kampaniyasida moliyaviy xarajatlarning oshkoraligini ta’minlash maqsa- dida bir qator saylov islohotlarini amalga oshirdi.





Hindiston Respublikasi

Iqtisodiy sohada A.B.Vajpai kabineti xo‘jalik faoliyatiga hukumatning bevosita aralashuvini qisqartirish choralarini ko‘rdi. U ko‘plab sohalarda davlat monopoliyasini bekor qildi, tadbirkorlar va firmalar faoliyati ustidan nazoratni kamaytirdi, soliqlarni pasaytirdi. Hukumat barqaror iqtisodiy o‘sishni, Hindiston sanoatining raqobatbardoshligini, kompyu- ter texnologiyalari, transport va aloqa sohalari rivojlanishini ta’minladi. Ammo iqtisodiyotning yanada liberallashuvi ayniqsa yoshlar orasida ishsizlikning o‘sishiga, qashshoqlik muammosining keskinlashuviga olib keldi. Natijada 2004-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Hindiston milliy kongressi (HMK) so‘llar bilan hamkorlikda g‘olib chiqdi.


Hukumatni Manmoxan Singx boshqardi. Yangi hukumat mayda ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga, ishsizlikni kamaytirishga, aholining kamdaromad qismini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yax- shilashga, qashshoqlar sonini kamaytirishga, inson manfaatlari yo‘lida iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga va’da berdi.
Hindiston – XXI asrda dunyoning iqtisodiy yetakchilaridan biriga aylanishga da’vo qilayotgan mamlakat. 2006-yili e’lon qilingan Jahon bankining prognozlariga qaraganda, 2025-yilga kelib, Hindiston iqtiso- diyoti dunyoda Xitoy va AQSHdan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Hindiston hozirdanoq barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash,
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan sektorni rivojlantirish, shu- ningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yo‘lidan bormoqda. 2014-yili Hindiston bosh vaziri bo‘lgan Narendra Modi ham islohotlar siyosatini davom ettirmoqda.
Hindistonning ichki va tashqi siyosati shakllani- shiga, XXI asrda uning iqtisodiy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan hal qiluvchi omil mamlakatning demokratik yo‘ldan rivojlanishi bo‘ldi. Unda hokimiyatning rahbar organlarida jamiyatning turli qatlamlari vakillari ishtiroki uchun imkoniyat yaratildi.

Narendra Modi
Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
ancha yuqori sur’atlari aholi katta qismining ya-

shash sharoitini yaxshilash imkonini berdi, bu hind jamiyati va dav- lati erishgan eng katta yutuq hisoblanadi.

Shunga qaramasdan, keng miqyosdagi ijtimoiy muammolar mam- lakatning muntazam rivojlanishiga to‘siq bo‘lib turibdi. Ulardan eng asosiysi demografik muammo. 2017-yil oxiriga kelib, Hindistonda aho- li soni 1 mlrd 350 mln kishidan oshib ketdi. Mamlakatda 400 mln qashshoqlar mavjud, aholining deyarli 1/3 qismi savodsiz. Shuning- dek, Hindiston ko‘p etnosli, ko‘p tilli, aholisi eng tez ko‘payayotgan mamlakat bo‘lgani uchun etnik muammolar doimiy saqlanib qol- moqda. Ular, masalan, Panjobda sikxlar, Assamda bengallar, Janubiy Hindistonda tamillar, Kashmir muammosi kabilardan iborat. Bulardan



tashqari, diniy muammolar ham mavjud. Masalan, hozir Hindiston- dagi musulmonlar soni 160 mln kishidan oshib ketgan. Ularning hindlar bilan munosabatida kelishmovchiliklar mavjud. Qashshoqlik- ni bartaraf qilish, ishsizlik darajasini pasaytirish va aholi yashash darajasini oshirish ham hamon davlat va jamiyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.
Ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan, Hindiston demokratik rivojlanish yo‘lidan jadal ketmoqda. Bu mamlakatning yangi davr da’vatlariga munosib javob berishi uchun kuchli asos hisoblanadi.
Tashqi siyosatda Hindistonning bosh maqsadi dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylanishdir. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish aso- sida davlatning iqtisodiy va siyosiy qudratini oshirish, yadro quroliga va zamonaviy texnikaga ega bo‘lgan kuchli armiyani yaratish shu maqsadga qaratilgan edi. Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lish uchun tinimsiz harakat qilib kelmoqda.
XXI asrda ham Hindiston tashqi siyosati an’anaviy yo‘nalishda davom etmoqda. Bu siyosatning asosini jamiyatda demokratik qad- riyatlar ustuvor bo‘lgan sharoitda mamlakatning tashqi xavfsizligini ta’minlash kursi tashkil qilib, bu kurs jamiyatning katta qismi tomo- nidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.




Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish