P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Faol  va  passiv  nutq

Nutq vositasi bilan bog'lanadigan aloqada hamisha ikki yoki bir necha 

kishi  ishtirok etadi,  bulardan bittasi  biron  narsani  yo og'zaki,  yoki  yozma 

bayon  qiluvchi  kishi  bo'lsa,  qolgani,  yoki  qolganlari  shu  nutqni  idrok 

qiluvchi  —

  eshituvchi  yoki  o'quvchi  kishi,  yoki  kishilar bo'ladi.  Shuning 

uchun  ham  nutqni  faol  nutq  va  passiv  nutq  deb  ajratiladi

Biz  biror  narsani  ifodalab,  boshqa  kishilarga  og'zaki  yoki  yozma  ba­

yon  qilsak, bizning bu nutqimiz faol  nutq deb ataladi.  Faol  nutq biror narsa



gapirayotgan vayozayotgan kishining nutqidir. Shuningdek, kishi biror shaxsga 

maktub yozayotgan, olim maqola, kitob yozayotgan, yozuvchi o‘zining ada- 

biy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham faol  nutq boMadi.

Boshqa birovning faol  nutqini  idrok qilish va tushunish jarayoni  pas­

siv  nutqdir.  Gapirayotgan  kishining  so‘zini  tinglab  turgan  yoki  yozilgan 

narsani  o'qiyotgan  kishi boshqa bir kishining  faol  nutqini o'zicha takror- 

lagandek  boMadi.  Masalan,  o'qituvchi  darsni  tushuntirib  berayotganida, 

o'quvchilar esa uning darsini eshitayotganlarida o'qituvchining  nutqi  faol 

nutq  boMadi,  o'quvchilaming  shu  nutqni  idrok  qilish,  ya’ni  tushunish 

jarayoni  esa  passiv  nutq boMadi.

Boshqa birovning  nutqini,  shu  nutq so'zlanayotgan  tilni  o'zimiz  bil- 

ganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o'zlashtirishimiz mum­

kin.  Ammo  shunda  ham  o'sha  nutqni  idrok  qilishimiz  hamisha  bayon 

qilinayotgan nutqqa aynan teng va muvofiq boMavermaydi.  Ba’zan boshqa 

bir  kishining  nutqini  tushunmaslik,  bu  nutqni  bir tomonlama,  noto'g'ri 

tushunish, so'z illuziyalari va boshqa shu kabilarning hosil boMishiga sabab 

ham  shudir.  Passiv  nutqning  bu  xususiyatlari  idrok  qilayotgan  kishining 

aqli  qay darajada yetukligiga bogMiq boMadi.  Gapirayotgan  kishi  o'z  nut­

qining  mazmunini  va  shaklini  shu  nutqni  tinglovchilarning qay  darajada 

idrok  qilishini  ko'zda  tutib  tuzadi.  Chunonchi,  o'qituvchi  o'z  nutqining 

o'quvchilar qanchalik tushuna olishini  nazarda tutib, so'zlayotgan  nutqi­

ni  shunga  qarab  tuzadi.

Har bir kishi  passiv  nutqni  faol  nutqqa qaraganda,  birmuncha oldin- 

roq  egallaydi.  Yosh  bola  oldin  kattalarning gapini  tushunadigan  boMadi, 

so'ngra o‘zi  ham  tilga  kirib, gapira boshlaydi.  Xuddi shuningdek,  boshqa 

bir tilni  o'rganish  vaqlida o'rganilayotgan tilda faol  nutqni egallash passiv 

nutqni  egallashga  qaraganda  birmuncha  keyinda  qolib  boradi.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish