Yozma nutq
Yozma nutqning xususiyati shuki, bu nutq bevosita aloqa boglash
vositasi bo'lmasdan, balki, ko‘pincha, boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda
turgan yoki turishi mumkin boigan odamlar bilan aloqa bog’lash vosita
sidir. Masalan, biz o‘z do'stimizga yoki qarindoshimizga xatimizda yozib
yuborgan xabarimizni u ehtimolki bir kundan keyin, ikki kundan keyin,
bir haftadan keyin, boshqa shaharda yoki boshqa qishloqda o'qib bilishi
mumkin. Biz bundan yarim yil, bir yil, hatto bir necha o‘n va yuz yil
muqaddam yozib qoldirilgan kitoblarni o'qib, shu kitoblardagi bilimlami
bilib olamiz.
Yozma nutq ham monolog shaklida va dialog shaklida boiadi. Masa
lan, ilmiy asarlar hamisha deyarli monolog shaklida yoziladi. Badiiy-
adabiy asarlar dialog shaklida ham, monolog shaklida ham yoziladi. Ba’zan
oddiy maktublar ham dialog shaklida yoziladi, shu maktubni yozavotgan
kishi uni o'qiydigan kishini tasawur qilib, unga maktubda o'zi savollar
beradi va shu savollarga o’zi javob qaytaradi.
Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng toiiq va mukammal
nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida
grammatika qoidalariga, og'zaki nutqdagiga qaraganda, ko'proq rioya qi
ladi. Yozma nutqda gap bolaklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni
o'qigan kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmay-
dilar. Yozma nutqning sintaksis jihatdan toiiq bolishi shuning uchun
ham zarurki, og'zaki nutq uchun xarakterli boigan mimika, imo-isho-
ralar, intonalsiyalar va boshqa shu kabi qo'shimcha elcmcntlarni yozma
nutqda ishlatib bo'lmaydi.
Yozma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo'ladi. Maktub, doklad,
ma’ruzalar va boshqa shu kabilarni vozayotgan kishi so'zlarni ongli ra
vishda tanlaydi, gaplarni yaxshiroq qilib tu/.ishga intiladi. Ko'pincha o'z
fikrlarimizni o'qiydigan kishilarga so'zlar vositasi bilan g'ovat ravshan
va tushunarli qilib ilodalamoq uchun ancha-muncha kuch sarllashimiz
lozim bo'ladi.
Yozma nutq fikrlarimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir.
Yozma nutqda fikrning mazmuni va shaklidagi ayrim kamchiliklar ochiq
ko'rinib qoladi va fikrning o'zi mazmun va shakl jihatidan eng ravshan,
aniq qilinib ifodalanadi. Shuning uchun ham biz aqliy ish bilan
shug'ullanayotganimizda, biror masalani hal qilganimizda yoki tayyor bilim-
larni o'zlashtirayotganimizda ish natijasini yoki olgan bilimimizni
ko'pincha, xatga yozib qo'yamiz, ba’zan esa bir necha marta ko'chirib
yozamiz. Shu sababli, har xil yozma ishlar — hikoya qilib yozib berish,
insho yozish, konspekt olish — tafakkurning o'sishi uchun katta ahami
yatga egadir. Shu bilan birgalikda, yozma nutqni egallash kishining og'zaki
nutqini takomillashtirishga ham yordam beradi, natijada og'zaki nutq
o'zining lug'at tarkibi jihatidan boyroq bo'lib qoladi, grammatika jihati
dan to'g'riroq ifodalanadigan bo'ladi, ancha muntazam va sistemaga tush
gan nutqqa aylanadi. Mana shuning o'zi og'zaki nutq bilan yozma nutq
hamisha bir-biri bilan bog'liq ekanligini ko'rsatadi.
Og'zaki nutq bilan yozma nutq o'rtasida o'rtacha joy oladigan nutqlar
borki, bu nutqlar monologning alohida turlaridir. Og'zaki dokladlar:
ma’ruzalar, nutqlar, o'qituvchining darsni tushuntirib berishi va boshqa
shu kabilar monolog nutqning mana shunday alohida turlaridir. Bu nutqlar
o'zining sintaksis tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqinroqdir: odatda,
ma’ruza, doklad qilmoqchi, nutq so'zlamoqchi, dars bermoqchi bo'lgan
kishi buning uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |