O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Pandemiya sharoiti tufayli masofaviy o`qitishda Islom 
Karimov nomli Toshkent davlat texnika universitetining turli 
fakultetlari talabalar salomatligida kuzatilgan o`zgarishlarni 
aniqlash.
"Pandemiya 
sharoitida 
masofadan 
o'qitishning 
talabalar salomatligiga ta'siri" mavzusini o`rganish maqsadida 
so'rov o'tkazildi: "Masofaviy o'qishga o'tgandan keyin sizda 
qanday o'zgarishlar yuz berdi?"
Islom Karimov nomli Toshkent davlat texnika 
universitetining turli fakultetlari talabalari. Tadqiqot usuli - 
so'roq, sotsiologik so'rov. Ishtirokchilar soni 52 talaba. 
Tahlil 
va 
natijalar 
(Analysis 
аnd results).
So'rovnoma ishtirokchilariga quyidagi savollar berildi:
1."Sizningcha, pandemiya paytida talabalar yuklamasi 
oshganmi?" Respondentlarning yarmidan ko'pi, 36 kishi 
(69%), ish yuki sezilarli darajada oshganini, 11 kishi (21%) 
ular uchun hech narsa o'zgarmaganligini tan oldi va faqat 
beshtasi (10%) ish kamligini bildirdi. 
2. "Masofaviy o'qishga o'tish sog'lig'ingizga qanday 
ta'sir qildi?" Respondentlar orasida yarmi (50%) uyqu 
rejimiga, ovqatlanish odatlariga va ko'rish qobiliyatiga salbiy 
ta'sir ko'rsatganlarning, uyda uzoq vaqt qolish va ta'lim 
muassasasi tomonidan berilgan o`quv yuklamani bajarishga 
vaqt etishmasligini aytganlar. 13 kishi (25%) vazifalarga 
ajratilgan qisqa vaqt tufayli yuzaga keladigan emotsional 
haddan tashqari zo`riqish haqida aytganlar. Qolgan 13 kishi 
(25%) o'qishidan unchalik xavotir olmasliklarini va fanlardagi 
har qanday ishlarga betaraf bo'lishlarini aytishdi, shuning 
uchun 
masofaviy 
o'qishga 
o'tgandan 
so'ng, 
ularning 
salomatligiga kuchli o'zgarish sezilmagan. 
3. "Sizningcha, ta'limning qaysi shaklida o`qish 
osonroq?" Respondentlarning katta foizi (41 kishi yoki 79%) 
an'anaviy kunduzgi ta'lim shakliga ovoz berib, aynan shu 
shaklda o`qish me'yorida ekanligini ta'kidlagan. Qolgan 11 
kishi (21%) masofadan o'qitishni afzal ko'rganlar, faqat uyda 
uzoq vaqt bo'lishini ta'kidladilar. 
Tadqiqot natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, 
masofadan 
o`qitishga 
o`tish 
talabalarning 
ko`pchiligi 
noqulayliklarga duch kelishgan.
O`zbekistonda masofaviy o'qitish nafaqat pandemiya 
bilan bog'liq, balki ishlab chiqarish qulayligi va o'qish 
jarayonida foydalanish qulayligi tufayli ham rivojlanib 
boraveradi. Bu, shuningdek, ta'limning keng tarqalishiga hissa 
qo'shadi, chunki barcha kerakli ma'lumotlar Internet 
tarmog'ida joylashgan va uni uyda bo`lganda ishlatish ancha 
oson. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'plab onlayn kurslar 
talabalarga an'anaviy kunduzgi yoki masofaviy ta'limga 
qaraganda samaraliroq va uyushgan holda o'rganishga yordam 
beradi. Qaysidir ma'noda, bu qulay, chunki murabbiylar 
topshiriq berishadi, ularni bajarish uchun cheklangan qisqa 
vaqt beriladi va ularni bajarib bo'lgach, talaba keyingi 
darsgacha dam olishi mumkin. Bunday tashkil etilgan ta`lim 
turida talabalar vaqtida ovqatlanishlari, uxlashlari va faol dam 
olishlariga vaqt yetarli bo`ladi. 
Shuni ta'kidlashni lozimki, albatta, epidemiyaning 
rivojlanishi salbiy holat bo`lishi bilan birga turli soxalarda 
yangicha ishlashga va ta'limning masofaviy shakliga o'tishga 
turtki bo`ldi. Lekin bu oliy o`quv yurtlari oldiga yanada katta 
ma`suliyatni yukladi, ya`ni masofaviy ta`limni sharoitlarini 
qayta 
ko`rib 
chiqish, 
o`qitish 
metodikasini 
mukammallashtirish va talabalarni yangi ta`lim sharoitida 
ta`lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan usullarni 
ishlab chiqarishga safarbar etadi. Talabalar yangi sharoitda, 
yani masofaviy o`qishda tashvishga tushadilar, yo'l qo'ymaslik 
uchun ularni bunga oldindan tayyorlash va masofadan o'qitish 
davrini qulayroq qilish muhim.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish