Tayanch sо„zlar:
termin, soha terminlari, determinlashish, morfologik usul, sintaktik usul,
semantik usul.
Bilib oling!
Sohaviy terminlarning qо„llanish xususiyatlari
О‗zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya keng qamrovda о‗z aksini topgan.
О‗zbek adabiy tilining ajralmas bо‗lagi hisoblanmish terminologiya hozirgi о‗zbek tilshunosligi
fanining о‗ta shahdam va dinamik tarzda taraqqiy etayotgan kategoriyalardan biri bо‗lib, til lug‗at
boyligining muttasil о‗sib hamda kengayib borishida tuganmas manba rolini bajaradi. О‗zbek tili
ilmiy terminologiyasida terminlarning uch turi farqlanadi (Begmatov 1988; 140): 1) tarixiy-
49
an‘anaviy terminlar. Bu turga taalluqli sо‗zlar juda qadimdan termin vazifasida qо‗llanib keladi
va о‗zbek terminologiyasining о‗zagini tashkil qiladi. Masalan,
tо‗siq, yulduz, soliq, kirim, pul,
oldi-sotti, sо‗roq, tomir, oqsillar, isitma
singari kо‗pgina terminlar shular sirasidandir; 2)
terminologik tizimning boyishiga bois bо‗lgan nisbatan yangi termin-о‗zlashmalar:
skaner, sayt,
karate, Internet auksion, tomografiya, spektr, respirator, psixolingvistika, pragmatika,
lingvokulturologiya, semema, parodontoz, bakteriya, videotelefon, katapulta, radiolokator,
tatami, pley-off
va h.k.; 3) о‗zbek tili sо‗z yasovchi qoliplari negizida hosil qilingan terminlarni
ikki guruhga taqsimlash mumkin: a) ona tili materiallari negizida paydo bо‗lgan terminlar:
bog‗lovchi, tо‗ldiruvchi, kesim, tenglik, qayta saylov, tо‗lov, boshqaruv, bо‗g‗ilish, titrash,
boshqarma, yasama, qо‗nish, qurilma, kо‗chish, ikkilamchi bozor, qо‗shimcha qiymat solig‗i
),
terma jamoa
va h.k.; b) о‗zlashmalar ishtirokida yuzaga kelgan terminlar:
raketaeltgich,
avtomobilsozlik,
eshelonlashtirish,
shturmchi,
shifrlash,
fotohujjat,
kompyutirlashtirish, kateterlash, bombaqidirgich, dzyudochi
va h.k. Shubhasiz, о‗zbek
terminologiyasi ilmiy-texnikaviy inqilob davri deb nom olgan XX asrda ham miqdor, ham sifat
tomondan jiddiy о‗zgarishlarni boshidan kechirdi. Bunday о‗zgarishlar intralingvistik va
ekstralingvistik omillar ta‘siri ostida umumо‗zbek adabiy tilida sodir bо‗lgan jarayonlar
yordamida aniqlanadi. Mubolag‗asiz ta‘kidlash lozimki, о‗zbek tiliga Davlat tili maqomining
berilishi (1989) hamda О‗zbekiston Respublikasining Istiqlolni qо‗lga kiritishi (1991) ilm-fan
tilining keng qamrovli taraqqiyotini ta‘minladi. О‗zbek tili terminologik leksikasining faollashish
jarayoni respublikaning davlat qurilishi, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va ma‘naviy
taraqqiyoti, shuningdek, ijtimoiy turmushning turfa jabhalariga doir talaygina yangi hodisa va
tushunchalarni ifodalash zaruriyati bilan chambarchas bog‗liqdir. Shu sababli hozirgi paytda о‗ta
tezlik bilan tо‗lishib borayotgan qator terminologik tizimlarni yana ham takomillashtirish, yuqori
bosqichga kо‗tarish о‗zbek terminologiyasi oldida turgan dolzarb, kechiktirib bо‗lmas
masalalardan hisoblanadi. Sir emaski, har qanday tilning lug‗at tarkibi uch nisbatan mustaqil,
ya‘ni noterminologik (mustaqil ma‘noli sо‗zlar va yordamchi sо‗zlar), umumilmiy (ilmiy soha
vakillariga xos maxsus leksemalar) hamda terminologik (aniq terminologik tizimlarga oid maxsus
leksemalar) qatlamdan tashkil topadi (Mol 1973; 41; Danilenko 1977; 27-20). Boshqa tillarda
kuzatilgani kabi о‗zbek tili terminologik leksikasi asl о‗zbekcha (turkiycha), о‗zlashma
(sug‗dcha, xitoycha, arabcha, forscha – 6 6 tojikcha, mо‗g‗ulcha, ruscha-baynalmilal), sodda,
oddiy, barcha tomonidan kunda ishlatiladigan va azaldan qо‗llanishda bо‗lgan umum adabiy til
sо‗z yasash modellari hamda termin yasash qoliplari asosida shakllangan. Shuni alohida urg‗ulash
kerakki, о‗zbek tilining hozirgi soha terminologiyasi tizimida nisbatan ancha keyin yuzaga
chiqqan terminlar safida qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski о‗zbek adabiy tilida qayd etilgan
leksik birliklarning mavjudligi muhim ahamiyatga molikdir. Ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial-siyosiy
jabhalarga doir hodisa va tushunchalarni ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy
terminologiya xalq kundalik hayotida sodir bо‗luvchi turfa voqealar bilan yaqindan bog‗langan.
Davlatning siyosiy-ma‘muriy qurilishi, tashqi siyosiy faoliyati, ijtimoiy tuzilishi va sinfiy
tabaqalanishi, jamiyat a‘zolariaro savdo moliyaviy munosabatlar bilan mustahkam aloqaga ega
ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologiya tizimidagi leksik-semantik guruhlarga kiruvchi
termin hamda termin-birikmalar о‗zbek tili lug‗at tarkibini tо‗ldirigan va boyitgan. XI-XII
asrlarga xos qoraxoniylar davri qо‗lyozma manbalari qarindosh turkiy tillar, chunonchi, о‗zbek,
uyg‗ur, turkman, qozoq, qirg‗iz va h.k. tillar tarixi bilan bevosita bog‗liq. XII-XIV asrlarda
Markaziy Osiyo va О‗rta Osiyo, Dashti Qipchoq, Volgabо‗yi, Qirim hamda mamlyuklar
hukmronlik qilgan Misrning keng mintaqalarida turfa mazmundagi, rang-barang janrdagi
dunyoviy va diniy turkiy yozma yodgorliklar yaratilgan va shuhrat topgan. Mazkur nodir yozma
obidalarning tili ulkan hududa istiqomat qiluvchi turkiy xalq (о‗zbek, turkman, qozoq, qirg‗iz,
tatar, turk, ozarbayjon va h.k.)lar adabiy tillarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etganligi
turkologiyada isbotini topgan. Qoraxoniylar davlati, Jо‗ji ulusining sharqiy qismi, ya‘ni Xorazm
va Chig‗atoy ulusi adabiy tillari zaminida shakllangan, hozirgi о‗zbek adabiy tilining
о‗tmishdoshi hisoblanmish eski о‗zbek adabiy tili lisoniy xususiyatlari nuqtai nazaridan XI-XIV
asr turkiy yozma manbalari tiliga juda yaqinligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi о‗zbek harbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |