O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/149
Sana21.06.2022
Hajmi3,91 Mb.
#689117
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149
Bog'liq
i4ucFmwV hVui-qLDImZJlmNlrfGcfGU (1)

53 
 
kichik hajmdagi yog‗och idish; 2) kosa, tovoq, lagancha ma‘nolarida qо‗llanagan. Bu leksema eski 
о‗zbek adabiy tilida ―hayvonlar suv ichadigan idish‖ ma‘nosini anglatgan. Fanning keyingi rivoji 
bosqichlari davrida kuzatilayotgan sо‗z tibbiyot terminologiyasi tizimiga maxsus ma‘noni 
ifodalovchi termin sifatida kirgan hamda ―tos suyagi, dumg‗aza suyagi‖ va ―kosasimon о‗yiqli 
suyak‖ ma‘nolarini ifodalashga yо‗naltirilgan. Yuqorida qayd etilgan vaziyatda hozirgi о‗zbek 
adabiy tilida о‗zining dastlabki ma‘nosini yо‗qotgan umumiste‘mol sо‗z ma‘nosidan metaforik 
kо‗chim asosida maxsus terminning yasalish jarayoni yaqqol namoyon bо‗ladi. Chunonchi, chanoq 
tibbiy termini quyidagi sintagmatik birikmalar tarkibida faol qо‗llanishi bilan diqqatni tortadi: katta 
chanoq («taz bolshoy»), bolalar chanog‗i («taz detskiy»), infantil chanoq («taz infantilniy»), kichik 
chanoq («taz maliy»), karlik chanoq («taz karlikoviy»), yassi chanoq («taz ploskiy»), yorilgan 
chanoq («taz razsheplenniy»), keng chanoq («taz shirokiy»), tor chanoq («taz uzkiy») va h.k. 
Qoraxoniylar davri eski turkiy tilga sof turkiycha kuch leksemasining sinonimi sifatida arab tilidan 
о‗zlashgan quvvat sо‗zi mavhum ―kuch, qudrat, mador‖ ma‘nosini ifodalash uchun kirib kelgan. 
Hozirgi о‗zbek adabiy tilida ushbu о‗zlashma umum tomonidan qо‗llanuvchi sо‗z sifatida nafaqat 
о‗z о‗rnini mustahkam saqlab qolishga erishgan, balki fizika fani sohasida ―energiya, quvvat‖ 
ma‘nosini anglatuvchi termin tarzida ham keng ishlatiladi. Asl turkiycha kuch sо‗ziga kelsak, u 
kо‗lam chegalari keng kо‗pma‘noli sо‗z sifatida ―kuch-qudrat, quvvat‖ma‘nosida umumadabiy tilda 
hamon qо‗llanib kelmoqda. Umumilmiy leksika tarzida kuch fizika, texnika, harbiy ish, iqtisodiyot, 
huquqshunoslik sohalarida ― qudrat‖, ―kuchlar, qо‗shinlar‖, ―quvvat, qonuniy huquqqa egalik‖ kabi 
ma‘nolarni ifodalashga xizmat qilmoqda - iroda kuchi («sila voli»); Yerning tortish kuchi («sila 
prityajeniya Zemli»); ish//ishchi kuchi («rabochaya sila»); mamlakatning harbiy kuchlari 
(«voorujenniye sili gosudarstva»); yangi qonun kuchga kirdi («noviy zakon vstupil v silu») va h.k. 
Umumadabiy leksik birlikning terminlashuvi jarayoni natijasida omonimlashish sodir bо‗ladi, ya‘ni 
yangi ifodalanmish uchun ilgaridan ma‘lum bо‗lgan qobiqdan foydalaniladi. Mana shunday usulda, 
masalan, burun («mis»), qо‗ltiq («zaliv») va h.k. geografik terminlar shakllangan. Terminologik 
lug‗atlarning salmoqli ulushini tashkil qiluvchi transterminlar о‗z ifodasini shuningdek izohli, 
ensiklopedik hamda tarjima (umumiy va xususiy) lug‗atlarda ham topadi. Terminologik leksika va 
umumadabiy leksika о‗rtasidagi munosabat ikki yoqlama kechadi. Terminlarning umumadabiy 
leksika doirasiga о‗tishi ham ikki belgiga ega: a) bir qism terminlar umumiy kundalik hayotga 
о‗zlarining denotativ ma‘nosida kiradi – 
kompyuter, Internet, kosmos, kosmik kema, SMS, 
bayonnoma, mavze, viloyat, tuman, fermer, birja, deputat, fakultet 
va h.k.; b) boshqa guruh 
terminlar tub ma‘noviy о‗zgarishlar bilan о‗zlashtiriladi. Masalan, botanikada qо‗llanuvchi 
bо‗takо‗z («vasilek priplyusnutiy, vasilek siniy») termini umumadabiy tilda ham ―ulkan chiroyli 
kо‗zlar‖ kо‗chma ma‘noni, ham katta chiroyli kо‗zli erkak yoki ayol kishini anglatadi. Azaldan bez 
anatomik termini umumiy adabiy tilda ―о‗jar, qaysar‖ insonga nisbatan qо‗llanib keladi. Bо‗ta 
zoologik termini umumiy adabiy tilda ―‖о‗g‗il, bola, о‗g‗lon‖ majoziy ma‘nosini ifodalaydi va h.k. 
Bu xildagi terminologik leksikaning umumiy qо‗llanuvchi til tomonidan о‗zlashtirilishi subyektiv 
omil hisoblanib, u nutqda ekspressivlikka bо‗lgan muayyan ehtiyojni qondirishga qaratilgan 
bо‗ladi. Terminologiyada faqat fan tili leksikasi tarkibida о‗zining asl, nominativ-denotativ 
vazifasida istifoda etilishi aniqlangan. Ba‘zi bir terminlarning umumadabiy leksikaga suqilib kirishi 
(va umumadabiy til lug‗atlarida qayd etilishi), turli adabiyotlarda ommabopligi, yoyilganligi, 
qо‗llanuvchanligi ularning adabiy til tomonidan о‗zlashtirilishini ta‘minlaydi 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish