O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5/1 2021
- 166 -
va kelmagan deb belgilansa, bu qiyinchiliklarga olib kelishi
mumkin. Bu holatlar zo'riqish hissini keltirib chiqaradi, lekin
bu bilan kurashish zarur. Birinchidan, iloji boricha o'zgargan
sharoitga moslashish kerak. Bundan tashqari, pandemiya
munosabati bilan masofadan o'qitish vaqtinchalik chora
ekanligini va undan salbiy oqibatlarsiz chiqish zarurligini
tushunish kerak.
Ko`z - himoyalanishi kerak bo'lgan insonning beshta
asosiy sezgilaridan biri. Oliy o`quv yurtida talabalar ma'ruza
zalida, dars mashg`ulotlarida o`qituvchiga, doskaga, daftarga
va boshqa joylarga qaraydilar va nigohlarini boshqa narsalarga
o'tkazganlarida ko'zlarini tarangligini yo'qotadilar. Masofadan
o`qish sharoitida, monitor ekranidan daftarga, noutbukdan
monitorga va hokazolarga cheksiz qarash, ko'rishning
buzilishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun
kompyuter
ekranida o'tkaziladigan vaqtni qisqartirish,
shuningdek, ko'zlar uchun mashqlar yoki gimnastika qilish
kerak.
Pandemiya talabalarning jismoniy faolligiga katta
ta'sir ko'rsatdi va uni sezilarli darajada cheklab qo'ydi. Odatda
talaba universitetga borar, darslarga qatnashar, katta
tanaffusda tushlik qilar, keyin o'qishni davom ettirardi. Bu
iste'mol
qilingan
va
sarflangan
kaloriya
miqdorini
muvozanatlashga imkon berar edi. Ammo masofaviy
o`qitishda doimo uyda bo'lish faqat aqliy mexnat bilan
shug`ullanish harakatchanlikni cheklaydi. Uyda ko`p vaqtini
o`tkazayotgan talaba stress holatlaridan qutulish maqsadida
ongsiz ravishda meyoridan ortiq ovqatlanishi, ortiqcha shirin
ichimliklarni ichishi kuzatiladi. Pandemiya sharotida uyda
qolagan talabalar tog`ri ovqatlanishlari zarur bo`ladi.
Jismoniy faollikning yetarli emasligi muammosini hal
qilish uchun talaba ta'lim muassasasiga borishda odatda
sarflaydigan energiyasini qoplash haqida o'ylashi kerak. Buni
uy sharoitida ertalab va kechqurun badantarbiya va oddiy
fitnes mashqlari yordamida amalga oshirish mumkin. O'z
navbatida, uyda tez -tez qolish cheklangan joylardan
qo'rqishga olib kelishi mumkinligini ta'kidlash muhimdir.
Buning oldini olish uchun 15-20 daqiqa davomida toza havoga
chiqish juda muhim, bu "tetiklanishga" yordam beradi va
yangi kuch bilan mustaqil ravishda o'qishni davom ettirishga
yordam beradi.
Masofadan o'qitish talabalarning jismoniy holatiga
salbiy ta'sir qiladi. Talabalar uy sharoitida masofadan o`qishda
ko'pincha noqulay holatda o'tirishadi, bu esa qad qomat
buzilishiga, keyinchalik skolyoz, osteoxondroz va boshqa
kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, qad qomat
holati odamning hissiy holatiga bevosita bog'liq deb
xisoblanadi. Talabalar o'qituvchilar berganko'p topshiriqlarni
o'z
vaqtida
bajara
olmaslikdan
qo'rqadiva
o'quvchi
bezovtalanadilar. Bukchayib o`tirib dars tayyorlash talaba
salomatligiga salbiy ta`sir qiladi. Bu muammoni ertalabki
badantarbiya va umurtqa pog`onasiga maxsus mashqlar
yordamida bartaraf etiladi.
Masofaviy
o'qishga
o'tishning
muhim
salbiy
natijalaridan biri - uyqusizlik. Ko'p talabalar uyqusizlikdan
shikoyat qiladilar. Vaqt juda qisqa, shuning uchun talabalar
mustaqil bajarish uchun berilgan barcha ishni tugatish uchun
uzoq o'tirishadi. Doktor Jyems R. Olschlagerning so'zlariga
ko'ra, haftasiga 6-8 soat odatdagidan kamroq uyqu soatlari
aqliy ishlash va reaktsiya vaqtini buzishi, shuningdek,
depressiya, tashvish va asabiylikni keltirib chiqarishi mumkin.
Uyqu juda muhim, chunki uyqu miyaga kun davomida
o'rgangan ma'lumotlarini tartibga solish, saralash va saqlash
imkonini beradi. Uyqusizlik jismoniy va ruhiy salomatlikka
ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun uyquni tartibga solish va
unga rioya qilish muhimdir. Bunday muammoni yumshatish
uchun har doim hamma narsaga vaqt ajratish uchun vaqtni
boshqarish zarur. Kundalik ish tartibini tuzib, unga rioya
qilish, o`qishda mahsuldorlikni oshirishga va uxlash vaqtini
ko'paytirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: