Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 5,07 Mb.
bet66/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

Afg‘oniston. SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Afg‘onistonda holat ancha og‘irlashdi. 1992-yil aprel oyida Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib keldi.



Afg‘onistonda hokimiyatni Jihod kengashi deb atalgan guruh o‘z qo‘liga oldi. Mamlakat nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi deb o‘zgar- tirildi, barcha qonunlar bekor qilinib, shariat qoidalari joriy qilindi. Ammo mujohidlar o‘rtasida boshlangan kelishmovchilik yangi urush harakatlariga olib keldi, minglab kishilar halok bo‘ldi, elchixona va xalqaro missiyalar Afg‘onistonni tark etdi. 1994-yili mojaroga yangi siyosiy kuch – islom fundamentalislarining tolibonlar harakati qo‘shildi. Ularning yetakchisi mulla Umar Afg‘onistonda fuqarolar urushini tu- gatib, islomiy tartib o‘rnatishini e’lon qildi. Ular 1996-yil sentabrda Ko- bulni egallab, mamlakatni «Afg‘oniston Islom amirligi» deb e’lon qildi. Tolibonlar Afg‘onistonda qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshladi.
Ayni paytda bu yerda turli xil terrorchilar qo‘nim topdi. Tolibonlar rejimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xalqaro terrorchi Usoma bin Lodin ham Afg‘onistonga keldi. U terrorchilar tayyorlash uchun harbiy bazalar va lagerlar tizimini yaratdi. Tolibonlar rejimi Usoma bin Lodin- ni xalqaro sudga topshirishdan bosh tortgandan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) Afg‘onistonga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishdan umidini uzgan mul- la Umar islomgacha bo‘lgan barcha e’tiqod obyektlari, tarixiy yod- gorliklarni yo‘q qilishga buyruq berdi. V asrga oid ikkita noyob yodgorlik – qoyaga o‘yib ishlangan Buddaning ulkan haykallari yo‘q

qilindi. Musulmon bo‘lmagan aholining o‘z kiyimiga sariq belgi taqib yurishi haqida qabul qilingan dekret jahon jamoatchiligining g‘azabini keltirdi. BMT XK tolibonlar hukumatiga qarshi sanksiyalarni kuchay- tirish to‘g‘risida yangi rezolutsiya qabul qildi.

Pokiston va Afg‘oniston


2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda uyushtirilgan terrorchilik aktlari uchun javobgarlikni AQSH ma’muriyati «Al-Qoida» tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bom- bardimon qildi. Tolibonlar qo‘shinlariga qarshi kuchlarning muvaffaqi- yatli hujumlaridan so‘ng tolibonlar hukumati ag‘darilib, mamlakatga xalqaro harbiy kuchlar joylashtirildi.



2002-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan umumafg‘on Loyya Jirgasida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi. Afg‘onistonga 5 mlrd dollar xalqaro yordam ajratildi. Biroq, mamlakat ichkarisida terrorchilik harakatlari davom etdi.
2003-yili Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mam- lakat «Afg‘oniston Islom Respublikasi» nomini oldi. Yangi konstitutsiya mamlakatda prezidentlik boshqaruvini o‘rnatdi, ikki palatali parlament, mustaqil sud tizimi tuzilishini ko‘zda tutdi, shuningdek, fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini e’lon qildi. Konstitutsiya kichik millatlarning huquqlarini kafolatladi, barchaning, jumladan, erkak va ayollarning qonun oldida tengligini va e’tiqod erkinligini o‘rnatdi.
Konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib berdi. 2004-yil bo‘lib o‘tgan prezi- dentlik saylovlarida Homid Karzay Afg‘oniston prezi- denti etib saylandi.
2005-yil sentabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida islom dini tarafdorlari bo‘lgan partiyalar katta ta’sirga ega bo‘ldi va umuman parlament muxolifat xarakteri- da edi. Shu davrda mamlakatning asosiy muammo-

Homid Karzay
laridan biri narkotik savdosi bilan bog‘liq edi. BMT
axborotiga ko‘ra, 2005-yili dunyodagi narkotik savdo-

sining 87%i Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. 2007-yildan narkotik savdosi susaya bordi, ammo 2017-yili yana keskin o‘sdi.

1970-yillardagi va hozirgi afg‘on yoshlari







H. Karzay hukumatining mavjud muam- molarni yechishga ojizligi jahon hamjamiya- tini Afg‘onistonga yordamni kuchaytirishga, mamlakatni tiklashda faol ishtirok etishga undadi. Shuningdek, ta’lim tizimini kengay- tirish, ijtimoiy masalalarni hal etish va qashshoqlikka qarshi kurash, transport va energetika infratizimini modernizatsiya qi- lish rejalashtirildi.


Muhammad Ashraf G‘ani

2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Muhammad Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti, Abdulla Abdulla esa hukumat raisi lavozimlarini egalladi.
Ammo Afg‘onistonda hamon mustahkam tinchlik o‘rnatilgani yo‘q. 2016 – 2017-yillari bir qator terrorchilik harakatlari amalga oshirilib, oqibat- da o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jabrlandi. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Homid Karzay bayonot berib, mamlakatdagi beqaror ah- volning sababi sifatida mintaqada AQSH olib borayotgan siyosatni ko‘rsatdi va AQSH hukumatini o‘z xatolarini tan olishga chaqirdi.




Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish