Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 5,07 Mb.
bet74/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

Lotin Amerikasi mamlakatlari XXI asr boshlarida. Yangi asr boshiga kelib Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘z tarixida birinchi marta diktaturalarsiz rivojlanish yo‘liga kirdi, deyarli barcha davlatlarda saylov yo‘li bilan hokimiyatga konstitutsiyaviy rejimlar keldi. Mintaqa mamla- katlarining mutlaq ko‘pchiligida o‘ziga xos jihati dohiyparastlik va populizm bo‘lgan siyosiy tizim hamda prezidentlik boshqaruvi o‘rnatildi.

XX asr oxiridan boshlab aholining an’anaviy partiyalarga ishonchi so‘nib bordi va buning natijasida XXI asr boshida Braziliya, Peru, Venesuela, Ekvador kabi mamlakatlarda hokimiyatga yangi, mustaqil deb atalayotgan nomzodlar keldi.



  1. asr oxiri – XXI asr boshlarida mintaqadagi mamlakatlar siyo- siy hayotining boshqa bir xarakterli jihati kommunistik partiyalarning o‘z mavqeyini yo‘qotishi bo‘ldi. Bu, albatta, dunyoda yuz berayotgan global jarayonlar bilan bog‘liq edi.

1959-yilgi inqilobdan so‘ng o‘ziga xos kommunistik siyosiy rejim shakllangan Kubada ham shunday jarayonlar yuz berdi. Sotsialistik tizim barbod bo‘lgandan so‘ng Kuba tashqi moddiy-texnik va mo- liyaviy yordamdan mahrum bo‘ldi, bu esa, birinchi navbatda, aholi- ning ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo bu qiyinchiliklarga qa- ramasdan, XXI asrda ham Kuba ijtimoiy davlat bo‘lib qolmoqda.

  1. asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida integratsiya- lashuv jarayonlari kuchaydi. Bu jarayonlarning asosiy yo‘nalishi min- taqaviy erkin savdo zonalarini tuzish bo‘ldi. Kelajakda Shimoliy va

Janubiy Amerika miqyosidagi erkin savdo zonalarini tuzish, savdo va sanoatini rivojlantirish mo‘ljallangan.
Ammo yirik rejalar va katta imkoniyatlarga qaramasdan, bu
mamlakatlar, hatto Braziliya va Meksika kabi gigantlar ham bu- gun global siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish jarayonida arzigulik ta’sirga ega emas. 2008-yildan mintaqadagi eng yirik uch- ta davlat – Braziliya, Meksika va Argentina G-20 («Katta yigirma- lik») obro‘li klubiga a’zo bo‘lsa-da, jahon siyosatida hali katta rol o‘ynamaydi. Shunga qaramasdan, bu davlatlar katta istiqbolli imko- niyatlarga ega. Masalan, Meksika 1994-yili Shimoliy Amerika erkin savdo zonasiga kirdi va 1994 – 2010-yillari Meksikaga kiritilgan chet el investitsiyalari miqdori to‘rt marta o‘sdi. Shuning 75 % i AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Agar yaqin o‘tmishda eksportning asosini neft tashkil qilgan bo‘lsa, hozir Meksika eksportining 80 % ini sanoat mahsulotlari tashkil qiladi.

Braziliya bugun dunyoning yirik iqtisodiyotlaridan biri, jadal rivoj- lanayotgan Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va Rossiya bilan birgalikda BRIKS tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Braziliya XXI asrda Lotin Amerikasining tan olingan yetakchisiga aylanish, AQSHning doimiy ta’siridan butunlay qutulish va BMT XKning doimiy a’zolaridan biri bo‘lish kabi olamshumul vazifalarni qo‘yib, shunga intilmoqda.


Aytish lozimki, Lotin Amerikasi mamlakatlari XX asrda o‘z oldi- lariga qo‘ygan murakkab muammolarni to‘liq hal qila olmadi, ammo buning yo‘llarini qidirishda davom etmoqda. XXI asrda bu muammo- lar o‘z yechimini qanday topishini hayot ko‘rsatadi.




Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish