P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Tashqi  nutq

Tashqi  nutq  boshqa  odamlar bilan  aloqa  qilishimizda  foydalaniladi- 

gan  nutqdir.

Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani xabar qiladigan nutqdir.

Tashqi  nutqning o‘zi  ham og‘zaki va  yozma  nutqqa bo'linadi.

Og'zaki  nutq

Og'zaki  nutq  — boshqa  kishilar bilan  bevosita qilayotgan  aloqamizda 

foydalanilayotgan nutqdir.  Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir.  Bu  nutq 

hamisha  boshqa  kishilarning  eshitish  organlari  yordami  bilan  idrok  qi- 

lishlari uchun mo'ljallangan «tovushli» nuqtadir. Shu sababli, odatda, og'zaki 

nutq  ovoz bilan va  (ba’zan)  shivirlab aytiladi.  Og'zaki  nutq  vaqtida.  odat­

da,  gapirayotgan  kishi  bu  nutqni  mimika,  imo-ishoralar bilan  ishlatadi.

Og'zaki  nutqning  xarakterli  xususiyati  shuki,  bu  nutq  suhbatdoshlar 

o'rtasida  boiadi.  Suhbatdoshning  yoki  suhbatdoshlarning  bunday  ishti­

rok  etishi  ularning  gapirayotgan  kishining  nutqiga  diqqat  qilib  turishi, 

savollar berib turishi, so'z tashlab turishidan iborat boiadi; suhbatdoshlar 

gapirayotgan kishining fikriga e’tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o'zlarining 

rozi  boiganliklarini  izhor qiladilar,  yoxud shu  fikrni  kengaytiradilar.

Suhbatdoshlarning  og'zaki  nutqda  qatnashishlari  qay  xarakterda  va 

qay  darajada  boiishiga  qarab,  og'zaki  nutq  ikki  shaklga  bo'linadi.  Bu- 

larning  biri  dialog  nutq  (dialog)  va  ikkinchisi  monolog  nutq  (monolog) 

deb  aytiladi.

Ikki  yoki  ko'p suhbatdosh  o'rtasidagi gaplashish tariqasida bo'ladigan 

nutq 

dialog

 deb  ataladi.  Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradi- 

lar  — biri  so'raydi,  biror  narsani  aytadi,  boshqalar  esa  uni  tinglaydilar, 

javob beradilar.

Odam bitta o'zi  gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga  faol  qatnashmay 

faqat  uning nutqini tinglab tursalar,  nutqning bu shakli 



monolog

 deb atala­

di.  Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa 

shu  kabi joylarda  so'zlanadigan  nutq  monolog  nutqdir yoki  monologdir.

Og'zaki nutq so'zlayotgan kishi o'z fikrini suhbatdoshlari to'g'ri tushu­

nib  olishiga  harakat  qiladi.  Shu  sababli,  og'zaki  nutqda  ega,  kesim,  aniq- 

lovchi, to'ldiruvchi so'zlarni ham to'la aytishga to'g'ri keladi.  Durust, ba’zi 

og'zaki nutq ham qisqartirilgan holda, ayrim gap boiaklarini tushirib qoldir- 

gan  holda gapiriladi.  Ba’zi  hollarda  gaplashuv,  dialog  ham  faqat  kesimlar 

bilangina  ifodalanishi  mumkin.  Masalan,  yarim  kechada  bir  necha  kishi 

gaplashib,  tramvay kelishini  kutmoqda,  ulaming hammasi  tramvay keladi­

gan  tomonga  ko'z  tikib  turibdi.  Ular  o'rtasida  taxminan  shunday  gaplar




boMadi: «Ko'rinyaptimi?» — «Yo‘q, ko‘rinmayapti». Oradan biroz o'tgach: 

«Kelyaptimi?» — «Ha,  kelyapti».  Bu gaplar faqat kesimlaming o'zidangina 

iborat  gaplardir. Ammo,  shunday boMsa ham,  gaplashayotgan  kishilarning 

hammasi  bir-birlarining  fikrlarini  tushunadilar.

Og'zaki nutqning sintaksis jihatidan to'liq bo'lmasligiga, awalo, sabab 

shuki,  gap  mavzui  ham,  shu gap  sodir bo'layotgan  vaziyat ham,  odatda, 

gaplashib turgan kishilarga aniq va ravshandir.  Shu sababli, og'zaki  nutq, 

vaqtida gap bo'laklarining hammasini, ega, kesim, aniqlovchi, to'ldiruvchi 

va  hokazolami  gapda  har  safar  to'liq  aytishga  hojat  qolmaydi.  Bundan 

tashqari,  mimika  va  imo-ishoralar,  intonatsiyalar,  pauzalar,  mantiqiy 

urg'ular  va  shu  kabilar,  xullas  nutqimizni  jonlantiradigan  vositalarning 

hammasi  og'zaki  nutqni  boyitadi.  Jonli  nutq  tinglanibgina  qolmasdan, 

uni  odamlar  ko'rib  ham  turadilar,  his  ham  qiladilar.  Bunday  nutq, 

ko'pincha,  og'izdan  chiqishi  bilanoq  tushuniiaveradi.

Og'zaki  nutq  ixtiyorsiz yoki  ixtiyoriy boMadi.  Gapirayotgan kishi so'z 

va grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og'ziga kelganicha so'zlashsa, 

bu  holda  nutq  ixtiyorsiz  nutq  boMadi.  Gapirayotgan  kishi  o'z  so'zlari 

uchun alohida mas’uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi 

gapirayotgan  kishi  uchun  alohida  ahamiyatga  ega  boMganida,  bunday 

hollarda nutq ixtiyoriy xarakterga ega bo'lib qoladi. Masalan, o'quvchining 

o'z  o'qituvchisi  bilan gaplashayotgan  vaqtidagi  nutq  mana shunday  ixti­

yoriy nutqdir.  Bunday hollarda gapirayotgan kishi lozim boMgan so'zlarni 

tanlab, joy-joyiga qo'yib ishlatishga, grammatika qoidalariga rioya qilish­

ga  intiladi  va  harakat  qiladi.

Dialog — ikki yoki bir necha odam o'rtasida boMadigan gapdir, bunda 

suhbatdoshlarning gapi bir-biriga bogManadi, ulanib ketadi, ya’ni gaplashib 

turganlar  bir-birlariga  savol-javob  qilib,  bir-birlariga  e’tiroz  qilib  gapni 

ulab,  davom ettiradilar.  Shuning uchun dialog ma’nosi bir-biriga ulangan 

nutqni  ancha  osonlashtiradi.  Monolog  nutq  esa  ancha  og'ir  ko'chadi. 

Monolog — gapirayotgan  kishidan juda ko'p diqqat-e’tibor berishni talab 

qiladi, gapirayotgan kishining faqat o'z nutqining mazmunigagina diqqat- 

e’tibor berib qolmay, balki, shu bilan birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga 

ham,  fikrlarni  ifodalashda  muayyan  sistema,  tartib  bo'lishiga  ham  rioya 

qilishi  lozim  boMadi.

Monolog  nutq  tuzilishi jihatidan  yozma  nutqqa yaqindir.

Og'zaki  nutq  (dialog ham,  monolog ham)  ichki nutq singari,  tafakkur 

qurolidir.  Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishi­

ning  o'z  fikrlari  ham  o'ziga  ravshan  bo'lib qoladi.

Ko'pincha  mana  bunday  boMadi:  miyamizda  paydo  boMgan,  lekin 

unchalik  ravshanlashmagan  fikr  o'zimiz  muhokama  qilib  ko'rishimiz  va 

boshqalarga  bayon  qilishimiz  jarayonida  o'zimizga  ham  ravshan  bo'lib



qoladi  — pishib  yetiladi.  Ba’zi  bir  fikrlarimizni  pishitib  yetishtirishda, 

boshqalarning fikrini uqib bilib olish (tushunib olish) vaqtida biz ko‘pincha 

bu  fikrlarni  go‘yo  biron  suhbatdoshga  aytayotgandek  yoki 

0

'z-o‘zimizga 

ovoz  chiqarib  ifodalashimizning  sababi  ham  ana  shunda.

Bunday  hodisalar  ichki  nutq  bilan  tashqi  nutq  o‘rtasida  ajralish 

yo‘qligini  ko'rsatadi: fikrni  nutq bilan  ifodalash faoliyatida  hamisha  ichki 

nutqdan  tashqi  nutqqa  va  aksincha,  tashqi  nutqdan  ichki  nutqqa  o'tish 

hollari  boiib  turadi.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish